Milliy turizm mahsulotlari va brendlari
Download 418.19 Kb.
|
Majua
Shartnoma rejasi. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik va shartnomalar tuzish.
Yangi joylarga turlar tashkil qilish qarorini qabul qilishdan oldin turistik firmalar marketing izlanishlarini olib borishlari lozim. Mijozlar ehtiyojlari, qiziqishlarini, talab tendensiyasini aniqlash zarur. Bu iste’molchi talablarini nisbatan to‘liqroq qondiradigan turpaketni shakllantirishga yordam beradi. Bu izlanishlar yana turlarni to‘g‘ri rejalashtirishni to‘g‘ri olib borish va xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnoma kompaniyalarini olib borishga yordam beradi. Xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar bilan munosabatlar shartnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Har bir faoliyat yilida shartnoma kompaniyalari o‘tkazilib, unda shartnomalar imzolanadi. Shartnoma kompaniyasi oldidan quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oluvchi shartnoma rejasi tuziladi: • hamkor nomi; • shartnomaning asosiy predmeti; • shartnomaning amal qilish muddati; • shartnomalarni tuzish muddatlari; • alohida maiumotlar. Hamkorlar bilan muzokaralarga batafsil tayyorgarlik ko‘rish kerak. Quyidagilarni tahlil qilishimiz lozim: 1. Muzokara sharoitlari - hamkordan sizga aynan nima kerak? Qanday hajmda? Qaysi davrga? Hamkordan siz qo‘shimcha ravishda nimani xohlaysiz? Undagi, bozordagi mahsulot va xizmatlar narxi darajasi qanday? Talablar ajratiladimi yoki yo‘q? Masalan, avvaldan buyurtma qilingan yoki tasdiqlangan mavjud grafik bo‘yicha yil davomida, har hafta, muntazam ravishda 4 kunga keladigan turistlar guruhini (30 kishi) joylashtirish lozim. Joylashtirish, transport, sport va ko‘ngil ochish xizmatlari zarur bo‘ladi. Narx o‘rtacha bozor narxidan ulgurji sotib olishga beriladigan 10% chegirma olib tashlanganiga teng bo‘lishi kerak. Turistik klass uchun xizmat ko‘rsatish va joylashtirish darajasi ajratilmaydi. Turistlar guruhi tarkibi o‘rta sinf kategoriyasi turistlari. 2. Mumkin bo‘lgan qarorlarni amalga oshirish yo‘llari - Kim nimani va qaysi muddatlarda bajarayotganini aniq bilish zarur. Qanday qilib qaror qilishning bir bosqichi boshqasiga o‘tadi? Shartnoma tuzish vositalari qanday tayyorgarlik bosqichida turibdi? Shartnoma loyihasi va turistlarning kelish grafiklarini kim tayyorlaydi? Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha masalalar qanday kelishiladi? Ularni shartnomaga darhol qo‘shish kerakmi yoki yo‘qmi? Shartlar shartnoma matniga qo‘shiladi, muzokaralar davomida esa ular yo qoldiriladi yoki olib tashlanadi. 3. Muzokaralar bo‘yicha sizning hamkoringiz «Portreti» - hamkor maqsadlari sizning maqsadlaringizdan qanchalik farq qiladi? Hamkor strategiyasi qanday parametrlarga (muddatlar, xizmat ko‘rsatish darajasi, xizmatlar to‘plami) asoslanadi? Turoperatorlar o‘rtasidagi shartnomalar. Mehmonxonalar, avialiniyalar va boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar jarayonida boriladigan joy, guruhlardagi turistlar soni va ularning kelish sanalari belgilanganidan keyin shartnoma va bitimlarni imzolash bosqichi keladi. Turizmda shartnomaviy o‘zaro munosabatlar xalqaro va milliy foqarolik huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarning asosiy mazmuni uslubiy shartnoma mazmuniga o‘xshashdir: shartnoma predmeti, asosiy shartlar, xizmatlar yetkazib beruvchilarning huquq va majburiyatlari, turoperatorning huquq va majburiyatlari, tomonlar javobgarliklari, fors-major holatlari, hamkorlarning huquqiy manzillari va rekvizitlari. Mehmonxona xo‘jaligi va ovqatlantirish tashkilotlar bilan shartnoma tuzish. Xalqaro mehmonxona xizmatlari bilan turoperatorlar va turagentlar o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan bitim va hujjatlar bizga ma’lum va keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ulardan bittasi - 1970 yilda Xalqaro mehmonxonalar uyushmasi va Turistik agentliklar uyushmalarining Butunjahon Federatsiyasi rahbarligida ishlab chiqilgan mehmonxona konvensiyasidir. Konvensiya shartnoma tuzadigan tomonlar majburiyatlarini, uning amal qilish sohalarini, mehmonxona shartnomalari turlarini, ularni tuzishning alohida va umumiy qoidalarini, komissionlar darajasi va to‘lovlar tartibini, shuningdek, shartnomalarni bekor qilish shartlarini aniqlaydi. 1979 yil Mehmonxona konvensiyasiga qator o‘zgarishlar kiritildi va u "Xalqaro mehmonxona konvensiyasi" nomini oladi, 1993 yildan boshlab mehmonxonalar va turagentliklar munosabatlari kodeksiga aylandi va mehmonxona shartnomalarini tuzishda foydalanilmoqda. Istalgan variantda ham quyidagi shartlarni ko‘zda tutish (kelishib olish) kerak: • nomerlar narxi va bron qilish; • nomerlar turlari va ularning zarur miqdori; • xizmat ko‘rsatish (mavsum) davomiyligi; • bo‘sh davrlar; • turistlarning ketish grafiklari; • bir marta xizmat ko‘rsatish davomiyligi va muddatlari; • ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami; • ovqatlantirishni tashkil qilish shakli va miqdorini mehmonxona restoranida ovqatlantirish variantlari; • turistlarga ovqatlantirish xizmatini ko‘rsatish vaqti; • dam olishda maxsus qulayliklar (masalan, nogironlar, faxriylar uchun va h.k.); • personallar gapirishi kerak bo‘lgan tillar; • turistlar kelishini tasdiqlash muddatlari (bron qilish); • jarima sanksiyalarini e’lon qilmasdan kelishlarni bekor qilish muddatlari; • bekor qilish o‘lchami va muddatlari bo‘yicha jarima sanksiyalari; • ko‘p miqdordagi kelishlar va doimiy bandlik uchun chegirmalar; • miqdor jihatdan kam kelish, kelishlarning uzilishi, mehmonlarni joylashtirishdan bosh tortish uchun moddiy javobgarliklar; • boshqa spesifik masalalar (masalan, mehmonxonada sauna, bilyarddan foydalanish nomer narxiga kiradimi yoki yo‘q, basseynning ish vaqti va boshqalar). Bundan tashqari, xizmatlar yetkazib beruvchi hamkor berayotgan kafolatlarga ham e’tibor berish lozim. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarda (shartnomada) narxlarning teskari oshishi imkonsizligi haqidagi shartni (narxlarni faqat sotilmagan xizmatlargagina oshirish mumkin) ko‘rib chiqish kerak va bu shartning bajarilishi mexaniznmi ishlab chiqish lozim. Ovqatlantirish korxonasi bilan shartnoma. Bunday shartnomalar alohida ovqatlantirish korxonalari bilan to‘ziladi, agar ovqatlantirish turistlarni joylashtirish vositalaridan tashqarida amalga oshirilsa va mehmonxona korxonalari bilan shartnomalarga kiritimagan bo‘lsa. Bu yo‘nalishli, tematik turlarda bo‘lishi mumkin. Bunday shartnomalarda quyidagilar aks ettirilishi lozim: • bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatiladigan turistlar soni; • buyurtmalarning o‘lchami va muntazamligi; • ovqatlantirish ko‘rinishi (shved stoli, xizmat ko‘rsatish va); • taomnomalarning taxminiy variantlari; • turli ovqatlantirish ratsionlariga taxminiy narxlar; • ko‘p sonli mijozlar yoki mijozlar bilan doimiy ta’minlanganlik uchun chegirmalar; • ovqatlantirish uchun buyurtmalar berish muddatlari; • jarima sanksiyalarisiz buyurtmalarni bekor qilishning oxirgi muddatlari; • u yoki bu tomon aybi bilan ovqatlantirishdagi uzilishlar uchun muddatlari belgilangan moddiy javobgarlik. Avtotransport korxonalari va aviakompaniya bilan shartnomalar. Turistlarni avtotransport yordamida tashishni tashkil qilishning o‘zaro Xalqaro munosabatlari 1982 yil 26 mayda Dublinda qabul qilingan avtobuslarda yo‘lovchilarni nomuntazam Xalqaro tashuvlari to‘g‘risidagi Yevropa bitimi bilan tartibga solinadi. Ushbu Bitimga muvofiq nomuntazam Xalqaro yo‘lovchilar tashishni tashkil qilishda Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida avtobus bortida bo‘lishi lozim bo‘lgan maxsus nazorat hujjatidan (yo‘l varaqalari) foydalaniladi. Aviakompaniyalar bilan shartnomalar. Barcha aviatashuvlar qoidalari mamlakatimizda xalqaro bitimlar bilan tartibga solinadi va ulardan biri "Xalqaro havo tashuvlariga tegishli ba’zi qoidalarni unifikatsiyalash to‘g‘risidagi" 1929 y. Varshava konvensiyasi bo‘lib, 1959 y. o‘zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilingan (Gamburg qoidalari). Aviatashuvchilar bilan o‘zaro shartnoma munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi ("Tashuvlar" bobi) asosida amalga oshiriladi. Aviakompaniyalar bilan shartnomalar uch ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: a) muntazam aviareyslardagi joylar kvotasi bo‘yicha shartnomalar; b) agentlik bitimlari; v) charter (samolyotni ijaraga olish). Temir yo‘l va ekskursiya xizmati ko‘rsatuvchi firmalar bilan shartnoma tuzish. Maxsuslashtirilgan turistik poyezdlarni ijaraga olish shartnomasi. Shunday qotib qolgan mulohaza mavjud, har bir temir yo‘l safari, ayniqsa, uzoq davom etadigani, zerikarli va noxushdir. Standart temir yo‘l turlarini shart ravishda uch mustaqil kategoriyalarga ajratish mumkin: bir kunlik, uncha uzoq davom etmaydigan (2-3 sutka), ko‘p kunlik (5 kun va undan ortiq). Ekskursion firma bilan shartnoma. Agar o‘ziga tegishli ekskursion bo‘lim mavjud bo‘lmasa, ekskursion firma bilan shartnomalar quyidagi punktlarni o‘zichiga oladi: • ekskursiya nomi va davomiyligi, ularda harakatlanish usullari (avtobus, piyoda, teploxod va boshqalar); • ekskursiyalarni o‘tkazish uchun talabnomalar berish muddatlari; • talabnomalarni bekor qilish muddatlari; • ekskursiyalar narxlari; • har bir ekskursiyada guruhlardagi ekskursantlar soni; • ekskursiya uzilishlari uchun moddiy javobgarlik (ekskursion firma yoki turoperator aybi bilan). Muzey bilan shartnoma: • ekskursiyalar va ular tematikasi; • guruhdagi ekskursantlar soni; • ekskursiya narxlari (guruhli va individual-ajratilgan, yosh bo‘yicha va hokazo); • muzeyga guruhli tashrif buyurish uchun chegirmalar; • ekskursiyalarni o‘tkazish uchun talabnomalar berish muddatlari; • talabnomalarni bekor qilish muddatlari; • tomonlardan birining aybi bilan muzey ekskursiyasidagi uzilishlar uchun moddiy javobgarlik kabilarni o‘z ichiga oladi. Download 418.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling