Milliy universiteti asqar nigmatov ekologiya huquqi


tartibga solish, balki ushbu munosabatlarni muhofazalash va uning


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana21.01.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1107270
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya huquqi.Negmatov

tartibga solish, balki ushbu munosabatlarni muhofazalash va uning 
qatnashchilarini (subyektlarini) tarbiyalash funksiyasini ham ba-
jarishini eslatib o‘tmoq darkor. Zero, barcha munosabat turlarida 
bo‘lgani kabi, ekologik ijtimoiy munosabatlarda ham atrof-muhitni 
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan 
tabiat majmualarini qayta tiklashga oid barcha huquqiy munosabat-
larda muhofazalash va tarbiyalash funksiyasi ekologik ongli va ma-
daniyatli shaxsni shakllantirishda birlamchi ahamiyat kasb etadi. 
Esdan chiqarib qo‘ymaslik kerakki, ijtimoiy munosabatlar nafaqat 
huquqiy normalarda («norma» – lotinchada «qoida», «namuna», 
me’yor» degan ma’nolarni anglatadi), balki boshqa nohuquqiy nor-
malar: axloqiy, jamoaviy, odatiy, an’anaviy, marosimiy, diniy, siyosiy 
ko‘rinishda ham aks etishi mumkin. Masalan, o‘zidan yoshi kattalarga 
salom berish yoki kichiklarga izzatda bo‘lish – axloqiy; nodavlat ja-
moat birlashmalari (o‘zbek mahallasidagi fuqarolar) o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar – jamoaviy; qadimdan shakllanib kelgan (Navro‘zda 
sumalak tayyorlash va uni tarqatish kabi) munosabat qoidalari – an-
an’aviy; kishilarning qoununda ko‘rsatilmagan marosimlari va ularni 
(kelin-salomni) olib borish tartibi – marosimiy; diniy birlashmalarni 
tashkil qilish va uning aqidalariga rioya etish – diniy; shaxs yoki si-
yosiy uyushmalarning («grinps» yoki «yashillar» oqimi harakatlari-
ning) xulq-atvor qoidalari – siyosiy tarzda tartibga solinishi. Shuning 
uchun ham ekologik munosabatlar nafaqat huquqiy, balki nohuquqiy 
normalar orqali ham tartibga solinadi
1
Ekologiya huquqida asosan 
ijtimoiy munosabatlarning huquqiy normalar orqali tartibga solish 
qoidalari va me’yorlari ko‘rib chiqiladi.
Shunday qilib, huquqiy normalar davlat tomonidan o‘rnatiladi, 
uning bajarilishi kafolatlanadi va muhofazalanadi. Huquq normalari 
umumiy xulq-atvor qoidasi sifatida:
makon va zamon doirasida majburiy kuchga ega bo‘ladi;

zamon talabi asosida rivojlanadi va shakllanadi;

shaxsi aniqlanmagan va ko‘p marotaba qo‘llashga mo‘l-

jallanadi;
1
З.М.Исломов. Ҳуқуқ тушунчаси, моҳияти, ижтимоий вазифаси // Ўқув 
қўлланма. – ТДЮИ, 2004. – 138 б.


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/253
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/253
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно
найти на сайте 
https://kitobxon.com/ru/asar/253

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling