Milliy universiteti asqar nigmatov ekologiya huquqi
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologiya huquqi.Negmatov
- Bu sahifa navigatsiya:
- huquq nafaqat ijtimoiy munosabatlarni
U M U M I Y Q I S M
I bob. DAVLAT, HUQUQ VA TABIAT. TABIATNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH ZARURATI 1. Davlat, huquq va tabiat nima? Har qanday ijtimoiy munosabat, ya’ni kishilik jamiyati o‘rtasida yuzaga keladigan aloqalar turli shakl va ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ushbu munosabatlarning hududiylik, davriylik, majmualilik, tizimlilik xususiyatlari mavjud. Bu son-sanoqsiz samo jismlari ichida insonlar istiqomat qilayotgan yagona sayyora – Yer kurrasida ijtimoiy munosa- batlar turli joylarda har xil turda namoyon bo‘ladi (hududiylik), vaqt o‘tishi bilan ular o‘zgarib boradi (davriylik), iqtisodiy, siyosiy, huqu- qiy, ekologik, ma’naviy-ma’rifi y kabi turlari o‘zaro uzviy bog‘langan (majmualilik) va albatta, shu davr uchun dolzarbligiga qarab ular zinapoyasimon qilib iyerarxik pog‘onaga joylashtiriladi (tizimlilik). Ijtimoiy munosabatlar mana shu to‘rtta xususiyatiga qarab ajratiladi. Ajratish yoki fan tilida – ijtimoiy munosabatlarni tasnifl ash, asosan davlatlar miqyosida amalga oshiriladi. Davlat so‘zi juda keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, unga nisba- tan huquqshunoslikda uch xil yondoshuv mavjud: ijtimoiy, sinfi y va siyosiy- huquqiy. Ijtimoiy yondoshuvga ko‘ra, davlat – umumiy muno- sabatlarni hal etish vositasi, ya’ni hokimiyat va xalq o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro aloqalarni tartibga soladigan apparat. Ikkinchisi, dav- lat – turli sinfl ar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solishga qaratilgan appa- rat. Siyosiy-huquqiy yondoshuvga ko‘ra esa davlat – jamiyat hayotini tashkil eituvchi huquqiy manba. Lekin ilmiy nuqtayi nazardan qara- ganda ushbu uch yondoshuv juda umumiy tarzda ifoda etilgan bo‘lib, davlatning asl mohiyatini ochib bermaydi. Har bir hududiy birlik dav- lat deb atalishi uchun unda quyidagi asosiy belgilar aks etishi lozim: hokimiyat, ya’ni boshqaruv va majburlov apparatining ma v- judligi; 7 aholini muayyan, xalqaro miqyosda umume’tirof etilgan hududda uyushganligi; suverenitentligi, ya’ni ichki va tashqi siyosatni olib borishda mustaqilligi; huquq ijodkorligi, ya’ni ushbu hududda barcha uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni qabul qila olishi; soliq, bojxona va shu kabi zaruriy to‘lovlarni uyushtirish im- koniyatiga egaligi; o‘z hududini siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, jumladan, ekologik jihatdan muhofaza eta olishi va h.k. Ushbu belgilarni o‘zida aks ettirmagan hokimiyat mustaqil dav- lat sifatida namoyon bo‘la olmaydi. Masalan, Falastin davlati bunga, yaqqol misoldir. Shunday qilib, keng ma’noda davlat muayyan hudud- da oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv va majbur- lov apparatiga ega bo‘lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy gu- ruhlarning manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va kelishtirib turadigan siyosiy tashkilot. Davlat – umumiy munosabatlarni hal etish vositasi, ya’ni hokimiyat va xalq o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro aloqalarni tartibga soladigan apparat. Davlat har qanday ichki va tashqi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun boshqaruv funksiyasini amalga oshiradi. U davlat organ- larining ish faoliyatini tashkillashtiradi, ijro etadi va farmoyish beradi. Bir qator huquqiy adabiyotlardan 1 ma’lumki, davlat hokimiyati va uning boshqaruv funksiyasiga ko‘ra uch shaklda namoyon bo‘ladi: monarxiya (yakka hokimlik), respublika (muddatli saylanish), aralash. Tuzilishiga ko‘ra davlatlar unitar (yaxlit), federativ (ittifoqdosh) va konfederativ (maslakdosh) ko‘rinishda bo‘ladi. Siyosiy rejimi, ya’ni boshqaruvni amalga oshrish metodlari va yo‘llariga ko‘ra davlatlar – demokratik, aksildemokratik, totalitar, fashistik kabi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Davlat shakli, tuzilishi va rejimi ham o‘z navbatida turli qismlarga ajra- tiladi va tasnifl anadi. 1 Саидов А., Тажихонов У. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. – Т.: ИИВ академия- си, 2001; Саидов А., Таджиханов У., Одилқориев Х. Давлат ва ҳуқуқ асослари: Дарслик. – Т.: «Шарқ», 2002; Odilqoriev X. Davlat va huquq nazariyasi: Elektron darslik. –T., 2010. 8 Davlat boshqaruvini amalga oshrish biron bir mexanizm, ya’ni ho- kimiyat tizimi va ularning xatti-harakatlar tartibi asosida olib boriladi. Unga boshqaruv tarkibi, tarkibiy munosabat, funksional bo‘linish, ka- folat va muhofazalash kabi elementlar kiritiladi. Davlat boshlig‘i oliy davlat lavozimi bo‘lib, u ijro hokimiyati so- hibi va tashqi munosabatlar sohasida davlatning oliy vakili hisobla- nadigan shaxs. Yuqorida keltirib o‘tilgan talablarni amalda qo‘llash uchun, albatta, huquq bo‘lishi talab etiladi. Ta’limda o‘quv va tarbiya, fanda ilm va ta’lim qanday «qo‘l ushlashib» yurishsa, davlatchilik- da esa davlat va huquq shunday o‘zaro uzviy bog‘langandir. Chunki hokimiyat va xalq o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat kelishuvlarining yozma ifodasi aynan huquqda aks ettiriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi davlatining qanday shakl, tuzilish va rejimga ega ekan- ligi, hokimiyati va ularning boshqaruv funksiyalari mamlakatimizning asosiy yozma huquqiy mezoni – 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida to‘liq aks etgan. Mustaqillik Konstitutsiyasiga mu- vofi q O‘zbekistonda davlat shakli – respublika, tuzilishi – unitar, re- jimi – demokratik ko‘rinishda. Uning 11-moddasida davlat hokimiyat tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatidan iborat, deb bitilgan. O‘zbekiston Prezidenti esa hokimiyat boshlig‘idir. Huquq – davlat hokimiyati tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilina- digan yozma ko‘rinishda ifoda etiladigan umummajburiy ijtimoiy mu- nosabat qoidalari tizimi. Ushbu huquq obyektiv (hamma uchun tegishli) yoki subyektiv (shaxsga tegishli) ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Davlatda bo‘lgani kabi huquqda ham uning asosiy belgilari mavjud: davlat hokimiyati tomonidan o‘rnatilishi; majburiy kuchga ega egaligi; huquq normalarida yozma ifoda etilishi; subyektiv huquqlar orqali harakatlanishi; davlat tomonidan himoyalanishi va h.k. Huquq – davlat hokimiyati tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilina- digan yozma ko‘rinishda ifoda etiladigan umum majburiy ijtimoiy mu- nosabat qoidalari tizimi. Huquqning davriyligi, hududiyligi, tizimliligi, mazmuni va mo- hiyatiga doir minglab adabiyotlar turli ko‘rinish va shakllarda chop 9 etilgan. Shuning uchun ham biz ushbu darslikda unga atrofl icha to‘xtalib o‘tmaymiz. Lekin huquq nafaqat ijtimoiy munosabatlarni Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling