Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Download 155.58 Kb.
|
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 1-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (6)
1-Tashkiliy qism
Pedagogik maqsad: bolalarni o‘quv faoliyatidan faoliyatning boshqa turiga ko‘chirish, ana shu faoliyat turiga qiziqish, ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otish. Tipik xatolar: darsning boshlanishini aynan takrorlash, uning vaqt jihatidan uzoq davom etishi. Tavsiyalar: tashkiliy momentda kutilmagan holatni yuzaga keltirish, ya'ni topishmoqlar, muammoli masalalar, o‘yin momenti, tovush yozuvlari va hokazolardan foydalanish; bolalarni uyushtirish shakllarini o‘zgartirish; bolalarni boshqa xonaga, binoga (biologiya, fizika, musiqa sinflariga, kutubxonaga, maktab muzeyiga) o‘tkazish yoki ularni sinfdagi o‘lchamga qarab, aylana shaklda joylashtirish bolalarning darsdan tashqari faoliyati samarali ko‘chishiga yordam beradi. Bu bo‘lajak mashg‘ulotga qiziqish, ijobiy his - tuyg‘ular uyg‘otadi. 2-qism. Pedagogik maqsad: bolalarni faollashtirish, ularni tarbiyaviy ta'sirga moyil qilish. Pedagog o‘zining pedagogik prognozi haqiqatda bolalarning imkoniyatlari, shaxsiy sifatlari, mazkur mavzu yuzasidan xabardorlik darajasi, emotsional kayfiyati, faollik, qiziqish darajasi bilan qanchalik mos bo‘lishini aniqlaydi. Bu bosqichda pedagogdan bolalarni qiziqtirishgina emas, balki mashg‘ulotning borishi davomida unga qanday tuzatishlar kiritishi kerakligi va tuzatishlar qanday xarakterda bo‘lishini aniqlash talab etiladi. Masalan, pedagog o‘zi ma'lum qiladigan narsalarning yangiligiga umid bog‘lab, hikoyani rejalashtirgan edi, ammo kirish suhbati bolalarning bu muammoni bilishini ko‘rsatdi. Bunday holda pedagog hikoyani suhbat yoki o‘yin vaziyati bilan almashtirishi zarur. Shunday qilib, kirish qismining maqsadi bolaning shaxsiy tajribasidan mashg‘ulot mavzusiga mos bo‘lgan materiallarni ko‘proq tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tipik xato: pedagogning kutilmaganda bolalarning ta'sirlanishidan (bolalar pedagog kutayotgan narsani aytmasligi yoki qilmasligi mumkin) qo‘rqqani tufayli bu bosqichni inkor etishi. Pedagog mashg‘ulotning kirish qismini bolalarning faolligiga emas, balki shaxsiy faollik asosiga quradi, teskari aloqani mensimay, bolalarga passiv tinglovchilar rolini beradi. U bolalarning emotsional kayfiyatini e'tiborga olmaydi. Tavsiyalar: kirish qismi mashg‘ulotning mazmuniga qarab bilish xarakteridagi kirish suhbatidan, estetik va axloqiy mashg‘ulotlar yoki aqlni "charxlab olish" topshiriqlaridan (viktorina, konkurs va h.k.) iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar komandalarga bo‘linganda ularning xatti-harakatlarini raqobat asosiga emas, balki hamkorlik asosiga qurish lozim. Buning uchun quyidagi usul samaralidir: komandalarga to‘g‘ri javoblar uchun ochkolar o‘rniga qirqib ajratilgan rasmning bo‘lakchalari tarqatiladi. Mashg‘ulotning yakuniy qismida bu bo‘laklardan umumiy rasm yig‘iladi hamda ballar miqdori emas, balki umumiy natija muhimligi ayon bo‘lib qoladi. Mashg‘ulotning kirish qismida bolalarni faollashtirishning turli-tuman metodlari hamda vositalaridan: muammoli suhbat, rebus, krassvord, topqirlik va chaqqonlikka doir topshiriqlar va hokazolardan foydalanish mumkin. Download 155.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling