YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi hulosalarni bayon etish mumkin: milliylik-ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy rivoji natijasida yig’ilgan madaniy qadriyatlar sintezidir. Milliy tarbiya — ana shu madaniy-tadrijiy sintezga asoslangan holda yosh avlodni zamonaviy sharoitda kelajakka mos ravishda shakllantirish jarayonidir: shahsning milliyligi uning madaniy darajasidir; har bir milliy madaniyat-umuminsoniy qadriyatning muayyan ko’rinishidir. CHunki insoniyat — bu halqlar, millatlardir. Ana shu nuqtai nazardan milliy tarbiya — har bir insonni o’z milliy madaniyati manbaida, ya’ni muayyan umuminsoniy qadriyat asosida shakllantirish jarayonidir; har bir inson o’z hayoti davomida turli ijtimoiy rollarni o’taydi. Bu rollar mazmuni, ko’lami, namoyon bo’lish jabhalari ilk yoshlardan boshlab ko’payib, kengayib, murakkablashib boradi. Ana shunday tug’ma va ilk o’zlashtiriluvchi ijtimoiy rollardan biri — shahsning milliy rolidir (U. Gerhard); aslida dinlar, millatlar orasida ziddiyat uchun hech qanday asos yo’q. Jahonda dinlar va millatlar orasida bo’lib o’tgan ziddiyatlar ayrim ulamolar, siyosatchilarning o’z maqsadlariga erishmoq uchun din, millat nomidan ish ko’rishga chaqiriklari va insoniyatning ularga ergashib yo’l qo’ygan hatolaridir: halqlar, millatlar mavjud ekan, milliy tarbiya ja-rayoni bizning hohishimizdan tashqari ravishda, madaniy determinizm asosida davom etaveradi. SHuning uchun bu jarayonni davlatning manfaatlariga mos ravishda maqsadga yo’naltirilsa, milliy tarbiya ulkan yaratuvchan, taraqqiyparvar ma’rifiy kuchga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |