Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana08.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#238251
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ergashboy

O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi  

Boshqaruv  har  qanday  jamiyatning  ichki  ehtiyojidir.  Mehnat  jarayoni  va 

umuman  har  qanday  faoliyat  jarayonini  tashkil  etish  ehtiyoji  boshqaruvni  keltirib 

chiqaradi. Boshqaruv - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan faoliyat 

hisoblanadi.   



25 

 

Jamiyat  maxsus  boshqaruv  tizimisiz  mavjud  bo'la  olmaydi.  Jamiyat 



hayotidagi  tartib  jamiyat  nomidan  ish  yurituvchi  maxsus  davlat  boshqaruv  tizimi 

va mustaqil shaxs hamda jamoalarning ijtimoiy o'z-o'zini boshqaruvi tizimi asosiga 

qurilgandir. Lekin davlatgina jamiyatning yaxli boshqaruv tizimi bo'lib xizmat qila 

oladi.  Davlat  boshqaruvining  o'ziga  xos  tizimi  shundaki,  u  davlat  qonunlarining 

hamma  fuqarolar  uchun  majburiy  bo'lgan  kuchiga,  jamiyatga  va  uning  a'zolariga 

taalluqli  bo'lgan  ommaviy  hokimiyatga  tayanadi.  Davlat  boshqaruvining 

samaradorligi  uning  hokimiyati  uyushqoqligi  bilan  kafolatlanadi.  Ijtimoiy 

boshqaruv  tizimida  davlat  asosiy  bo'g'inni  tashkil  etadi.  Buni  davlat  tomonidan 

amalga oshiriladigan boshqaruvni anglatgani uchun «Davlat boshqaruvi» deb atash 

mumkin.  

 Davlat boshqaruv tizimi - ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi idoralar tizimi, 

ya'ni  ijro  etish  va  farmoyish  berish  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar 

tizimidan iborat.  

O'zbekiston  Respublikasida  davlat  boshqaruvi  tizimi  quyidagilardan 

iborat:  

- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti – Davlat boshlig'i sifatida;  

- O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  rahbarligidagi  Vazirlar  Mahkamasi  – 

respublika hukumati;  

- O'zbekiston Respublikasi vazirliklari;  

- O'zbekiston  Respublikasi  davlat  qo'mitalari;  O'zbekiston  Respublikasi 

markaziy davlat boshqaruvi idoralari va ularning joylardagi mahalliy organlari;  

- viloyat, shahar, tuman hokimliklari hamda ularning bo'lim va boshqarmalari.  

Davlat  boshqaruvi  tizimining  yuqoridagi  tarmoq  va  yo'nalishlari  O'zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  har  bir  sohaga  tegishli  qonun  hujjatlariga  tayanib 

ish ko'radilar.  

Davlatning  boshqaruv  shaklini  aniqlashda  eng  muhim  belgilardan  biri  davlat 

boshlig'ining  huquqiy  maqomi  qandayligi,  u  davlat  boshiga  qanday  yo'l  bilan 

kelishi  hisoblanadi.  Hozirgi  dunyodagi  mamlakatlar  boshqaruv  tizimi  shakl 




26 

 

jihatdan  turlichadir.  Dunyo  davlatchiligi  taraqqiyotida  boshqaruvning  asosan  ikki 



shakli – respublika va monarxiya shakli keng tarqalgan.  

Respublika  xalq  hokimiyati  demakdir.  Respublika  tushunchasi  huquqiy 

qadriyat  sifatida  –davlat  idoralari  vakolatlarini  aniq  belgilab  berishni,  qonun 

chiqaruvchi  va  ijroiya  organlarning  saylab  qo'yilishini,  ovoz  beruvchilarning 

xohish-irodasi hisobga olinishini bildiradi. Bu jihatlar Respublika tushunchasining 

ajralmas belgilaridir.  

Respublika  o'z  navbatida  Prezidentlik  Respublikasi,  Parlamentar  Respublika 

va  aralash  respublika  shaklida  bo'ladi.  Prezidentlik  Respublikaning  Parlamentar 

respublikadan farqi shundaki, prezident xalq tomonidan saylanadi, u davlat va ijro 

hokimiyatning  boshlig'i  hisoblanadi,  hukumat  prezident  tomonidan  tuziladi  va 

unga hisobot beradi.  

Parlamentar  respublikada  esa  parlament,  ya'ni  Oliy  vakillik,  qonun 

chiqaruvchi  idora,  prezidentni  va  hukumat  tarkibini  saylaydi.  Parlament 

saylovlarida  g'alaba  qilgan  partiya  rahbarlari  hukumatni  tuzadilar.  Hukumat 

boshlig'I bosh vazir bo'lib, real hokimiyat uning qo'lida bo'ladi. Parlament hukumat 

qarorlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi.   

Butun  hukumat  yoki  uning  ayrim  a'zolarini  iste'foga  jo'natadi.  Hukumat 

par1ament  oldida  hisob  beradi.  Davlat  boshqaruvining  parlamentar  respublika 

shakli  hozirgi  davrda  Olmoniya  Federativ  Respublikasi,  Italiya,  Hindiston, 

Avstriya, Polsha, Ruminiya, Turkiya kabi mamlakatlarda o'rnatilgan.   

Aralash  respublikada  prezidentlik  va  parlamentar  respublikaning  asosiy 

xususiyatlari  aralashgan  holda  o'z  aksini  topadi.  Bunda  prezident  bevosita  xalq 

tomonidan ma'lum muddatga saylanadi. U bevosita hukumatga rahbarlik qilmaydi. 

Hukumatni  bosh  vazir  boshqaradi.  Prezident  Konstitutsiyaga  binoan  parlament 

yoki  uni  quyi  palatasini  tarqatib  yuborish  huquqiga  ega.  Qonun  bilan  belgilangan 

muddat  o'tgandan  so'ng,  xalq  tomonidan  saylangan  hokimiyat  organlarining 

vakolati tugatiladi va ularga qaytadan saylov o'tkaziladi. Aralash respublika shakli 

hozirgi davrda Fransiya va Rossiya Federatsiyasi uchun xosdir .  




27 

 

Davlat 



boshqaruvining 

prezidentlik 

respublikasi 

shakli 


davlat 


boshqaruvining  samarali  shakli  bo'lib,  davlatni  boshqarish  san'ati  nazariyoti  va 

amaliyotining taraqqiyoti natijasida tarixiy tajriba asosida tanlab olingan yo'llardan 

biri.  Bu  boshqaruv  shaklida  davlatni  boshqarishda  Parlamentga  nisbatan 

Prezidentning huquqlari ustuvorligi ta'minlangan bo'ladi.  

Prezidentlik  respublikasi  hozirgi  kunda  eng  ko'p  tarqalgan  davlat  boshqaruv 

shakli  hisoblanadi.  1995-yilgi  ma'lumotga  ko'ra  BMTga  a'zo  186  davlatdan  140 

tasida  prezident  lavozimi  mavjud  bo'lib,  ularning  aksariyati  prezidentlik 

respublikasidir.  Bular  AQSh,  Argentina,  Braziliya,  Meksika,  Gonduras,  Zambiya, 

Urugvay va boshqalardir.  

O'zbekiston  davlat  mustaqilligiga  erishgach,  mamlakatda  davlatni  idora 

etishning  zamonaviy  hamda  samarali  shakli  -  prezidentlik  shakli  tizimi  qaror 

toptirildi.  Ya'ni,  O'zbekistonda  davlat  boshqaruvining  Prezidentlik  Respublikasi 




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling