Milliy ti va adabiy til. Dunyo tillarining geneologik va morfologik tasnifi


Download 364.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana29.03.2023
Hajmi364.43 Kb.
#1308783
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy

13-mashq.Buyuklarning quyidagi fikrlarini diqqat bilan oʻqing va mazmunini oʻz 
soʻzlaringiz bilan tushuntiring. 
1.Bizlar bir oʻtkinchi, jahon barqaror,/ Odamdan faqat soʻz qolur 
yodgor.(Firdavsiy) 2.Kimki qisqa soʻz deydi, koʻp ma'no,/ Ravonlik bobida ul 
kishi a'lo.(Firdavsiy) 3.Soʻzdir inson aqlin dalili,/ Siri ochilur, soʻzlagach 
tili.(Nosir Xisrav) 4.Nodonlardek yuzlab soʻzni qilma qator,/ Donolardek bir soʻz 
degil lek ma'nodor.(Sa'diy Sheroziy) 5.Koʻp soʻz aytib boʻldim pushaymon,/ 
Aytmagan soʻzimdan doimo shodon.(Rudakiy) 6.Soʻzidakim bilim boʻlmasa 
andak,/ Indamay oʻltirish eng yaxshi bezak.(Firdavsiy) 7.Oldin bilib olib, keyin 
soʻzlagil,/ Zarni topib, soʻngra xarjin oʻylagil.(Ganjaviy) 8.Har soʻzning oʻz joyi 
bor,/ Har nuqtaning makoni! (Sheroziy) 
14-mashq.Gaplarni oʻqing.Eskirgan soʻz va shakllarni ajrating, ularni hozirgi ifoda 
shakllari bilan solishtiring.Tinish belgilarining qoʻllanilishini tushuntiring. 
1.Odamlar bor: boʻrini ham oʻrgatar qoʻtga, Odamlar bor: bir oʻgʻlini sololmas 
yoʻlga.(S.Akb.) 2.Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin koʻrmadim.(N.) 
3.Qayerda navbahor yomgʻiri quysa, xushboʻy oʻt-oʻlanlarga qoplanadi yer.(H.R.) 


4.Muloyimlikning birinchi alomati shuki, birov achchiq soʻz aytsa, shirin soʻz 
bilan javob qaytarish lozim.5.Aydi: “Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?” 
Men dedim: “Gʻurbatda, Furqat, bor ekan taqdirda”.(F.) 6.Bir kun aytibdurki 
Navoiy bobo, Doim oʻzga boʻlur surat ila ruh.(A.O.) 7.Sen qachon deding: “Fido 
qilgʻil"-Fido boʻldim senga.(N.) 8.Ish erur ulkim, oʻzi oni qilur, Hikmat ulkim, 
ham oni oʻzi bilur.(N.) 
15-mashq.Oʻqing.Shevaga xos soʻz va shakllarni ajrating, ularni adabiy tildagi 
sinonimlari bilan solishtiring. 
1.Ha, kelinposhsho, yombi topdingizmi, deyman.Ogʻziz qulogʻizda.(R.F.) 
2.Oradan bir hafta oʻtgach, u Shahrisabzga, adasi ishlagan shaharga 
joʻnadi.(Mirm.) 3.Atta ishladi-uch ming, batta ishladi bir yarim ming qarz 
boʻldi.(S.Ahm.) 4.Eshitdig-u, moroо boʻlsinga kelaverdik.(R.F.) 5.Beriroqdagi 
oʻrinda dovuchcha terib yeb oʻtirgan bola unga taqlid qildi.(M.Mansurov) 
6.Bunaqa jiyda faqat doyingning bogʻiga bor edi. 

Download 364.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling