Milliy universiteti asqar nigmatov ekologiya huquqi
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologiya huquqi.Negmatov
Islom Karimov
MUQADDIMA XXI asrga kelib dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim masala- lardan biri global miqyosda inson xavfsizligi, xususan uning bir ele- menti bo‘lmish ekologik xavfsizlikni ta’minlashdir. Shuning uchun ham ekologiya – tabiatda organizmlar, jumladan, kishilar va ularning atrof-muhiti bilan munosabatlariga doir tushuncha, voqelik, hodisa va jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruv- chi ta’lim yo‘nalish hamda ular o‘rtasidagi munosabatlarni optimal- lashtiruvchi amaliyot sohasiga aylangan. Ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikning asosiy bo‘g‘ini sifatida qaralar ekan, u kundalik hayotimizning barcha jabhalarini o‘z ta’sir doirasiga qamrab olmoqda. Zero, kishilik jamiyati rivojlanar ekan, un- ing faoliyati muqarrar ravishda atrof tabiat bilan bevosita yoinki bilvo- sita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham Yurtboshimizning ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga qarata aytilgan har bir so‘zlari ekotizim- lar xavfsizligiga qaratilgandir. Bozor iqtisodiyoti talablari keng xalq ommasiga singdirilayotgan bir davrda ijtimoiy munosabatlarni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish huquq rolini so‘zsiz oshirmoqda. Chunki in- soniyatning barqaror rivojlanishi barcha davlatlarning ichki va tashqi ekologik funksiyalarini tinch yo‘l bilan hal qilinadigan huquqiy tartib- ga solish metodlarini qo‘llashga chorlaydi. Bu usulning qay darajada afzal ekanligi va insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun nechoqlik ahamiyat kasb etishini Siz ushbu darslik bilan tani- shish davomida anglab olasiz. Mazkur darslik muallifning oliy o‘quv yurtlari uchun chop etil- gan «Ekologiya huquqi»ga oid barcha o‘quv adabiyotlaridan farqli ravishda, u huquqshunoslarga emas, balki kelgusida ekologiya va 5 atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritadigan mutaxas- sislar uchun mo‘ljallangandir. Darslik nafaqat faktik ma’lumotlarni keltirish, balki milliy yuridik adabiyotlar, internet global axborot tizi- mi, chet el olimlarining mazkur sohada erishgan yutuqlarini va yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini atrofl icha tahlil qilish orqali yozilgan. Fan va ta’lim doimo rivojlanishda, uning yutuqlaridan foydalanib, kelajakda yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish nuqtayi nazaridan Sizning taklif va mulohazalaringiz foydadan holi emas, albatta. 6 Huquqiy demokratik davlatning asosiy ko‘rsat- kichlaridan biri – ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solinganligidadir. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling