Milliy turizm mahsulotlari va brendlari
Milliy turizm mahsulotiga narx belgilash
Download 418.19 Kb.
|
Majua
Milliy turizm mahsulotiga narx belgilash
Reja Milliy turizm mahsulotining narxini shakllantirish. Milliy turizm mahsuloti narxi va talabning o‘zaro aloqalari tahlili. Iste’molchilarning milliy turizm mahsulot narxiga bo‘lgan munosabatlari. Raqobatchilarning milliy turizm mahsuloti narxi haqidagi fikrlari. Zamonaviy iqtisodiy ta‘limot narxni, uni tashkil etuvchi omillar majmuasining o’zaro ta‘siri natijasi, deb ta‘riflaydi. Mukammal raqobat, ya‘ni ko’pgina kichik firmalar bozorga kirish va undan chiqishda bir xil ijobiy imkoniyatlardan, barcha axborot turlaridan teng holda foydalangan sharoitda narx bozori o’rnatiladi. Bu narx – muvozanatli (Rm) narx, deb ataladi. Muvozanatli narx, bir tomondan, eng yuqori foyda olishga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, eng yuqori sarf harajatlarga teng b o’ladi. Talab egrisi – turistik xizmatlarga bo’lgan iste‘molchilar talabi, ularning narxi pasayishi bilan o’sib borishini ifoda etadi. Xizmat yaratuvchilar esa, narxning o’sishi bilan taklifni ko’paytirishadi. Chizmada egrilarning bir nuqtada uchraShuvi talab va taklifning muvozanatda bo’lishi taqozo etadi, narx esa, bu muvozanatning ifodasi bo’ladi. Turistik mahsulot narxining ikki chegarasi mavjud: quyi va yuqori. Quyi chegarasi, bu – yaratilgan tovari (turistik paket)ning tannarxi, yuqori chegarasi esa, aniq tovar (turistik paket)ga bo’lgan talab. Demak, turmahsulot narxining miqdori uning qiymati vash u mahsulotga bo’lgan talab bilan belgilanadi. Bundan tashqari, turmahsulotning narxiga bir qator omillar: xizmat ko’rsatish darajasi, ishlatiladigan transport vositasi, xizmat qilish shakli (guruhiy yoki yakka holda), turxizmatlar bozorining konyukturasi, xizmatlar taklifining mavsumiyligi, reklama samarasi va hokazolar o’z ta‘sirini ko’rsatadi Turizm marketingida narxning shakllanishiga muhim ahamiyat berilib, uning jarayoni quyidagi bosqichlar bilan ifoda etiladi. Xizmatlar sohasida, Shu jumladan, turizm sohasida narx o’ziga xos xususiyatlarga ega: xizmatlarning narxi chakana narx; turpaket narxi salohiyatli haridorning nisbiy tuyg’ularni uyg’otmasligi kerak; turizm xizmatlarga bo’lgan talab mavsumiy tavsifga ega; xorijiy turistlar uchun taristik xizmatlar, odatda, qimmat bo’lib, erkin almashadigan valyutada o’rnatiladi. Turmahsulotning narxini hisoblaganda, vositachilarning quyidagi rag’batlari: dasturlarni ishlab chiqaradigan va ularni mustaqil yoki vositachilar yordamida sotadigan ulgurji turoperator rag’bati; turoperator dasturlarini qayta sotadigan yoki o’zlari mehmonxona o’rinlarini oldindan band qiladigan turagentlar uchun chakana rag’bat; turagent, turist va mehmonxona o’rtasida vositachi sifatida maydonga chiqadigan boshqa tashkilotlar uchun rag’batlari hisobga olinadi. Download 418.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling