Milliy ti va adabiy til. Dunyo tillarining geneologik va morfologik tasnifi


-mashq.Gaplarni koʻchiring.Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va


Download 364.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana29.03.2023
Hajmi364.43 Kb.
#1308783
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy

6-mashq.Gaplarni koʻchiring.Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va 
uning ahamiyati haqida bahs uyushtiring. 
Tilimiz boy.Har qanday ma'no ifodasiga bir necha soʻz topishadi.Faqat bu soʻzlarni 
topish va dadil devon tiliga kiritish kerak... 
Til haqidagi qonun bizga nima uchun kerak? Gʻumrimizni namoyish qilish 
uchunmi? Izzat-nafsimizni qondirishimiz uchunmi? 
Yoʻq! Bizga til haqidagi qonun oʻzligimizni saqlab qolish uchun, tilimizni yoʻqotib 
qoʻymaslik uchun, oʻzbek degan xalqning yoʻq boʻlib ketmasligi uchun 
kerak.(E.Vohidov)
7-mashq.Gaplarni oʻqing, tilning inson hayotida tutgan oʻrni haqida 
suhbatlashing. 
1.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror 
jozibasi bilan singadi.Ona tili-bu millatning ruhidir.Oʻz tilini yoʻqotgan har qanday 
millat oʻzligidan judo boʻlishi muqarrar.(I.Karimov).2.Koʻngil maxzanining qulfi 
til va ul maxzanning kalitin soʻz bil.(Alisher Navoiy).3.Har bir millatning dunyoda 
borligʻini koʻrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur.Milliy tilni yoʻqotmak 
millatning ruhini yoʻqotmakdur.(Abdulla Avloniy).4.Oʻz Vataningga boʻlgan 
muhabbatingni 
oʻz 
tilingga 
muhabbatingsiz 
tasavvur 
qilib 
boʻlmaydi.(K.Paustovskiy).5.Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida 
Amir Temur oʻta biluvchan edi.Koʻp oʻqigan, Osiyoning eng unumli uch (turkiy, 
arabiy, forsiy) tilini juda mukammal bilgan hukmdor edi.(Alfons de Lamartin) 
8-mashq.Matnni koʻchiring, soʻzning qudrati haqida fikrlashing
Soʻz benihoya qudratli narsa.Uni oʻz oʻrnida ishlata bilish uchun farosat, malaka 
va ziyraklik zarur.«Qobusnoma»da shunday bir hikoyat bon Xalifa Xorun ar-
Rashid tush koʻradi.Tushida barcha tishlari toʻkilib ketgan emish.Xalifa tushni 
ta'bir qiluvchidan tushining ma'nosini soʻraydi.U shunday deydi: «Sendan oldin 
barcha yaqinlaring, qarindosh-urugʻlaring oʻladi.Sendan boshqa hech kirn 


qolmaydi».Bu soʻzni eshitgan Xorun ar-Rashid: «Sen mening yuzimga bunday 
qaygʻuli soʻzni aytding.Mening barcha qarindosh-urugʻlarim oʻlsa, soʻngra men 
qanday ishga yarayman-u qanday yashayman?»-dedi dargʻazab boʻlib va unga yuz 
darra urishni buyuradi.Keyin boshqa bir ta'birchini chaqirib, undan tushining 
ma'nosini soʻraydi.U bunday deydi: «Sening umring barcha qarindoshlaring 
umridan uzun boʻladi».Shunda Xorun ar-Rashid: «Barcha aqlning yoʻli birdir va 
ikkala ta'birning negizi bir yerga boradi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida 
farq bagʻoyat koʻpdir»,-deydi va unga yuz tillo berishni buyuradi. 

Download 364.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling