Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Download 155.58 Kb.
|
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 1-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
4. Mashg‘ulotning yakuniy qismi.
Pedagogik maqsad: bolalarni egallagan tajribalarini o‘zlarining maktabdan tashqi hayotlarida amalda qo‘llashga moyil qilish (xohish uyg‘otish) va mashg‘ulot qanchalik muvaffaq bo‘lganligini aniqlash. Shunday qilib, yakunlovchi qism pedagogning bolaga boshqa muhitda tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatishiga imkon beradi. Tipik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki "Yoqdimi?", "Yangi nimalarni bilib oldingiz?" kabi ikki savoldan iborat bo‘lib qoladi. Tavsiyalar: dastlabki natijalarni aniqlash uchun krossvord, kichik viktorina, berilgan savolga uzoq o‘ylamay tez javob qaytarish, o‘yin vaziyatlari kabi bolalarni qiziqtiradigan test xarakteridagi nazorat topshiriqlari. Bolalarning egallash tajribalarini shaxsiy hayotlarida qo‘llashga doir turlicha tavsiyalar berish. Bu mazkur muammoga doir kitoblarni ko‘rsatish, bolalarning mashg‘ulotda egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni muhokama qilish bo‘lishi mumkin. Hosil qilingan tajribani qo‘llashga doir bolalarga maslahatlar: ular o‘z yaqinlariga nimalarni gapirib berishlari, mazkur mavzu yuzasidan nimalar haqida so‘rashi mumkin; qayerga borish, u yerda nimalarga e'tibor berish, qanday o‘yinlar o‘ynash, mustaqil ravishda nimalar qilish va hokazo. Yakunlovchi qismda mashg‘ulot mavzusini kelgusida yana yoritib borish zarurati bormi, bor bo‘lsa buni qanday yo‘l bilan amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismidan pedagog bundan keyingi sinf mashg‘ulotlarini o‘tkazishda bolalar tashabbusini rivojlantirish uchun ham foydalanishi mumkin. Sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg‘ulotlarni olib borishda tashkil etish va o‘tkazishda ota-onalar bevosita ishtirok etsalar, bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish yanada samarali bo‘ladi. NAZORAT SAVOLLARI: 1.Tarbiyaviy ish metodikasi fani nimani o‘rganadi? 2.Tarbiyaviy ish metodikasi fanining asosiy maqsadi va vazifalari. 3.Tarbiyaviy ish metodikasining maqsadlarini amalga oshirish tamoyillari. 4.Ta'lim – tarbiya birligi deganda nimani tushunasiz? 5.Tarbiyaviy ish metodikasining predmetini tariflab bering? 6.Tarbiyaviy ish metodikasining tadqiqot obekti. 7.Tarbiyaviy ish metodikasisining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi. 8.Ta'lim-tarbiyani demokratlashtirish deganda nimani tushunasiz? 9.Milliy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? 10.Ijtimoiyilashuv (Sotsializatsiyalash) bu nima, unga izoh bering? 11.Milliy tarbiya nima va nimasi bilan farq qiladi? 12.Buyuk allomalardan kimlarni bilasiz? 13.Qadriyatlarning qanday turlari bor? 14.Xalqimizga xos bo‘lgan mehmondo‘stlik, birodarlik, do‘stlik, sadoqat, halimlik xislatlarini qanday baholaysiz? 15.Umuminsoniy manfaatlarga milliy tiklanish g‘oyasining uyg‘unlashuvi nimalarga olib keladi? 16.Umuminsoniy qadriyatlarning qanday tamoyillari mavjud? 17.O‘zbekistonda tarbiyaning ma'no-mazmuni nimadan iborat? 18.Ta'lim-tarbiyani samaradorligini oshirishda O‘zbekistonda bo‘layotgan isohatlar nimadan iborat? 19.Tarbiyaning qanday metodlarini bilasiz? 20.”Metod” so‘zining lug‘aviy ma'nosi nima? 21. Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish, mashq orqali odatlantirish) metodlarga izoh bering? 22. Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish) metodiga izoh bering?. 23.Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar) nima? 24. Tarbiyaviy ishlarda qo‘llanadigan texnologiyalarni izohlang? 25. Innovatsion texnologiyalar nima va ularga izoh bering? 26. Sinfdan tashqiri ishlarning qanday ommaviy shakllarini bilasiz? 27. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning har biri qanday qismlardan iborat? 28. Sinf tarbiyaviy mashg‘ulotlari qancha davom etishi mumkin? 29. Tarbiyaviy mashg‘ulotlar qanday qismlarga bo‘linadi? 30. Ommaviy munozaralarning qanday qoidalari mavjud? Download 155.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling