Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Download 155.58 Kb.
bet34/39
Sana16.06.2023
Hajmi155.58 Kb.
#1505653
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 1-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (6)

Birinchi guruh - frontal shakllar. Bolalarning faoliyati «yonimda», «yonida» prinsipi bo‘yicha tashkil etiladi, ya'ni ular bir-birlari bilan o‘zaro ta'sirda bo‘lmaydilar, har bir bola aynan bir xil ishni mustaqil ravishda bajaradilar. Pedagog har bir bolaga bir yo‘lla ta'sir ko‘rsatadi. Cheklangan bolalar bilangina teskari sinov o‘rnatiladi. Sinovning hammasi bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy mashg‘ulotlarniig ko‘pchiligi "yonida" prinsipi bo‘yia tashkil etilgan.
Ikkinchi guruhi - bolalarning sinfdan tashqari faoliyatini tashkil etish shakllarining bu turi "birga", "birgalikda" prinsipi bilan xarakterlanadi. Umumiy maqsadga erishish uchun har bir ishtirokchi o‘z rolini bajaradi va umumiy natijaga o‘z hissasini qo‘shadi. Hammaning xatti-harakatlari muvaffaqiyati har bir ishtirokchining harakatiga bog‘liq. Ishni bunda tashkil etilishi jarayonida bolalar bir-birlari bilan yaqin hamkorlikda ish ko‘rishga majbur bo‘ladilar. Bunday faoliyat kollektiv faoliyatnomini olgan, tarbiyaviy ish esa - kollektiv tarbiyaviy ishlar deb nomlanadi.
Pedagog har bir bolaga alohida ta'sir ko‘rsatmaydi, balki bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga ta'sir etadi, bu esa pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi teskari aloqaning yaxshilanishiga yordam beradi. Bolalarning juft-juft, kichik guruhlarda, sinfdagi faoliyati «birgalikda» prinsipi bo‘yicha tashkil etilishi mumkin.
Har bir yo‘nalishning o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor. Birinchi guruh pedagog uchun tashkil etishda oddiyligi bilan farq qiladi, lekin kollektiv o‘zaro ta'sir malakalarini kamroq shakllantiradi. Ikkinchi guruh bolalarda hamkorlik, bir-biriga yordam berish, mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish malakalarini rivojlantirish uchun tengi yo‘q. Biroq kichik yoshdagi o‘quvchilaraing yosh xususiyatlariga ko‘ra (ular boshqa kishida teng huquqi insonni ko‘rolmaydilar, kelishib olishni, birga bo‘lishni bilmaydilar) kollektiv shakllarni tashkil etish pedagogdan ko‘p vaqt va muayyan tashkilotchilik malakalarini talab etadi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg‘ulotga tayyorlanish. Faraz qilaylik, algorit qoidalariga muvofiq bolalar kollektivini o‘rganish bosqichi hali tugallanmagan bo‘lsada, pedagog mashg‘ulotning mana shu shaklini tanlash maqsadga muvofiqdir. Birinchi navbatda mashg‘ulotning mazmuni belgilanadi, unga muvofiq mazkur sinf uchun aktual bo‘lgan mashg‘ulot mavzusi tanlanadi va mashg‘ulot g‘oyasi ifodalanadi.
Pedagog o‘zidan fikran shunday deb so‘rashi kerak: "Mazkur mavzuni ochib borish orqali bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish natijasida nimaga ega bo‘lishni istayman? "Sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg‘ulotning mazmuni rivojlantirish, to‘g‘rilash, shakllantirish vazifalarini aks ettirishi kerak.
Ta'lim berish vazifasi umumiy vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda "Belgilangan mavzu haqidagi ma'lmotlarni bayon qilish" tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi va vazifalardan biri bo‘lishi mumkin. Pedagog sinfdan tashqari mashg‘ulotning maqsadi hamda vazifalarini qanchalik aniq ifodalasa, uning istalgan natijalar haqidagi tassavuri ham aniq bo‘ladi. Faqat shundan keyingina mashg‘ulotning mazmunini, metodlarni, vositalarni tanlashga kirishish mumkin. Mashg‘ulotning mavzusi, mazmuniga alohida ahamiyat berib, uning maqsadini ifodalashga normal yondashadigan yoki uni umuman e'tibordan chetda qoldiradigan pedagoglar noto‘g‘ri ish yuritadilar. Bunday holda tarbiyaviy ishning maqsadga yo‘naltirilganligi va tizimliligi yo‘qoladi.
Mashg‘ulot modelini tayyorlash natijalari umumsinf tarbiyaviy mashg‘uloti konspektida aks ettiriladi. U quyidagi tuzilishda bo‘ladi:
1) Mashg‘ulotning nomi; 2) Maqsadi, vazifalari; 3) Jihozlanishi; 4) O‘tkazish shakli; 5) Borishi.
Mashg‘ulotning nomida sinfdan tashqari mashg‘ulotning mavzusi aks ettiriladi. U faqat aks etib qolmay, shakl bo‘yicha lo‘nda qilib ifodalangan, jozibali bo‘lishi lozim.
Vazifalar juda aniq bo‘lib, mazkur mazmunni aks ettirishi kerak. Ular universal xarakterda bo‘lmasligi lozim. Masalan, "Jonajon shahriga muhabbat uyg‘otish" vazifasi o‘rniga "Shahar tarixiga qiziqishni oshirish", "Bolalarda shahar yubileyiga tayyorgarlik ishlariga o‘z hissasini qo‘shish istagini o‘yg‘otish", "Bolalarda shaharning o‘tmishdagi mashhur kishilariga nisbatan hurmat hissi shakllanishiga yordam berish" kabi vazifalarni qo‘yish yaxshi bo‘ladi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotaing jihozlanishiga turli vositalar: qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, videofilmlar, adabiyotlar va boshqalar kiradi. Adabiy manbaning nominigina emas, balki uning muallifi, nashr etilgan joyi va yili ko‘rsatilishi kerak.
Sinf mashg‘ulotlari ekskursiya, viktorina, konkrus, spektakl va hokazo shaklda o‘tkazilishi mumkin. Bunday holda mashg‘ulot rejasida uni o‘tkazish shakli "Matematik viktorina", "Fantaziyachilar konkursi", "Hayvonot bog‘iga ekskursiya" kabi nomlar bilan birlashtiriladi.
Agar sinf mashg‘uloti o‘zida bironta o‘tkazish shakllarini birlashtirsa, unda bolalarni joylashtirish usuli ko‘rsatiladi: aylana, komandalar va hokazo. Mashg‘ulotning borishida uning mazmuni, tarbiya metodlari tavsif etiladi va pedagogning mashg‘ulotni birinchi shaxs nomidan batafsil, izchillik bilan bayon qilinishdan iborat bo‘lishi mumkin yoki (pedagogning shaxsiga qarab) asosiy mazmuni kartochkalarda ifodalangan tezisli plandan tashkil topishi mumkin.
Mashg‘ulotning borishini modellashtirishda uning davomiyligi va strukturasini hisobga olish zarur. Sinf tarbiyaviy mashg‘uloti olti yoshlilar uchun 15-20 daqiqadan o‘n -o‘n bir yoshlilar uchun 1-2 soatgacha davom etishi mumkin.
Mazmuni va metodlari bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan sinf mashg‘ulotlarini samarali o‘tkazish maqsadida uning asosiy to‘rt bosqichdan iborat bo‘lishiga amal qilish ma'qul.

Download 155.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling