MAVZU. MILLIY TARBIYA - IJTIMOIY-TARIHIY, QONUNIY VA OB’EKTIV JARAYON SIFATIDA (2 soat ) Reja: 1.Milliy tarbiya tugrisida tushuncha 2.Milliy tarbiyaning tarihiy harakteri 1. Antropologlarning shahodat berishlaricha, odamning tashqi ko’rinishi kechki paleolit—kromanonlar davridan buyon o’zgarmasdan kelmoqda. Bu fikrning zamonaviy fanlar tomonidan tasdiqlanganligi odamning biologik evolyutsiyasi tugallanganligini bildiradi. Odamdagi evolyutsion rivojlanishning yakunlanishi esa undagi madaniy rivojlanishni boshlab beradi. Odamda oliy taraq-qiy etgan turlarga hos bo’lgan emotsional-instinktiv hususiyatlar genetik meros sifatida mavjud bo’lib, bu hususiyatlarni chaqaloq dunyoga kelganida, uning rivojlanishining ilk oylarida kuzatish mumkin. Ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) esa odam mohiyatini go’daklikdan boshlab kamolatga erishuv tomonga o’zgartira boradi. Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shahs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. SHu nuqtai nazardan, har bir inson o’zida tarihiy, ijtimoiy, madaiiy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir. Turli halqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlari alohida qiziqish uyg’otgan. Qadim zamonlarda ham tarihchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayhon Beruniy, Mikluho Maklay, Lui Gonsales de Klaviho, Herman Vamberi va boshqalar) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy ta’limotlarda ham boshqa halqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |