Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”


Agar xalqimiz bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham albatta rozi bo‘ladi


Download 0.71 Mb.
bet3/3
Sana24.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1226819
1   2   3
Bog'liq
MILLIY TIKLANISHDAN

Agar xalqimiz bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham albatta rozi bo‘ladi. 

Bu haqiqatni hech kim hech qachon unutmasligi zarur. 

Bugun milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichiga qadam qo‘yar ekanmiz, biz yutuqlarimiz bilan birga xato va kamchiliklarimizni ham chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish haqida o‘ylashimiz tabiiydir. Chunki bu ishlarni o‘zimiz qilmasak, hech kim chetdan kelib muammolarimizni hal qilib bermaydi. 

Bu haqda so‘z borganda, yurtimizda xalq bilan muloqotning mutlaqo yangi va samarali tizimi joriy qilinganini aytish o‘rinli, deb o‘ylayman. Bugungi kunda xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qila boshlagani uchun ham odamlarning fikri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda, el-yurtimiz o‘z kuchi va imkoniyatlariga, ertangi kunga ishonch bilan qaramoqda. 

Shuning uchun bir haqiqatni ta'kidlab aytmoqchiman: xalq bilan bevosita muloqot olib borish, uning dardu tashvishlari bilan yashash, el-yurtimizni rozi qilish – bu vaqtinchalik kampaniya emas. Bu – xalqimizning farovon hayotini, yurtimiz ravnaqini ta'minlashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyadir. 

Bugungi tahlikali zamonda bebaho boyligimiz bo‘lgan tinch-osoyishta, erkin va obod hayotni har tomonlama asrab-avaylash va mustahkamlash eng asosiy vazifamiz bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirishga bundan buyon ham alohida e'tibor qaratamiz. 

Biz dunyo miqyosidagi keskin va beshafqat raqobatga bardosh berish uchun iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, jahon bozoridan munosib o‘rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada oshirishga erishmog‘imiz zarur. 

Tadbirkorlik faoliyati erkinligini, xususiy mulk daxlsizligini yanada kengroq ta'minlash – oldimizda turgan muhim vazifadir. 

Bu borada yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan birga, turizm, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarini, hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratamiz. 

Ayniqsa, aholi salomatligini mustahkamlash, xalqimiz hayotini yanada yaxshilash, kam ta'minlangan qatlamlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish doimiy e'tiborimiz markazida bo‘ladi. 

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida biz “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturini qabul qildik. Ushbu dastur ijrosi uchun shu yilning o‘zida 786 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Buning natijasida, jumladan, 100 mingdan ortiq yoshlarimizning bandligi ta'minlanadi. 



Yosh oilalarni zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash, yoshlarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha belgilangan katta ishlar izchil davom ettiriladi. 

MUSTAQIL ISH
MAVZU: MILLIY TIKLANISHDAN –
MILLIY YUKSALISH SARI


Bajardi: Turg’unov Sh.B
Tekshirdi: Tosheva G.Sh
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling