Milliy tarbiya asoslari” fanining predmeti, fan sifatidagi taraqqiyoti, bosqichlari


Milliy tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish


Download 44.67 Kb.
bet2/21
Sana18.03.2023
Hajmi44.67 Kb.
#1282586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Milliy tarbiya

Milliy tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish

Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qo‘ydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX — XII asrlar, ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi — XVI asr birinchi choragi. Birinchi Renessansda yurtimizdan Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar — Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar — Moturidiy va Abul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi.
Ikkinchi Renessansda — Ulug‘bek, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk me’morlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar.



  1. Mamlakatning tarbiyaviy tizimi uning mustaqillik, milliy taraqqiyot yo’li.

Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar, ular o`rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta'sirlar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta'sir etmasdan qolmaydi.
Ana shu ma'noda olib qaralganda har qanday jamiyat o`z istiqbolini kishilarni e'tiqod darajasiga aylangan muayyan g`oyasida ko`ra oladi. Chunki, «jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi bo`lmasa, o`z oldiga qo`ygan aniq bir maqsad-muddaosi bo`lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi».
O`z navbatida kishilar ongi va qalbini makon tutgan g`oya va mafkuralar ta'lim hamda tarbiyasiz shakllanmaydi, jamiyat ravnaqiga, millat va xalqni kеlajagiga xizmat qiluvchi qudratli botiniy kuchga aylana olmaydi. Zеro, jamiyat mafkurasi, o`tmish bilan xozirgi davr va kеlajakni, kеchagi kun bilan ertangi kunni bog`lab, tutashtirib, aloqadorligini mustahkamlab turish uchun xizmat qilishga qodir ijtimoiy g`oyalar majmuyidir.




  1. Download 44.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling