O‘zbekistonning milliy turizm brendi
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi shiori - milliy turizm brendi sifatida. Milliy turistik brendni namoyish qilishda davlat organlarining vakolatlari. O‘zbekistonning Milliy turistik brendidan tovar, ish va xizmatlarni targ‘ib qilish tartibi va yo‘nalishlari.
Xalqaro bozorda milliy turizm mahsuloti va brendini reklama qilish
Xalqaro bozorga milliy turizm mahsulotini tayyorlash va yo‘naltirish. Mahsulotni jahon standartlariga moslashtirish. O‘zbekistonning hozirgi milliy turizm mahsuloti xalqaro bozorda yagona “Buyuk ipak yuli” nomi bilan taklif qilinishi.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy ro‘yxati
“Milliy turizm mahsulotlari va brendlari” fanining maqsadi va vazifalari
Milliy turizm mahsulotini shakllantirish jarayoni
Milliy turizm mahsulotining harakati va realizatsiyasi
Milliy turizm mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif
Milliy turizm mahsulotini yaratishda standartlashtirish va sertifiqatlash
Milliy turizm mahsulotiga narx belgilash
Milliy turizm mahsulotining qiymati va sotilishini tahlil qilish
Milliy turizm mahsulotining hududiy rivojlanishi
Milliy turizm mahsuloti samaradorligi
Milliy turizm sohasida brend yaratish
O‘zbekistonning milliy turizm brendi
Xalqaro bozorda milliy turizm mahsuloti va brendini reklama qilish
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Fan bo‘yicha laborotoriya ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Fan bo‘yicha kurs ishi namunaviy o‘quv rejasida rejalashtirilmagan.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
“Milliy turizm mahsulotlari va brendlari” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etiladi.
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
komp’yuter texnologiyalari tizimlari bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha referat va konspektlar tayyorlash;
o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotlar, monografiya va ilmiy to‘plamlarni chuqur o‘rganish;
interaktiv va muammoli o‘qitish jarayonida faol qatnashish;
masofaviy (distansion) ta’limni tashkil etishda qatnashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |