Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Ergashboy
shakli o'rnatilgan.
Prezidentlik Respublikasi shakli xalqning ma'naviy qadriyatlari, xohish- istaklari va ruhiga mos keladi. Kuchli Prezident1ik Respublika boshqaruvi - kuchli ijroiya, idora qiluvchi hokimiyatdir. Ya'ni Respublika Parlamenti va xalqi oldida O'zbekiston kelajagini, fuqarolarning siyosiy erkinligini ta’minlashga qaratilgan kuchli ijroiya hokimiyatidir. Prezidentlik Respublikasida eng muhimi – hokimiyat bo'linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya'ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati birbiridan mustaqil holda ish olib boradi. Prezidentlik Respublikasida ijro hokimiyati Prezident qo'lida bo'ladi. O'zbekiston nima uchun davlat boshqaruvining aynan shu usulini tanladi? Buning sabablari bor. Birinchidan - sharqda demokratiyaga keng imkoniyat yaratilishi bilan birga kuchli hokimiyat mavjud bo'lgan. Davlat boshlig'i talabchan, qat'iyatli, tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Ikkinchidan - boshqaruvning parlamentar respublika usulida prezident parlament yig'ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik Respublikasida esa, u umumxalq saylovi yo'li 28
bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi bilan saylanadi. Bunda prezident o'z vakolatini parlamentning sanoqli a'zolaridangina emas, bevosita keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huquqiy, ma'naviy va demokratik mazmuni ham bor. Demak, jamiyatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Prezidentning xalq tomonidan saylanishi, o'z vakolatini xalqdan olishi boshqaruvning samarali amalga oshirilishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun boshqaruvning Prezidentlik Respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir. Prezidentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qat'iy, dadil va jasurlik bilan faoliyat ko'rsatishi uchun imkon yaratadi. Prezident davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig'i sifatida chinakam xalq yo'lboshchisi, tadbirkor va tashkilotchilik sifatlariga ega bo'lishi zarur. Respublika Prezidenti Islom Karimov faoliyatida ana shunday sifatlar yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Prezidentning demokratik qarashlari, qadriyatlarga tayanishi, rivojlanishni oldindan seza bilishi, yuz berayotgan jarayonlarga ilmiy asosda yondoshishi, yechimlarni izlashda ommaga tayanishi, asoslangan rejalarni hayotga tadbiq etishi, siyosatda tadbirkorlik va oqillik kabi fazilatlarini keltirish o'rinlidir. Boshqaruvning Prezidentlik Respublikasi shakli mamlakatda demokratik siyosiy tuzumni kafolatlaydigan demokratik tashkiliy davlat hokimiyatini ifoda etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «Respublika» tushunchasi «demokratiya» tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish usul va vositasi demokratik asosga qurilgan. Bilasizki, davlat siyosiy rejimining demokratik, totalitar, avtoritar turlari mavjud. O'zbekistonda hokimiyatni amalga oshirishda demokratik yo'l maqbul topilgan. Kuchli va ta'sirchan demokratik davlat hokimiyati bilan totalitarizm, avtoritarizm, diktatura o'rtasida hech qanday mushtaraklik yo'q. Faqat demokratiya ustuvor bo'lgan davlatgina xalqni baxt-saodatga eltib boradi. 29
Konstitutsiyamizda demokratik respublikaning barcha belgilari bor. Jumladan: xalq hokimiyatning yagona manbaidir, davlat boshlig'i saylanadi va almashib turadi, vakillik organlari muhim o'rin tutadi, fuqaroning huquq va erkinliklariga asoslangan huquqiy maqomi mavjudligini aytishimiz mumkin. Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi uchta mezon bor. Birinchisi -xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, ikkinchisi - hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, uchinchisi -oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Xalqni hokimiyatning yagona manbai sifatida tan olish boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan demokratik davlatlarga xos xususiyatdir. Xalq hokimiyatchiligi hokimiyatning davlat tuzilmalari (ijro etuvchi va vakillik organlari) va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshiriladi. Xalq hokimiyatchiligining bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) demokratiya va bavosita,
Bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) demokratiya shakliga: referendum (umumxalq ovoz berishi), saylovlar, qonun loyihalarini muhokama qilish, yig'ilishlar, mitinglar va namoyishlar, hokimiyat tuzilmalariga yakka tartibda va jamoa bo’lib murojaat qilish kabilar kiradi. Vakillik shakliga esa, butun davlat, vakillik jdoralari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy ijtimoiy harakatlar kiradi. Demokratiyaning asosiy vazifasi - jamiyatdagi kuchlarni murosa asosida birlashtirib, ularni umumrizo qarorga, ya'ni konsensusga olib kelish va mamlakatning taraqqiyoti uchun xizmatga safarbar qilishdan iboratdir. Bugungi kunda O'zbekiston demokratiya tamoyillariga amal qilgan holda rivojlanmoqda.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling