Milliy tarbiya ijtimoiy-tarihiy, qonuniy


Download 41.48 Kb.
Sana31.08.2020
Hajmi41.48 Kb.
#128197
Bog'liq
1-m. maruza

  1. MAVZU. MILLIY TARBIYA - IJTIMOIY-TARIHIY, QONUNIY VA OB’EKTIV JARAYON SIFATIDA (2 soat )

Reja:

1.Milliy tarbiya tugrisida tushuncha

2.Milliy tarbiyaning tarihiy harakteri

3. Milliy tarbiyaning metodologik asoslari

1. Antropologlarning shahodat berishlaricha, odamning tashqi ko’rinishi kechki paleolit—kromanonlar davridan buyon o’zgarmasdan kelmoqda. Bu fikrning zamonaviy fanlar tomonidan tasdiqlanganligi odamning biologik evolyutsiyasi tugallanganligini bildiradi. Odamdagi evolyutsion rivojlanishning yakunlanishi esa undagi madaniy rivojlanishni boshlab beradi. Odamda oliy taraq-qiy etgan turlarga hos bo’lgan emotsional-instinktiv hususiyatlar genetik meros sifatida mavjud bo’lib, bu hususiyatlarni chaqaloq dunyoga kelganida, uning rivojlanishining ilk oylarida kuzatish mumkin. Ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) esa odam mohiyatini go’daklikdan boshlab kamolatga erishuv tomonga o’zgartira boradi.

Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shahs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. SHu nuqtai nazardan, har bir inson o’zida tarihiy, ijtimoiy, madaiiy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir.

Turli halqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlari alohida qiziqish uyg’otgan. Qadim zamonlarda ham tarihchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayhon Beruniy, Mikluho Maklay, Lui Gonsales de Klaviho, Herman Vamberi va boshqalar) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy ta’limotlarda ham boshqa halqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud edi.

XIX asrga kelib G’arb ijtimoiy fanlarida boshqa halqlar milliy-madaniy hususiyatlarini tadqiq qiluvchi kulturantropologiya va sotsiologiya yo’nalishlari mahsus fanlarga aylandi. Bu fanlar «boshqa dunyo kishisi» muammosini o’rgana boshladi. Aslida esa bu — boshqacha tarbiya — milliy tarbiyaning tizim, uslublari, maqsadlaridagi hususiyliklarni ilmiy nuqtai nazardan o’rganish davri boshlanganligini anglatar edi.

XIX asr uchun «boshqa dunyo kishisi»ni o’rganish taraqqiyparvar yangilik edi. Zero, kulturantropologiya «Boshqa mamlakat, millat kishisi qanaqa?», «U o’zini o’rab olgan dunyoni, borliqni qanday idrok qiladi?», «U yahshilik va yomonlikni qanday tushunadi?», «U o’z hatti-harakatlarida qanday mezonlarga asoslanib yo’l tutadi?» kabi savollarga javob izlar edi. Odamlarning dunyo haqidagi bilimlari ortib, yangi erlar ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari kengaya borgani sari ushbu muammoga qiziqish ham orta bordi. Ayniqsa, Ovrupoda kapitalistik jamiyatning shakllana borishi va shu bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ayniqsa, mustamlakachilik davri u yohud bu halqlarning milliy hususiyatlarini o’rganishga kuchli turtki berdi. CHunki mustamlakachi, milltsioner, plantatorlar o’z mustamlakalari — mahalliy halqlar haqida hech bo’lmasa ibtidoiy tasavvurga ega bo’lishlari o’zlari uchun foydali edi. Qolaversa, bu masala mustamlakachilikning kelajagi—mahalliy halqlarni «madaniy-oqartuv» orqali inglizlashtirish, frantsuzlashtirish, ya’ni madaniy-ma’naviy mustamlakalarga aylantirishning samaradorligini ta’minlash uchun ham kerak edi.

O’zga halqlarning maishiy harakterini o’rganish faqat mo’may foyda orttirish maqsadi bilan cheklanib qolmadi. CHunki mustamlakachilar va mahalliy halqlar milliy qadriyatlari orasidagi mavjud tafovutni echish ilmiy muammoga aylanib ulgurgandi. Zero, ovrupoliklar boshqa millatlarni shahslar majmui emas, balki qandaydir aqlga zid afsonalar ta’sirida yashovchi individlar, deb id-rok qilar edi (N. Trubetskoy, N. Berdyaev). Masalan, osiyoliklar yoki afrikaliklar o’zlari uchun milliy, ovrupoliklar nazarida esa qandaydir «g’alati» ahloq-odob, urf-odat, an’analarga rioya qilar edilar. Ikkinchi tomondan, mahalliy halqlar uchun ovrupoliklarning hatti-harakatlari, odob-ahloqi, urf-odatlari huddi shunday g’alati ko’rinardi. SHu tariqa, yuqoridagidek o’zaro milliy-madaniy tushunmovchiliklar, ziddiyatlarni echish, bir-birini tushunish ehtiyojlari XIX asrda madaniy antropologiya asosida «noovrupo jamiyatda madaniyat va shahs», «etnopsihologiya» singari ilmiy yo’nalishlarni yuzaga keltirdi. Natijada, «fe’l-atvorning milliyliga» ilk bor ijtimoiy-siyosiy, keyinchalak esa pedagogik ilmiy tushunchalarga aylana bordi.

Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan olimlardan biri — kulturantropolog M. Mid bo’ldi. Uning tadqiqotlari nafaqat geterostereotip (bir halqning boshqa halqlar haqidagi bilimlari yig’indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda avtostereotip (o’z halqi haqidagi bilimlar yig’indisi)ning shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o’zligini anglashga ham turtki bo’ldi.

M. Mid har bir kishining ma’lum milliy muhitdagi hulq-atvorini tushunishda uning bolalikda olgan milliy tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta ahamiyatga egaligini qayd qiladi. CHunki bolalarning milliy tarbiyaviy ta’sirni qabul qilish jarayoni va kattalarning milliy fe’l-atvorlari orasida izchil aloqa mavjud. Tarbiyaning milliy hususiyat kasb etishida bir avloddan ikkinchi avlodga o’tib keluvchi an’analar, marosim, udum, ishlab chiqarish va hayotiy malakalar, afsonalar, hulq-atvor tarzi, bolalarga, o’smirlarga, qariyalarga munosabatlarning o’ziga hosligi katta rol o’ynashini M. Mid alohida qayd etadi.

Milliy tarbiyaning o’ta muhim ijtimoiy-psihologik omili bor. Bu-harakterning milliyligidir. Milliy harakter kontseptsiyasi turli etnoslarda ularning o’zlarigagina hos milliy harakter mavjudligini: shahsning milliy harakteri ustuvor psihologik hodisa bo’lib, bu uning milliy hulq-atvorida namoyon bo’lishini; ana shu ko’rsatkichlarga asoslanib, u yoki bu halqqa, millatga mansub kishilar harakgerining modelini — o’rtacha milliy harakter namunasini yaratish mumkin, degan hulosalarni asoslaydi.

Bir millatga mansub kishilar uchun umumiy bo’lgan fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan namunaviy milliy shahs siymosi mavjudligini birinchi bo’lib A. Kardiner qayd qildi. U «milliy shahs»ning shakllanishida, eng avvalo, oilaning milliy-tarbiyaviy ta’sirini, undan keyin ijtimoiy tarbiya omillarining etakchi roli-ni alohida qayd qiladi2.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya va G’arbiy Germaniya aholisining psihologiyasi o’rganilib, millat, uning qadriyatlar tizimi, muloqot usullari va boshqa ko’rsatkichlari milliy madaniyat ta’sirida shakllanishi isbotlandi. Turli mintaqalarda o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarining umumlashtirilishi: muayyan halqqa hos dunyoqarash, turmush tarzining mavjudligi -halqparning turli «namunalari»ni qosil qilishini; turli «namunalar»ning mavjudligi esa bolalarni tarbiyalashda o’ziga hoslikning mavjudligiga, qadriyatlar tizimining kattalar hulq-atvorida aks etishiga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Biroq, o’tkazilgan etnografik va etnopsihologik tadqiqotlar muayyan bir halqning milliy harakterini o’rganayotgan olimning o’zi boshqa madaniyatga mansubligi tufayli o’rganayotgan millat madaniyatining tub mohiyatini mukammal his qilolmasligi natijasida, tadqiqot ma’lumotlarini talqin qilishda hato va kamchiliklarga yo’l qo’yishi mumkinligini ham isbot-ladi. 50-yillarda Amerika etnopsihologiyasining milliy harakteriga hos kamchilikslari ham aynan shunda edi. Albatta, bu omil milliy harakter kontseptsiyasiga hos ob’ektiv mohiyatni o’zgartirmadi, aksincha, tadqiqot uslubiyatini takomillashtirishga turtki bo’ddi, holos.

Milliy tarbiya vositasida avloddan-avlodga o’tuvchi milliy madaniyat va uning tsivilizatsiya bilan munosabatini misrlik mashhur pedagog Sote’ al-Husriy (1880-1968) o’z tadqiqotlarida yaqqol ochib berdi. «Menga madaniy birlikning kafolatini bering, men esa sizga birlikning boshqa barcha turlari kafolatini beraman» degan mashhur fikr ana shu olimning qalamiga mansub. Al-Husriy SHarqda milliy-zamonaviylik oqimining tashkil topishiga katta hissa qo’shdi. U zamonaviy arab milliy madaniyati tiklanishi arafasida pedagogikada «eskilik-yangilik», ya’ni milliy fundamentalizm va milliy zamonaviylik orasida tafovut mavjudligi muammosini kun tartibiga qo’ydi. Al-Husriy, bir tomondan, milliylikni faqat tarihiy an’ana deb tushunuvchi fundamentalizm, qadimiychilik tarafdorlarini, ikkinchi tomondan, milliylikdan yuz o’girib Ovrupo madaniyatiga taqpid qilishga undovchi «g’arbiy»larni tanqid qilib, bu tarbiyaviy muammoni faqatgina «sintez qilish orqali» echish mumkin, degan ilg’or fikrni o’rtaga tashladi.

1953 yili Misr milliy mustaqillikni qo’lga kiritgach, Al-Husriy maktab-maorifni «ma’naviy mustamlakalik»ka qarshi kurash maydoni, deb atadi. SHuning uchun ham u arab maktablarida milliy g’urur, vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi. Ma’rifatparvar Al-Husriy G’arb ta’lim tizimini Arabistonga namuna, nusha qilib ko’chirib olish havfli va befoyda deb hisoblar edi. CHunki, «boshqa muhitga ko’chirilgach, o’z joyiga hos bo’lgan ijtimoiy omillar ta’siridan ajratilgach, ko’chirib keltirilgan maorif tizimi butunlay boshqa natijalar beradi». SHuning uchun, deydi pedagog Al-Husriy, «biz boshqa har qanday millat maorif tizimiga o’ralashib qolmasdan, taraqqiyotda bizdan o’zib ketgan barcha millat tajribalaridan kelib chiqqan holda o’zimizning alohida maorif tizimimizni tuzmog’imiz kerak». SHuningdek, Al-Husriy arab tilining ilmiy atamalarini yaratishga chaqirib, «milliy tarbiya» tushunchasini ilk bor ilmiy-pedagogik muomalaga kiritdi. SHu tariqa milliy tarbiya, bir tomondan, mulkdor boylar orasida mavjud «o’z manfaatlarini millat manfaatidan yuqori qo’yish va ochko’zlikka, ikkinchi tomondan, mutaasib ruhoniylarning «taraqqiyotga eltuvchi ilg’or g’oyalarga dushmanligi»ga qarshi kurashda samarali qurol bo’lib hizmat qildi.

YUqoridagi ilmiy ta’riflarning nosinfiy, holis tahlili «madaniyat», «milliylik» tushunchalarining tarihiy, zamonaviy va istiqboliy tushunchalar ekanligi haqidagi hulosani hosil qiladi, «TSivilizatsiya» tushunchasi esa ko’proq jug’rofiy, mintaqaviy hususiyatga ega bo’lib, asosan fan va tehnika yutuqlarini egallaganlik darajasini ifodalaydi. Ushbu talqinlar ilgari berib o’tilgan ta’riflarni inkor qilmaydi, aksincha to’ldiradi, aniqlashtiradi. Demak, madaniyat—milliydir, tsivilizatsiya esa umuminsoniy zamonaviylikdir. Milliylik va tsivilizatsiyalashganlik uyg’unlashgandagina insoniyat ma’naviy va moddiy madaniyatlar uyg’unligiga erishadi. Zero, «milliyliksiz insoniyat mantiqiy mavhumlikka, mazmuni yo’q so’zga, ma’nosi yo’q tovushga aylanib qoladi».

Har bir millatda, mamlakatda davom etayotgan tarbiyaviy jarayon umuminsoniy tarbiya tizimining tarkibiy qismidir. Demak, har bir davlatda olib borilayotgan siyosat kabi, tarbiya siyosati ham umumbashariy ehiyojlardan kelib chiqib muvofiqlashtirilmog’i kerak. CHunki insoniyat tsivilizatsiyasi taqdiri barcha halklarga bir hil bog’liq va qimmatlidir. Sayyoramizga rahna solayotgan azon qatlamining emirilishi, SPIDning tarqalishi, ekologik havf-hatarlar, terrorizm huruji, antropologik tahdidlarni «umumbashariy pedagogik birlik»ka erishmay turib bartaraf qilish mushkul.

Afsuski, bu zaruriy birlik mazmuni turlicha tushunilmoqda. Jumladan, ayrim hollarda «umumbashariylik» tushunchasi «ovrupolashganlik» sifatida talqin va tashviq qilinmoqda. Umumbashariy pedagogik birlik g’oyasi «umumbashariy pedagogik bir hillashuv» emas, balki barcha milliyliklarning insoniyat qarshisidagi havf, tahdidlarga qarshi millatlararo pedagogik birligi bo’lmog’i kerak. Zero, shahs avvalo milliylashib, ijtimoiylasha borgani sari umuminsoniy mansublikka yaqinlashadi. Demak, shahs umuminsoniy qadriyatlarni to’g’ri, ijobiy qabul qila olishi uchun, avvalo, o’zi shakllangan muayyan milliylikning barkamol sub’ektiga aylana olishi kerak. SHu o’rinda mamlakatimiz taraqqiyoti tamoyillaridan biri sifatida belgilangan milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini mamnuniyat bilan qayd etish lozim.

Milliylikning barkamol sub’ektini tarbiyalashni tadqiq qilish yo’lidan borar ekanmiz, milliylikning nafaqat madaniy-ijtimoiy, balki fiziologik asoslari ham ochildi.

Fiziologlar olib borgan izlanishlar kishi u yoki bu millat tilida so’zlashgan vaqtida uning tashqi qiyofasi, yuz ko’rinishi o’sha millat kishilariga o’hshab ketishini asoslamoqda. CHunki boshqa tilda so’zni talaffuz qilish, tushuntirish uchun o’sha millatda qabul qilingan imo-ishoralar, hatti-harakatlardan foydalaniladi. SHuning uchun ham «kishi boshqa millat ahborotini qabul qilmasdan turib, miyaning toza bo’limlariga avvalo o’z ona tilida va o’sha hududga tegishli ahborotni joylashtirgandagina milliy o’ziga hoslikni saqlab qoladi. Mabodo olinayotgan ahborot turli-tuman, omuhta bo’lsa, ustiga-ustak keraksiz ahborot qabul qilinsa, u miyada mustahkam o’rna-sha olmaydi. Natijada, bunday kishi fikrlash jihatidan ham arosatda qoladi»1.

Etnopsihologlarning bergan hulosalariga ko’ra, milliy psihologiyani aynan o’sha etnos vakillarining faoliyat, hulq-atvor va muloqotlari jarayonlari orqali o’rganish mumkin. Bizningcha, milliy tarbiya jarayonining pedagogik-psihologik hususiyatlarini o’rganish uchun ham aynan shu yo’ldan bormoq samaralidir. Zero, milliy tarbiya milliy (ichki) va millatlararo (tashqi) munosabatlarning muvaffaqiyatini ta’minlashga hizmat qiladi. Milliy tarbiya jarayonida makondagi muqimlik va milliy-madaniy jipslikni, birlikni ta’minlovchi etnik, milliy ma’lumotlar sinhron va diahron shaklda avloddan-avlodga uzatiladi. SHunday qilib, faqat shu millatgagina hos bo’lgan o’ziga hos tarbiyaviy tizim ushbu millatning boshqa millatlardan farq qilishini, ichki yahlitligini, benazirligini ta’minlaydi. Agarda milliy tarbiya e’tiborsiz qoldirilsa, stihiyali tarzda kechsa, halqning milliy o’zligini anglash darajasi, milliy g’ururi, madaniyati, vatanparvarlik darajasi susaya boradi. CHunki har bir individ o’ziga hos milliy-madaniy an’analar, me’yorlari bo’lgan jamiyatda shakllanadi. Ana shu urf-odat, me’yorlar, an’analar ruhida ijtimoiylashuvi uni ana shu madaniy-tarihiy birlikning a’zosiga aylantiradi. Bu jarayonni boshqacha tarzda chaqaloqning yo frantsuz, yo hind, yo o’zbekka aylanish jarayoni, deb ham ifodalash mumkin. CHaqaloqning (milliy tarbiya ob’ekti o’laroq) o’zbek sifatida shakllanishi o’zbeklar uchun an’anaviy bo’lganligi tufayli ko’zga tashlanmaydi. Tadqiqotlar shuni qayd qilmoqdaki, shahs madaniylasha (ukrainasha, arablasha, o’zbeklasha...) borar ekan, bu milliylashuv jarayoni milliy-ijtimoiy rollar talablaridan kelib chiqib, jamiyatning uzluksiz nazorati ostida amalga oshadi. «Milliy-ijtimoiy rel’»- tushunchasini, zamonaviy ijtimoiy rollar sotsiologik kontseptsiyasi va I. Konning ijtimoiy rolga bergan ta’rifidan foydalangan holda, «muayyan milliy birlik ichida an’anaviy ma’qullangan, shu millatga mansub a’zolaridan ularning yoshi, jinsi va muayyan vaziyatdan kelib chiqib kutiladigan hulq-atvor namunasi», deb ta’riflash mumkin.

«O’quvchining milliy roli» tushunchasi milliy tarbiyani tahlil qilish uchun sotsiologik kalit vazifasini o’taydi. CHunki bu tushunchaning ko’pqirraligi milliy-zamonaviy hayot jabhalarini, milliy tarbiya yo’nalishlarini ilg’ab olish imkonini beradi. Milliy tarbiya tizimini «milliy rol» tushunchasi orqali o’rganish har bir o’zbek o’g’il-qizini ilk yoshlaridan «yahshi bola», «yahshi aka, uka, singil, opa», «yahshi jiyan, tog’a, bo’la...», «yahshi mehmon, mezbon», «yahshi do’st», «odobli bola» kabi «unvonli» munosabatga tayyorlash mehanizmini ochib beradi. Keng ma’noda esa o’quvchining milliy rolini o’zlashtirishi - o’z ichiga milliy fazilatlarni, milliy ahloq me’yorlarini singdirishi, milliy-ijtimoiy hayotga tayyorgarlik ja-rayonlarini ham jamlaydi.

Myushiy ijtimoiy rollarni tasniflash, ularning kundalik hayotda, munosabatlarda bajarilishini ilmiy-pedagogik kuzatish — zamonaviy va istiqbolli usuldir. U bolani «qarshisida» turib emas, balki milliy-ilmiy kuzatish imkonini beradi. Bu esa tadqiqotning ob’ektiv natijalarga ega bo’lishining asosiy shartlaridan biridir.

Zamonaviy fanlar ijtimoiy rollarning quyidagi tasnifini ilgari suradi:

tug’ma, mavqeli ijtimoiy rollar — odam tug’ilganidanoq yoki hayotining u yoki bu bosqichiga kirishganida «meros qilib olinuvchi» rollar (jinsiy, diniy, milliy, fuqarolik, go’daklik, o’smirlik, yigitlik, mo’ysafidlik va b.);

o’zgaruvchan -doimiy bo’lmagan, o’zgarishi mumkin bo’lgan ijtimoiy rollar. (Masalan, u yoki bu kasbni egallash, biror uyushmagan, jamiyatga a’zo bo’lish va undan chiqish mumkin, hatto fuqarolikni ham o’zgartirish mumkin. Biroq tug’ma milliy rollar (o’zbeklik, frantsuzlik va h.k.)dan chiqib bo’lmaydi.)

Muayyan vaziyatdagi ijtimoiy rollar — yo’lovchilik, haridorlik, mehmonlik, mezbonlik va h.k. rollari o’zgaruvchan rollar bilan kamroq, tug’ma rollar bilan ko’proq aloqada bo’ladi. Muayyan vaziyatdagi rollar mahsus va shahsiy ahamiyatga egaligi tufayli kishini yo’lovchi, haridor, mehmon yohud mezbonga «aylantirsa», shahsiy fazilatlar mohiyatidan kelib chiqib shahsni «do’st», «dushman», «mehribon kishi», «taqvodor kishi», «fidoyi odam» va boshqalarga aylantiradi. Demak, shahs tashqi muhit (tabiat, jamiyat, shahslar) bilan munosabatga kirishganida milliy hususiyat (o’ziga hos bo’lgan «ukraincha», «hakas-cha», «gruzincha» yondashuv) kasb etadi. Bu fikr ilk bor nemis sotsiologi U. Gerhard tomonidan tug’ma ijtimoiy rol sifatida taklif qilingan, keyinchalik YU.Sorokin, E.Tarasov, Ufimtsevalar tomonidan ijtimoiy fanlarga kiritilgan edi. Lekin, nazariy jihatdan asoslanganligiga qaramasdan, milliy rolning tug’ma meros, vorislik hususiyatini o’rganish, rivojlantirish sotsialistik internatsionalizm tamoyillariga mos kelmasligi tufayli rivojlantirilmadi.

Dinning insoniyat ma’naviyatida tutgan roli beqiyosdir. SHu bois pedagogika barcha millatlarda sodir bo’lgan dinga qiziqishning, diniylikning tiklanayotganligiga e’tibor qilmog’i kerak. CHunki din — dunyoqarashni tash-kil qiluvchi ongning tarkibiy qismidir. Dinda inson, uning mohiyati, milliyligi haqida mulohazalarning ulkan, yahlit tajribasi mavjud. Uning vazifasi e’tiqod orqali inson, jamiyatning ruhiyatini uyg’unlashtirib, tarbiyalashdir. Ana shu nuqtai nazardan har bir din — o’zi asoslagan ma’naviy ta’lim va ahloqiy tarbiya tizimidir. Bu, odatda, muayyan dinga mansub halqparvar millatlar (masalan, islom diniga mansub arab, tatar, tojik, turk, qozoq, o’zbek va boshqalar)ning umumdiniy yoki baynalminal ma’naviyati va ahloqini hosil qilib kelgan.

2. Millatning paydo bo’lishi, rivojlanishini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar bilan belgilash, o’lchash nisbiydir. CHunki «millat» tushunchasi millatning mavjudligi haqidagi hujjatdir. Bu tushuncha esa qadimiy bo’lib, bizning keyingi talqinlarimiz, uning asl mohiyati qandayligidan emas, balki bizga qanday tushunti-rilganidan kelib chiqqanligi tufayli sub’ektivdir. Zero, millat, o’ziga hos barcha hususiyatlari bilan birlamchi, bizning talqinlarimiz esa ikkilamchidir. Ana shu nuqtai nazardan millatlarning paydo bo’lishi haqidagi diniy qarashlar ham pedagogik diqqatga sazovordir.

Qur’oni karimning Baqara, YUnus, Hud, Nahd suralarida odamlarning dastlab bir millatga mansub bo’lganliklari, so’nfa esa bo’linib ketganliklari haqidagi fikr bir necha bor qayd qilinadi. Kur’oni karim har bir mo’min kishini o’z milliy qadriyatlarini boyitishga, o’z millatidan kechib, boshqa millat qo’shimchasiga aylanib ketmaslikka chaqiradi: «Va sizlar bir millat boshqa millatdan (son yo boylik jihatidan) ortiqroq bo’lgani uchun qasamlaringizni (buzib) aldov vositasi qilishingiz bilan(ya’ni, boshqa boyroq va kuchliroq qavmni topsangiz, avvalgi qasamlaringizdan kechib ketaverishingiz bilan) huddi o’zi to’qigan narsasini pishiq-puhta bo’lganidan so’ng parcha-parcha buzib-chuvatib tashlagan hotinga o’hshab qolmangiz! Albatta, Olloh bu (ahdga vafo qilishga buyurish) bilan sizlarni imtihon qilur va albatta qiyomat kunida sizlarga ihtilof qilib o’tgan narsalaringizni bayon qilib berur».

Qur’oni karimdagi ushbu ishoradan kelib chiqib, milliy tarbiya yosh avlodlarda o’z va o’zga halklarga hurmat, milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy va millatlararo muloqot odobi kabi fazilatlarni shakllantiradi va o’zbek halqini ma’naviy va moddiy jihatlardan boy millatga aylantirishga hizmat qiladi, deya olamiz.

Milliy tarbiyaning manbai—milliylik! «Millat», «milliylik», «milliy g’urur», «milliy odob», «millat-lararo muloqot madaniyati» tushunchalarining o’zagini arabcha «mil» so’zi tashkil qiladi. Bu so’z arabchada «o’zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so’zi esa bir necha ma’noni: 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi; 3) halq ma’nolarini anglatadi.

«Millat», «milliylik» tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g’arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko’ramiz. Aniqrog’i, g’arbiy talqin hristian, sharqiy talqin esa islomiy o’zaklarga borib tutashadi. YA’ni Ovrupo halqlari tillariga «millat» tushunchasi lotincha «paydo»—qabila, halq sifatida hristian dini bilan birga kirib kelgan bo’lsa, Osiyoga esa islom ta’limoti orqali yuqoridagi uch hil ma’noda kirib kelib singdi.

«Tarbiya» so’zi «milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo’lganligi tufayli bu tushunchaga ham yangicha yondoshgan holda, holis ilmiy-pedagogik ta’rif bermoq kerak. Arabcha «tarbiya», «tarbiyat» so’zlari 1) parvarish qilmoq; ta’lim bermoq; o’rgatish; odob o’rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko’rsatish: ko’z-quloq bo’lish; himoya qilish kabi ko’p qirrali mazmunga ega. «Tarbiyachi» esa shu ko’p qirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi odam, demakdir. Demak, milliy tarbiyaning lug’aviy ma’nosini «yosh avlodlarni o’z halqiga hos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta’lim bermoq» sifatida aniqlash mumkin.

Iudaizm, hristianlik, budda va islom dinlari — o’ziga hos tarbiya manbaidirlar. SHu nuqgai nazardan milliy tarbiyaning mohiyatini diniy unsursiz mukammal deb bo’lmaydi. CHunki har bir din, payg’ambarning vazifasi — odamlarni tarbiyalash, ba’zida esa, qayta tarbiyalashdan iborat bo’lib kelgan. Masalan, hristian pedagogik falsafasi «dindan ajratilgan ta’lim-tarbiya ma’naviyatdan ayrilishga, ta’lim-tarbiyadan ajratilgan din esa hurofotga aylanishga mahkumdir» deb hisoblaydi. SHu bilan birgalikda hristian ruhoniylari ahloqiy qadriyatlarning e’tiborsizlana borishi tufayli «hamma narsani sotish va sotib olish mumkin» bo’lib qolganligi, «mening vatanim boshqa erda» deguvchi vatan taqdiriga befarqlik namunalarini, pornografiya tashkilotchilarini tanqid qilib, o’z huqumatlariga ma’rifiy yordam bermoqdalar».

Budda diniy ta’limotida ham odamlar orasida o’zaro hamkorlikka da’vat qilinib, milliyliklarga demokratik, tolerant yondashuvga amal qil, boshqalarning e’tiqodlarini qoralama, deyiladi. Budda dini o’ziga mansub kishidan o’z qobiliyatlarini mutanosiblashtirishni, intizomlilikni, hotirjamlikni, chiroyli so’zlab, chiroyli hulqqa ega bo’lishni, uyg’unlikni, o’zidagi Mara(salbiy kuch)ni chidam va hamdardlik orqali bartaraf qilishni, o’z-o’zini tarbiyalashni talab qiladi. CHunki «Inson yahshilikning mohiyatini chuqur tushunib, his qilsagina, u yahshilikka qodir bo’la oladi», deb uqtiradi buddizm falsafasiyo.

3. SHarq, hususan, o’zbeklar milliy tarbiyasining falsafiy, metodologik asoslarini SHarq falsafasi—dunyoni idrok qilishning sharqona «ruhi», uslubini tushunmasdan aniqlab bo’lmaydi. Dunyoni idrok qilishning sharqona tarzi mavjudligidan kelib chiqish yaqin yillargacha ijtimoiy fanlarda etakchilik qilib kelgan bir yoqlamalik ~ evropotsentrizm oqimiga barham beradi. G’arb kishisining ongidagi personalistik qarash hristianlikning, sharq kishisi ongidagi antipersonalistik qarash esa islomning bevosita ta’sirida yuzaga keldi. Ana shuning uchun ham ovrupolik shahs mohiyatini hristianliksiz («Hristian dini — Ovruponing o’qituvchisidir». N. S. Trubetskoy), sharq kishisining mohiyatini esa islom dinining ahloqiy qarashlarisiz tadqiq qilish yanglish hulosalarga olib keladi. Jumladan, to shu paytgacha SHarq ahloqining qomusi — Qur’oni karim, hadisi shariflar, shariat pedagogik e’tibordan chetda qoldirilib kelinayotgan edi. Biz imkon darajasida ana shu nazariy-pedagogik kamchilikni to’ldirishga harakat qilamiz.

Milliy tarbiyaning metodologik asoslarini aniqlashda, uni har tomonlama talqin qilishda sotsiobiologiya erishgan natijalar katta ahamiyatga ega. Biologiya fanining bu yo’nalishi 1975 yili amerikalik entomolog E.Uilsonning «Sotsiobiologiya: yangi sintez» nomli kitobidan boshlanib, ilmiy davralarda katta qiziqish uyg’otdi. Sotsiobiologiyaning bosh maqsadi — inson hayotining turli jabhalarini tadqiqot qilishga qodir bo’lgan yangi — omuhta fan yaratishdir. «Koinotda ongli jonzotlar ichida ikki intellektual irq — eydilonlar va ksinedrinlar bor, deb faraz qilaylik, - deb yozadilar CH. Lamzden va E. Uilson. Eydilonlar—organik mashinalar bo’lib, ulardagi tafakkur va hulq-atvor dasturlashtirilgan. Ksinedrinlar ongi esa, toza yozuv tahtasiga monand. Ularning tafakkurida irsiy determinatsiyaning izlari ham yo’q, ya’ni ksinedrinlar tafakkuri, hulq-atvori tashqi muhit tomonidan dasturlashtiriladi. Eydilonlar yo’li madaniyat ta’sirida kechadi. Er kurrasidagi odamlar alohida - uchinchi yo’lga egadir. Bu yo’lning mohiyati, sotsiobiologlarning fik-richa, irsiy omillardan madaniy omillarga va aksincha bo’lib o’tadigan doimiy o’zgarishlardadir». Sotsiobiologiya inson ustidan hukmronlik qiluvchi barcha kuchlarning eng qudratlisi va murakkabi — ishonch, e’tiqod, deb biladi. «E’tiqod ijtimoiy hatti-harakatlarning universal tartibotlaridan bo’lib, har bir jamiyatda uni (namoyon bo’lish shakliga qarab) tezda qayd qilish mumkin... Lekin inson bu unsurdan din va marksizm orasidagi qarama-qarshilik tufayli voz kechishga majbur bo’ldi. E’tiqodsizlik esa odamlarda milliy qadriyatlarning yo’qolishiga, arzimas narsalarni qimmatli narsa deb, haqiqiy qimmatga ega bo’lgan narsalarni esa erga urishga olib keldi», — deb hisoblaydi «inson haqidagi yangi fan» — sotsiobiologiya. Ko’rinib turganidek, ushbu yangi fanning e’tiqod va uni shakllantirish haqidagi qarashlari o’quvchilarimizda milliy g’oyaga asoslangan istiqloliy e’tiqodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Milliy tarbiyani tadqiqot qilishning metodologik talablaridan biri — aniq fanlarda erishilgan yutuqlarni o’rganish, ularning mazkur tadqiqot predmetiga munosabatini umumlashtirishdir. Ana shunday fanlardan biri bo’lmish oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va pedagogika orasida uzviy bog’liqlik mavjud. Zero, «har qanday ta’-lim va tarbiya o’zining fiziologik mehanizmiga ko’ra, shartli reaktsiya (organizmning tashqi ta’siriga javobi), ko’nikma va taassurotlarni hosil qilish jarayonidir».

Ma’lumki, birinchi signallar sistemasi inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, insonning ikkinchi signallar sistemasi uchun tabiiy manba bo’lib hizmat qiladi. Ikkinchi signallar sistemasi esa — bu biz eshitayotgan, so’zlayotgan, o’qiyotgan so’zlarimizdir. YA’ni so’z bizga birinchi signallar sistemasining obrazlari, siymolari, hususiyatlari haqida mujassamlashgan habar beradi. Masalan, o’quvchilar sohibqiron Amir Temurning ismi shariflarini eshitganlarida u kishiga hurmat hissini tuyadilar, «Orol» so’zi esa «Orol muammosi»ni eslatib ularda achinish, uni saqlab qolishda ishtirok etish istagini paydo qiladi va h.k. Hullas, o’quvchilar so’z orqali birinchi signallar haqida ma’lumot olgach, ularda hurmat, achinish, rahm-shafqat yoki, aksincha, «hizbut-tahrir», «vahdobiylik», «aqidaparastlik» degan so’zlarni eshitganida ularda nafrat kechinmalari paydo bo’ladi. Demak, birinchi signallar sistemasi orqali hosil qilish mumkin bo’lgan hatti-harakat, his-tuyg’ularni ikkinchi signallar sistemasi — so’zlar orqali ham hosil qilish mumkin.

So’z esa milliy hususiyatga ega. Eshitilgan, o’qilgan so’z ma’nosi tinglovchi, o’quvchi tushunadigan tilda bo’lsagina u hatti-harakatga, tuyg’ularga ta’sir qilib, milliy madaniy muhitni tushunishga, unga moslashishga hizmat qiladi. Agar so’z va uning milliy ma’nosi, mohiyati tushunarsiz bo’lsa, u o’quvchiga birinchi signal sifatida ham, ikkinchi signal sifatida ham ta’sir qo’rsata olmaydi. O’quvchi uchun ma’nosiz tovush bo’lib qolaveradi. Demak, ikkinchi signallar sistemasining so’zlar orqali namoyon bo’lishini, inson milliyligining bosh belgisi — til, til esa so’zlardan iboratligini, shuningdek, yuqorida keltirilgan etnopsihologik yutuklarni umumlashtirish nkkinchi signallar sistemasi milliy hususiyatga ega, degan ilmiy hulosani hosil qiladi. Bu esa milliy tarbiyaning aniq fan - oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tayanuvchi nazariy asosini belgilaydi.

Halqlar, millatlar o’zlari istiqomat qilayotgan jug’rofiy hudud, tabiat, jonzot va insoniy fazilatlarga hos va mos nomlar berganlar. Ular so’zda ifodalanib, ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarning ikkinchi signallar sistemasining milliy, hususiy jihatini belgi-lab kelgan, Ana shuning uchun ham tilda talaffuz qilingan so’z faqatgina shu tilni tushunuvchi kishi uchun ikkinchi signallar sistemasi sifatida ta’sir qiladi. Bola, odam o’zi tushunmaydigan so’zdan ta’sirlanmaydi, harakatga kelmaydi, o’z hatti-harakatini o’zgartirmaydi.

O’zbekona tarbiya mazmunidan joy olib, o’zaro munosabatlarda namoyon qilinishi lozim bo’lgan insoniy fazilatlarni ifodalovchi so’z-signallar mavjud. Masalan, «tavoze», «hayo», «vijdon», «iymon» va boshqa so’zlarning faol qo’llanilganligi milliy ma’naviyati-mizning yuksak cho’qqiga ko’tarilganligidan dalolat beradi. Lekin halqimiz tarihining keyingi asrlarida sodir bo’lgan mustamlakachilik, milliy fazilatlarni «qoloqlik, madaniyatsizlik ko’rsatkichi», «eskilik sarqiti» deya qadrsizlanishi yuqoridagi tushunchalarni o’zbek maktabi darsliklari matnidan siqib chiqardi. Natijada, milliy fazilatlar o’quvchilarning ikkinchi signallar sistemasiga kiritilmaganligi tufayli, boshqa tildagi so’zdek tushunarsiz bo’lib qolaverdi. O’quvchilar bilan o’tkazilgan suhbatlar, savol-javoblar buni tasdiqladi. Qo’shimcha misol tariqasida atoqdi yozuvchimiz Ibrohim Rahimning 80-yillardagi kuzatuvlaridan bir parcha keltiramiz: «... Ko’pgina yoshlarimiz «insof» nimaligini bilish u yoqda tursin, bu so’zning o’zini ham eshitmagandek, tushunmaydilar.

Eski hovlimizning ro’parasidagi o’rta maktabning to’polonchi o’quvchisi o’zidan kichik bolani do’pposlaganida qo’lidan ushlab, «Insofing bormi, o’zingdan kichik bolani urasanmi?» desam, «Insof deganingiz nima?» deb anqayib qoldi. SHundan keyin boshqa bir necha boladan ham so’radim. Unaqa dars o’tganimiz yo’q, deb javob qildilar. SHu voqeadan keyin maktablarda insof darsini o’tish kerak shekilli, degan hulosaga keldim.

Insofli bo’lish haqida na uyda, na maktabda va na atrofdagilardan ta’lim olmagan ayrim yoshlar insofsizlik qilib qo’yganini o’zlari anglamayaptilar, anglasalar ham uning hunuk oqibati — gunohi to’g’risida mutlaqo o’ylamayaptilar... (Ibrohim Rahim. Hayot chorrahalarida. - T.; O’zbekiston, 1991. 110-6.)

Bu holat o’zbek umumta’lim maktabi o’quvchilarini «O’zbek tilining izohli lugati»dan joy olgan, insoniy fazilatlarni ifodalovchi 1,5 mingdan ortiq so’zlar(masalan, «odamgarchilik», «insof», «vijdonlilik», «mehribonlik» va h.k.) bilan mahsus tanishtira borishni taqozo qiladi. Biroq, so’zlarning faqat ma’nosini tushuntirish bilan yuqoridagi fazilatlarni o’quvchilarning odatiga aylantirish mushkul. Buning uchun milliy-insoniy fazilatlarni mahsus tashkil qilinuvchi tarbiyaviy vaziyatlarda, tarbiyaviy soatlarda o’quvchilarga namoyish qilish (masalan, «milliy odob»ning qanday namoyon bo’lishini nafaqat tushuntirish, balki ko’rsatish) va o’quvchilar bilan milliy odob mashqparini tashkil qilish talab etiladi. Tarbiyaviy ta’lim — muomala, odob qoidalarini mahsus o’rgatish jahon miqyosida yangilik emas va o’rnak olsa arzigulik misollar bor. Masalan, YAponiya maktab-larida «yapon hulq-atvori» darsi mahsus, majburiy o’tiladi. Bu darsda muomala, odob-ahloqning eng nozik qirralarigacha mahsus o’rgatiladi, mashq qildiriladi. Jumladan, mehmon kelganda mezbon eshikni qanday ochishi kerakligigacha va h.k. Hullas, milliy-tarbiyaviy ta’lim milliy fazilatlarni o’quvchilarning dastlab birinchi, keyin esa ikkinchi signallar sistemasiga aylantirishga, pirovard natijada esa, o’quvchilarning shahsiy hislatlariga, odatlariga aylanishida pedagogik tehnologiya vazifasini o’taydi.

O’zbekiston sotsiolog olimlari olib borgan ilmiy tadqiqotlar milliy tarbiyaning sotsiologik jihatlarini oydinlashtiradi. Toshkent Davlat universiteti sotsiologik Markazi «G’arb — SHarq: shahs hulq-atvori va moslashuvi-ning madaniy-etnik hususiyatlari» mavzusi bo’yicha tadqiqotlar olib bordilar. Qiyosiy natijalar shuni ko’rsatadiki, Amerika-Evropa madaniyati, musulmon SHarqi mada-niyatlari tamomila turlicha qadriyatlarga tayanadi. YA’ni sharqona hulq-atvor qadriyatlari an’anaviylikka tayansa, g’arbona hulq-atvor esa indivvdualistik tip sifatida ijtimoiy muhit, hatto makrosotsiumlarni inkor qilish orqali o’zligini namoyon qiladi. SHarqona hulq-atvor muhitida taraqqiyot va islohotlar tadrijiy tarzda kechib, bunday jamiyatda qadriyatlarning keskin inqirozi havfi yo’q. Masalan, ajdodlarga hurmat ijtimoiy mo’’tadillikning o’ziga hos kafolati bo’lib hizmat qiladi. Pedagogika uchun muhim tomoni shundaki, tarbiyaning milliyligi va ijtimoiylikning silliq kechishi tufayli o’smirlik — o’tish davri engil kechadi. G’arb o’smirlarida esa bu jarayon ijtimoiy muhit, halq, millatni inkor qilish, jamiyatda qabul qilingan ahloqiy, ma’naviy me’yorlarga qarshi turish, egotsentrizmda namoyon bo’ladi. SHarqlik kishi uchun el, urug’, mahalla manfaatlari, fikrlari kuchli ta’sirga ega. G’arb kishisi uchun tevarak-atrofdagilarning fikrlaridan ko’ra o’zining «men»ini namoyon qilish birinchi darajada turadi. O’zbek sotsiologi A. A. Ilhomovning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda diniy, milliy o’zligini anglashning o’sishi yoshlarning o’zlarini musulmon va sharq kishisi sifatida anglashi tarzida; Ovrupo yoshlarida esa jinoyatchilikning bundan buyon ko’payishiga olib keluvchi «hulq-atvorning affektiv tipi»da namoyon bo’lmoqda. Ana shu ob’ektiv hususiyatlar O’zbekiston pedagogikasida, uning nazariy asoslarida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.

Fan taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanganida u yoki bu atama, tushuncha mazmuniga aniqliklar kiritilib, boyita boriladi. Pedagogikaning tub atamalari bo’lmish «ta’lim», «shahs rivojlanishi», «ijtimoiylashuv», «tarbiya» kabilar ham ana shu qonuniyatga bo’ysunadi. «Kommunistik tarbiya» iborasi ijtimoiy qo’llanuvdan chiqarilgach, «milliy tarbiya» tushunchasi qo’llanila boshlandi. Ilmiylik tamoyili boyagi iboralardagi «kommunistik» va «milliy» sifatlovchilarini ta’riflash bilan bir vaqtda «tarbiya» tushunchasining yangilanayotgan jamiyatdagi yangi, zamonaviy, ilmiy ta’rifini talab qiladi.

Eng e’tiborli ilmiy maqolalardan biri G. Hayrullin qalamiga mansubdir. Olim o’zining «Pedagogikaning tushunchalar apparati» maqolasida «tarbiya» tushunchasining shu paytgacha an’anaviy bo’lib kelgan «jamiyatda yashash va mehnat qilish uchun lozim bo’lgan ijtimoiy tajribaning kattalar tomonidan uzatilishi va yangi avlodlar tomonidan faol o’zlashtirilishi» degan ta’rifini tanqid qiladi. G. Hayrullinning fikricha, «bu ta’rif faqatgina maktab sharoitiga bog’liq bo’lib, tarbiyachining tarbiyalanuvchidan albatta yoshi ulug’ ekanligi kabi tor asosga ega. SHuning uchun ham, «tarbiya» tushunchasini «ajdodlar ijtimoiy tajribasini uzatish va qabul qilishda shahsga ijtimoiy va tabiiy omillarning ta’sir etishi» deb tushunish lozimdir. Ana shunda, deb ta’kidlaydi olim, «tarbiyaning pedagogik mohiyati «tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy tajribasini o’zlashtirishlariga maqsadli ta’sir qilish»da namoyon bo’ladi. Ushbu tajribani o’zlashtirish shahsni ma’lum yo’nalishga qaratib rivojlantiradi, shakllantiradi».

Milliy tarbiyaning nazariy asoslarini belgilashda sobiq sovet pedagogikasi nazariyotchilarining SSSR parchalanib ketish arafasida kelgan hulosalari muayyan ahamiyatga ega. Akademiklar A. Bodalev, V. Karakovskiy va L. Novikovalar o’sha davrdagi tarbiyaviy illatlar (nigilizm, ma’naviyatsizlik, ahloqsizlik, hudbinlik va boshqalar)ni keltirib chiqargan sabablarni qidirishdi. Aniklangan sabablar O’zbekiston pedagogika fani va amaliyotida qayta takrorlanmasligi uchun ularni quyida sanab o’tamiz. Akademiklarning hulosalariga ko’ra, 90-yillarda sovet tarbiyasi tushgan og’ir ahvolning bosh sabablaridan biri — tarbiyaning ilmiy asoslarining ishlab chiqilmaganligi edi. Bu asoslar quyidagi mazmunda yaratilmog’i kerak: 1) shahsning pedagogik modelini tuzish va shu orqali uni tarbiyalash yo’nalishlarini belgilab olish; 2) «tarbiya» tushunchasining mohiyatini zamonaviy pedagogika va psihologiya fanlari nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqish; tarbiyaning mavqeini ko’tarish; 3) jamiyatni tarbiyalovchi jamiyatga aylantirish uchun uning tarbiyalovchi imkoniyatlarini amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlarini tadqiqot qilish kerak. Milliy tarbiya esa ushbu sabablarning takrorlanmasligining ilmiy asoslangan kafolatlariga ega. YA’ni, 1) muayyan milliy tarbiyaviy fazilatlarning asosli etalon, mezonlari va aniq yo’nalishlariga ega; 2) milliy tarbiya «tarbiya» tushunchasining mohiyatini zamonaviy pedagogika, psihologiya, etnopedagogika, etnopsihologiya, sotsiobiologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va antropologik bilimlar tizimi qo’lga kiritgan ilmiy natijalar asosida oydinlashtiradi; 3) milliy tarbiya jamiyatni «tarbiyalovchi jamiyat»ga aylantirish uchun uning pedagogik imkoniyatlarini amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlarini qayd qiladi va ijtimoiy-milliy tarbiya omillari sifatida ularga tayanadi. CHunki til, urf-odat, psihologiya, dunyoqarash bolaga uning hohishidan tashqari holatda o’z milliy tarbiyaviy ta’sirini o’tkaza boradi.

TTTu o’rinda «tarbiya» tushunchasiga yaqin bo’lgan «ijtimoiylashuv» tushunchasi haqida alohida to’htalib, milliy tarbiya va milliy ijtimoiylashuv orasidagi umumiylik va o’ziga hoslik ustida to’htalish lozim.

Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv orasidagi umumiylik «hayot tarbiyasi» tushunchasi orqali namoyon bo’ladi. Lekin ijtimoiylashuv — bu inson tomonidan ko’rsatilayotgan maqsadli va maqsadsiz tarbiyaviy ta’sirlarni qabul qilish jarayonidir. Ushbu ta’sir yig’indisi shahsning ijtimoiylashuvi hususiyatlarini, sifat o’zgarishlarini belgilaydi. Ko’rinib turganidek, shahs ijtimoiylashuv jarayonini bevosita pedagogik nazorat ostiga olish, boshqarish mumkin emas. SHuning bilan birga, rivojlanayotgan bola bir vaqtning o’zida ham ijtimoiylashtiruvchi omillar, ham milliy tarbiya omillarining muttasil ta’-sirida bo’lishini ta’kidlash zarur. Har bir shahsning bolaligi — uning milliy tarbiya qaramog’ida o’tkazgan tarihidir. Bola balog’atga etgan sari ijtimoiylashtiruvchi omillarning ta’siri kuchaya boradi.

Ijtimoiylashuv va milliy tarbiya ta’sirlari orasi-dagi uyg’unlik yoki ziddiyat milliy-ma’naviy taraqqiyotga davlat tomonidan ko’rsatilayotgan e’tiborga bog’liqdir.

Mustaqil O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat o’zbek davlatchiligi, an’analari va milliy, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur hurmat qilishga asoslanadi; O’zbekiston halqining umumiy manfaatlarini ifodalovchi, birlashtiruvchi milliy g’oyasi mavjud; hizmat ko’rsatuvchi muassasalar tili — davlat tilidir va h.k.

«Milliy tarbiya, milliylashuv esa (quyidagi tasvir) rivojlanayotgan bola shahsiga ilk yoshlardanoq bevosita ta’sir qilish orqali samaradorlik, tabiiylik, ustuvorlik kasb etadi. Dastlab birinchi, keyinchalik ikkinchi signallar sistemasi mazmunini belgilovchi milliy muhit, milliy ruh, oila, mahalla, qishloq muhiti shahsga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi.

YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi hulosalarni bayon etish mumkin: milliylik-ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy rivoji natijasida yig’ilgan madaniy qadriyatlar sintezidir. Milliy tarbiya — ana shu madaniy-tadrijiy sintezga asoslangan holda yosh avlodni zamonaviy sharoitda kelajakka mos ravishda shakllantirish jarayonidir: shahsning milliyligi uning madaniy darajasidir; har bir milliy madaniyat-umuminsoniy qadriyatning muayyan ko’rinishidir. CHunki insoniyat — bu halqlar, millatlardir. Ana shu nuqtai nazardan milliy tarbiya — har bir insonni o’z milliy madaniyati manbaida, ya’ni muayyan umuminsoniy qadriyat asosida shakllantirish jarayonidir; har bir inson o’z hayoti davomida turli ijtimoiy rollarni o’taydi. Bu rollar mazmuni, ko’lami, namoyon bo’lish jabhalari ilk yoshlardan boshlab ko’payib, kengayib, murakkablashib boradi. Ana shunday tug’ma va ilk o’zlashtiriluvchi ijtimoiy rollardan biri — shahsning milliy rolidir (U. Gerhard); aslida dinlar, millatlar orasida ziddiyat uchun hech qanday asos yo’q. Jahonda dinlar va millatlar orasida bo’lib o’tgan ziddiyatlar ayrim ulamolar, siyosatchilarning o’z maqsadlariga erishmoq uchun din, millat nomidan ish ko’rishga chaqiriklari va insoniyatning ularga ergashib yo’l qo’ygan hatolaridir: halqlar, millatlar mavjud ekan, milliy tarbiya ja-rayoni bizning hohishimizdan tashqari ravishda, madaniy determinizm asosida davom etaveradi. SHuning uchun bu jarayonni davlatning manfaatlariga mos ravishda maqsadga yo’naltirilsa, milliy tarbiya ulkan yaratuvchan, taraqqiyparvar ma’rifiy kuchga aylanadi.


Download 41.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling