Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Download 155.58 Kb.
|
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 1-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (6)
3. Mashg‘ulotning asosiy qismi.
Pedagogik maqsad: mashg‘ulotning asosiy g‘oyasini amalga oshirish. Tipik xatolar: bolalarning qisman yoki butunlay passivligida pedagogning faolligi. Metodlarning bir xilligi - faqat hikoya yoki suhbat. Ko‘rgazmalilikning yo‘qligi, foydalaniladigan tarbiya vositalarining juda ham kamligi. Ongni shakllantirish metodlarining xulq-atvorni shakllantirish metodlaridan ustunligi. Darsning o‘quv muhiti yaratilishi. Ibratlilik, o‘rgatish, nasixat go‘ylik qilish. Metodik tavsiyalar: agar bolalar maksimal ravishda faol bo‘lsalar, mashg‘ulotning rivojlantiruvchi, to‘g‘rilovchi, shakllantiruvchi, tarbiyalovchi, ta'lim beruvchi vazifalarini amalga oshirishda tarbiyaviy samara yuqori bo‘ladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotda bolalarni faollashtirishda darsdan farq qiladigan alohida emotsional muhitni yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, bolalardan qo‘llarini ko‘tarish, o‘rnilaridan turish talab etilmaydi. Intizomni saqlab turish uchun alohida qoidalar joriy qilinadi. Bir masala yuzasidan bir necha o‘quvchi o‘z fikrini bildirishi eng qulaydir. Pedagogning nutqida "to‘g‘ri", "balli", "ofarin" deb baholaydigan fikrlarning bo‘lmasligi, baholar o‘rniga xayrixohlik, his-hayajon, pedagogning his-tuyg‘ularini ifodalovchi, qoyil qolish bilan aytilgan "Ha", "Juda qiziqarli", "Yangi xabarning uchun rahmat", "Shundaymi?", "Buni qarang-a!" kabi iboralardan foydalanish iliq, xayrixohlik muhitining yaratilishiga yordam beradi. Agar pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil metodlaridan iloji boricha ko‘p foydalansa, vaziyatni, o‘yinni tarbiyalovchi mashqlar, o‘rgatish, topshiriqlar berish, mashg‘ulotga turli xil faoliyat turlari: mehnat ijodiy ishlar, sport elementlari va hokazolarni kiritsa, samaradorligi shuncha oshib boradi. Pedagog turli faoliyat turlarini tashkil etishda bolalar komandalarga birlashtirar ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muomalada bo‘ladigan qilib joylashtirishi, vazifalarni esa har bir ishtirokchi o‘zi uchun alohida emas, balki o‘zini jamoaning bir qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi kerak. Topshiriqni bajarish uchun vaqt berishda komandaga uni bajarishni muhokama qilishiga bir necha daqiqa vaqt ajratish va komanda vakilidan tayyorligini so‘rash lozim. Shunday qilingan taqdirdagina bolalarda faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va hamkorlik uchun sabab (motiv)lar paydo bo‘ladi. Ongni shakllantarish metodlari bolalarda e'tiqodning, amaliy etik (axloqiy) tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi kerak. Bu maqsadlarda hikoya metodini o‘quvchining axboroti, ma'ruzasi tarzida o‘zgartirish, tez-tez munozaradan foydalanish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ommaviy shakllarida bolalarni munozara qoidalariga o‘rgatish lozim: shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar, ammo uni turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni aniqlash, keyin esa qarashlardagi farqni oydinlashtirish va bunga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak; b) munozaraning maqsadi - tomonlardan birining haqligini aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir; haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas, balki faktlar yordamida qidirish zarur; d) so‘zlovchini avval hurmat bilan tinglash, keyin esa o‘z nuqtai nazarini bildirish lozim. Download 155.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling