Milliy taomlar tendensiyasi
Download 24.07 Kb.
|
milliy taomlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ipak lag`mon
Shivit oshi
Yangi o'rilgan shivit (ukrop)ni sovuq suvda yuvib yuborganingizdan so'ng mayda qirqib sirlangan kastryulkaga yoki sopol mundiga solasiz, ustidan sharaqlab qaynab turgan suvni quyib choy kabi damlaysiz. Idishning qopqog'ini jips yopib to sovuguncha olib qo'yasiz.So'ngra shivitni siqib, damlamasini dokaga suzasiz .Unni qisimlab-qisimlab qo'shib xamirni qattiqqina qilib ana shu damlamada qoring. Sochiqqa o'rab 10-15 minut tindirganingizdan so'ng yana bir mushtlab o'qlov bilan yupqa qilib yoyasiz. Yoymani taxlab eni 1 sm keladigan uzun tasmalar ugra kesasiz.Ugrani qaynab turgan tuzli suvda pishirib olib, chovliga solib, sovuq suvda chayqab yuborganingizdan so'ng suvini sirqitib qo'ying. Qaylasini tayyorlash uchun go'shtni mayda chumchuq tili qilib to'g'rang yoki yirik qizil go'sht qiymalagichdan o'tkazsangiz ham bo'ladi, piyozni odatdagidek halqa yoki yirik halqa qilib to'g'raysiz .Pomidorni parrak-parrak, kartoshkani o'rtacha kubik shaklida to'g'rab, shivitni siqib, olingan tulpidan ham bir hovuchcha olasiz . Qozonga yog' solib dog'lagach, piyozni tashlang, bir-ikki aralashtiriboq , go'sht(qiyma)ni qo'shib pomidor va kartoshka bilan birga chala qovurib shivit damlamasidan va tulpidan solib, juda sust olovda 40-45 minut mildiratib qo'yasiz, tuzini rostlaysiz. Xamirni qaynoq suv quyib isitib, kosalarga yarim-yarim solasiz-da, ustidan qayla quyib dasturxonga keltirasiz.Qo'shib iste'mol etish uchun alohida idishda iylahgan suzma yoki qatiq berasiz. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un,1 choy qoshiqda tuz, 500gr shivitdan olingan 1 stakan damlama;qaylasi uchun 400 gr go'sht, 150 gr sariyog', 2-3 bosh piyoz, 3-4 dona pomidor, 2 dona kartoshka, ta'bga qarab tuz va 1 litrcha shivit damlamasi bilan 1 hovuch tulpi kerak bo'ladi. Ipak lag`mon Tuxumni iylab, qisim-qisimlab un solib qattiqqina xamir qorasiz, juvala qilib sochiqqa o'rab 10-12 minut tindirib olganingizdan so'ng o'qlov yordamida juda nafis, bamisoli qog'ozday qilib yoyasiz.Nafis yoymaning yuziga urvoq sepib o'qlovga o'raysiz-da, o'qlovni sug'urib olib, hosil bo'lgan xamir ro'londan o'tkir pichoq bilan juda nafis-ipak taxlit ugra kesasiz, qaynab turgan tuzli suvga solib bir minutcha qaynatib, chovlida suzib olasiz.Mayin ugrani sovuq suvda 2-3 marta chayqab yuborgach, dog'lab sovutilgan paxta yog'i sevalab asta aralashtirsangiz, dirkillab bir-biriga yopishmaydigan bo'lib qoladi. Qaylasi bunday tayyorlanadi:piyoz bilan sarimsoqni mayin halqa qilib to'g'rab go'shtni qiymalaysiz.Chuchuk garimdori, seldir va ukropni qirqasiz, pomidorni tilik-tilik qilib, aechilgan baqalajonni esa somoncha usilida to'g'rang. Qozonda yog'ni dog'lab, piyoz bilan sarimsoqni solib jazlaysiz, va qiymani solib aralashtirib tursangiz seli chiqadi.Shunda baqalajon, pomidor, chuchuk garimdori va ukropni solib qozonni qopqog'ini yopib masalliqni o'z seliga damlab pishirasiz, muddati 30-35 minut, vaqt-vaqti bilan kovlab turing, so'ng tuzini rostlab murch sepasiz. Kubik qilib to'g'ralgan sabzini lovya bilan birga boshqa idishda qaynatib olasiz. Dasturxonga tortishda laganga mayin ugradan bir qatlam yoyasiz, o'rtasiga ancha quyuq bo'lib pishgan qaylamani solib, yuziga qaynatilgan sabzi bo'laklari bilan lovyani soasiz. Masalliq:Xamiri uchun 500 gr oq un, 4 dona tuxum, bir choy qoshig'ida tuz olinadi; qiymasi uchun 400 gr qo'y go'shti, 200 gr qo'y yog'i, 2 bosh piyoz, 5-6 parrak sarimsoq, 2 dona chuchuk qalampir, 3-4 dona pomidor, 1 dona sabzi, 1 dona o'rtacha kattalikdagi baqalajon, 0,5 bog'lamdan seldir va ukrop, 50 gr loviya, tuz va murch ta'bga qarab olinadi. Foydalanilgan manba: http://milliytaomlar.narod.ru/index6.html Download 24.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling