Milliy tarbiya ijtimoiy-tarihiy, qonuniy
Download 41.9 Kb.
|
Muhammadjon Quronovni Milliy tarbiya asarini o\'rganish
XIX asrga kelib G’arb ijtimoiy fanlarida boshqa halqlar milliy-madaniy hususiyatlarini tadqiq qiluvchi kulturantropologiya va sotsiologiya yo’nalishlari mahsus fanlarga aylandi. Bu fanlar «boshqa dunyo kishisi» muammosini o’rgana boshladi. Aslida esa bu — boshqacha tarbiya — milliy tarbiyaning tizim, uslublari, maqsadlaridagi hususiyliklarni ilmiy nuqtai nazardan o’rganish davri boshlanganligini anglatar edi.XIX asr uchun «boshqa dunyo kishisi»ni o’rganish taraqqiyparvar yangilik edi. Zero, kulturantropologiya «Boshqa mamlakat, millat kishisi qanaqa?», «U o’zini o’rab olgan dunyoni, borliqni qanday idrok qiladi?», «U yahshilik va yomonlikni qanday tushunadi?», «U o’z hatti-harakatlarida qanday mezonlarga asoslanib yo’l tutadi?» kabi savollarga javob izlar edi. Odamlarning dunyo haqidagi bilimlari ortib, yangi erlar ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari kengaya borgani sari ushbu muammoga qiziqish ham orta bordi. Ayniqsa, Ovrupoda kapitalistik jamiyatning shakllana borishi va shu bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ayniqsa, mustamlakachilik davri u yohud bu halqlarning milliy hususiyatlarini o’rganishga kuchli turtki berdi. CHunki mustamlakachi, milltsioner, plantatorlar o’z mustamlakalari — mahalliy halqlar haqida hech bo’lmasa ibtidoiy tasavvurga ega bo’lishlari o’zlari uchun foydali edi. Qolaversa, bu masala mustamlakachilikning kelajagi—mahalliy halqlarni «madaniy-oqartuv» orqali inglizlashtirish, frantsuzlashtirish, ya’ni madaniy-ma’naviy mustamlakalarga aylantirishning samaradorligini ta’minlash uchun ham kerak edi.O’zga halqlarning maishiy harakterini o’rganish faqat mo’may foyda orttirish maqsadi bilan cheklanib qolmadi. CHunki mustamlakachilar va mahalliy halqlar milliy qadriyatlari orasidagi mavjud tafovutni echish ilmiy muammoga aylanib ulgurgandi. Zero, ovrupoliklar boshqa millatlarni shahslar majmui emas, balki qandaydir aqlga zid afsonalar ta’sirida yashovchi individlar, deb id-rok qilar edi (N. Trubetskoy, N. Berdyaev). Masalan, osiyoliklar yoki afrikaliklar o’zlari uchun milliy, ovrupoliklar nazarida esa qandaydir «g’alati» ahloq-odob, urf-odat, an’analarga rioya qilar edilar. Ikkinchi tomondan, mahalliy halqlar uchun ovrupoliklarning hatti-harakatlari, odob-ahloqi, urf-odatlari huddi shunday g’alati ko’rinardi. SHu tariqa, yuqoridagidek o’zaro milliy-madaniy tushunmovchiliklar, ziddiyatlarni echish, bir-birini tushunish ehtiyojlari XIX asrda madaniy antropologiya asosida «noovrupo jamiyatda madaniyat va shahs», «etnopsihologiya» singari ilmiy yo’nalishlarni yuzaga keltirdi. Natijada, «fe’l-atvorning milliyliga» ilk bor ijtimoiy-siyosiy, keyinchalak esa pedagogik ilmiy tushunchalarga aylana bordi.Download 41.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling