Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”


Aholi bandligini ta'minlash, har bir oilada tadbirkorlik muhitini yaratish


Download 0.71 Mb.
bet2/3
Sana24.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1226819
1   2   3
Bog'liq
MILLIY TIKLANISHDAN

Aholi bandligini ta'minlash, har bir oilada tadbirkorlik muhitini yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 

Keyingi ikki yilda mamlakatimiz bo‘yicha 700 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ish bilan ta'minlangani, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga 25 trillion so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgani ana shunday sa'y-harakatlar natijasidir. 

Biz mamlakatimizda qanday dastur va rejalar qabul qilsak, ularning barchasida umidimiz, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimiz manfaatlarini alohida hisobga olmoqdamiz. 

Bu haqda so‘z yuritganda, mamlakatimizda yangi oliy o‘quv yurtlari, xorijdagi nufuzli universitetlarning filiallari tashkil etilayotgani, qabul kvotalari oshirilgani, ko‘pgina yo‘nalishlar bo‘yicha sirtqi bo‘limlar ochilganini alohida qayd etish lozim. 

Ayni vaqtda buyuk allomalarimiz nomidagi maxsus maktablar, hududlarimizda atoqli adiblarimiz nomidagi ijod maktablari ish boshlagani, yoshlarimiz o‘rtasida turli tanlov va festivallar, sport musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinayotgani ularning ilmiy va ijodiy kamolotida katta rol o‘ynamoqda. 

Jamiyatimizda “Qonun va adolat – ustuvor”, “Jinoyatga jazo muqarrar” degan muhim prinsiplarni ta'minlash, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, advokatura tizimi faoliyatini takomillashtirish, ularni tom ma'noda inson huquq va manfaatlari himoyachisiga aylantirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar qilinmoqda. 

Ana shunday o‘zgarishlar tufayli biz yillar davomida deyarli unutib qo‘ygan tartib-intizom, qonun-qoida, odamlarning haqli talablari bilan hisoblashish kabi eng muhim tamoyillar hayotimizda tobora chuqur o‘rin egallamoqda. 

Xalqimizga xos kechirimli, rahm-shafqatli bo‘lish, bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlari asosida jamiyatimizda sog‘lom ijtimoiy muhit mustahkamlanib bormoqda. 

Bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolgan, o‘z qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lgan fuqarolarni kechirish, ularni oilasi bag‘riga, foydali mehnatga qaytarishga qaratilgan tadbirlar haqida sizlar yaxshi xabardorsiz. 

Kuni kecha qabul qilingan Prezident farmoniga binoan qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan 261 nafar shaxs Mustaqillik bayrami munosabati bilan afv etilgani shu ezgu ishlarimizning davomi bo‘ldi. 

Tasavvur qiling, 261 inson taqdiridagi bunday o‘zgarish – bu avvalo ularning oilasi, farzandlari, ota-onalari, yaqinlari hayotiga nur olib kirdi, quvonch olib kirdi, deganidir. 

Bugun bir fikrni to‘la ishonch bilan aytish mumkin: butun jamiyatimizni qamrab olayotgan ana shunday ezgu ishlarimiz tufayli hayotimizda fayzu baraka, millatlararo do‘stlik va mehr-oqibat tuyg‘ulari kuchayib bormoqda. 

Eng muhimi, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish yo‘lida olib borayotgan ichki va tashqi siyosatimiz el-yurtimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. 

Xalqimizning roziligi – bizning, birinchi navbatda, Prezident sifatida mening, barcha bo‘g‘indagi rahbar va mutasaddilar, deputat va senatorlar, butun davlat idoralarining faoliyatiga berilgan eng oliy va eng adolatli bahodir. 



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling