Milliy tadqiqot universiteti gIdrotexnik inshootlar va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
Ikkinchi darajali to‘sinlarning normal kesim bo‘yicha mustahkamligini hisoblash
Download 255.28 Kb.
|
nurxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. To‘sinning tayanchlar orasidagi qismini armaturalash.
4.1 Ikkinchi darajali to‘sinlarning normal kesim bo‘yicha mustahkamligini hisoblash.
To‘sinning eguvchi momenti katta bo‘lgan joylarida uning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar yo’nalishda bo‘lgan normal yoriqlar hosil bo‘ladi. Bu yoriqlar yuzaga keladigan joylarda bo‘ylama ishchi armaturalar to‘sinning cho‘zilgan qismidagi cho‘zuvchi kuchlarni qabul qiladi. To‘sinning normal kesim bo‘yicha mustahkamligini hisoblashda to‘sinni mustahkamligi ikki holda yo‘qolishi mumkin. Birinchi holda to‘sinni cho‘zilgan qismidagi ishchi armaturalardagi zo‘riqish uning hisobiy qiymatiga etib boradi va to‘sin cho‘zilgan qismidan boshlab emirilib boradi. Ikkinchi holda esa to‘sinning cho‘zilgan qismidagi armaturalardagi zo‘riqishlar uning hisobiy qiymatiga yetmasdan turib betonning siqilgan qismi bardosh berolmay yemirila boshlaydi. Bunda to‘sinlar ko‘pincha to‘satdan buziladi. Kurs loyihasini bajarishda ikkinchi darajali to‘sinlar to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli bo‘lib, ularning o‘lchamlari hb va bb aniqlab olingan. Bu to‘sinlar bir tomonlama A-III sinfdagi davriy profili armaturalar bilan erkin armaturalanadi.. To‘sinning birinchi hol bo‘yicha normal kesimdagi mustahkamligi quyidagi tartibda hisoblanadi. 4.2. To‘sinning tayanchlar orasidagi qismini armaturalash. 1. To‘sin ko‘ndalang kesmining ishchi balandligi quyidagicha topiladi. (4.13) bu erda a – himoya qatlami ya’ni, to‘sinning ko‘ndalang kesimini cho‘zilgan qirrasidan bo‘ylama ishchi armatura o‘qigacha bo‘lgan masofa, a = 3….4 sm. 2. kattalikning miqdori aniqlanadi. (4.14) bu erda γ b2 - betonning ishlash sharoitiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient . davomli ta’sir etuvchi yuklar uchun γ b2 = 0,9 3.To‘sinning siqilgan qismini nisbiy balandligi 2.1-jadvaldan yoki quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. (4.15) 4.η kattalikning qiymati 2.1- jadvaldan yoki quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi (4.16) To‘sin ko‘ndalang kesimi siqilgan qismini nisbiy balandligini chegaraviy qiymati quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi (4.17) bu erda ω – betonning siqilgan qismidagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi epyuraning shartli balandligini ifodalovchi kattalik (4.18) Rb – betonning hisobiy qarshiligi, Rb =14,5MPa; - bo‘ylama ishchi armaturalardagi shartli zo‘riqish; A-1, A-II, A-III va Br-I sinfdagi armaturalar uchun = Rs=365 MPa σss.u – siqilgan qismda joylashgan armaturalardagi zo‘riqishning chegaraviy qiymati, agar γb2 ≤ 1 bo‘lsa u holda σss.u = 400 MPa; yoki γb2 › 1 bo‘lsa u holda σss.u = 500 Mpa. 7.To‘sinning normal kesim bo‘yicha mustahkamligi birinchi hol bo‘yicha tekshirilayotganligi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak agar shart bajarilmasa, u holda to‘sin kesimining balandligi va kengligi kattalashtiriladi. 8.Yuqoridagi shart bajarilganidan so‘ng ishchi armaturalarning talab etilgan ko‘ndalang kesim yuzasi aniqlanadi. (4.19) Bu erda Rs – ishchi armaturaning hisobiy qarshiligi, Rs=36,5 kN/sm2 9. ning qiymati bo’yicha armaturalar sortamentidan 4 ta armatura qabul qilamiz: 10. To‘sinning armaturalash koeffitsienti quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi. (4.20) 11.To‘sinning to‘g‘ri armaturalanishi quyidagi shart bo‘yicha tekshiriladi; μmin < μ < μmax μmin=0.0005; = hisoblab topilgan As ning qiymati bo‘yicha armaturalar sortamenti bo‘yicha ishchi armaturalar diametri va soni aniqlanadi. To‘sinning eniga qarab tekis karkaslar soni belgilanadi. Agar, bb ‹ 150 mm bo‘lsa bitta tekis karkas , 150 ≤ bb ≤ 250 mm bo‘lsa ikkita tekis karkas va bb › 250 mm bo‘lsa uchta va undan ortik tekis karkas qabul qilinadi (4,2-rasm) Download 255.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling