Milliy tadqiqot universiteti gIdrotexnik inshootlar va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
Download 255.28 Kb.
|
nurxon
3.1-rasm. Novni hisoblash sxemasi
Plitaning o‘z og‘irligidan hosil buluvchi teng taqsimlangan kuchning qiymati esa quyidagicha aniqlanadi: Normativ qiymati (3.5) hisobiy qiymati (3.6) bu erda γf = 1.1 – konstruksiyaning o‘z og‘irligi bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti. Yuqorida aniqlangan kuchlar bir vaqtni o‘zida birga ta’sir etganligi uchun, ular ta’sirida hosil bo‘luvchi eguvchi momentlarni hisoblash uchun ularni umumiy qiymatlari qo‘shish usuli bilan aniqlanadi: (3.7) hisobiy qiymati (3.8) Novning gorizontal devori asosan egilishga ishlaydi. Eguvchi momentlarning qiymati tayanchlar soniga va ular orasidagi masofaga bog‘liq. Nov bir nechta to‘sinlar ustida joylashganligi uchun, tayanchlar soni ko‘pincha ikkitadan ko‘p bo‘ladi, ya’ni statik noaniq sistema bo‘ladi. Bunda tayanchlar ustidagi eguvchi momentlar koeffitsientlar yordamida quyidagi umumiy ko‘rinishda hisoblanadi: Normativ qiymatlari: (3.9) Hisobiy qiymatlari: (3.10) Gorizontal va vertikal kuchlar ta’siridan hosil bo‘lgan eguvchi momentlarni algebraik usulda qo‘shish yuli bilan ularning umumiy qiymatlarini aniqlaymiz. Normativ qiymatlar: (3.11) \ Hisobiy qiymatlar: (3.12) Ikki va uch oraliqli uzluksiz plitalarda chetki oraliqlardagi eguvchi momentlarning maksimal qiymatlarini aniqlash uchun, ularni alohida bir oraliqli statik aniq plitalarga ajratamiz va tayanchlariga ushbu tayanchlardagi eguvchi momentlar yigindisini qo‘yib ko‘ndalang kuchlarni qiymatlarini aniqlaymiz va ularning epyuralarini quramiz. Bir oraliqli plitalarda tayanch reaksiyalarini topish uchun hisoblash sxemasi 3,2-rasmda ko‘rsatilgan. Download 255.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling