Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Ergashboy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anarhiya
- Adabiyotlar
- Konfederatsiya – (lot. – uyushma) – shartnoma asosida qat'iy muayyan
maqsadlar yo’lida birlashadi.
Syo’zerenitet – frants., bir davlatning ikkinchi davlatga (vasallik)ga nisbatan ustuvorlik huquqi.
Anarhiya – hokimiyatsizlik.
Despotizm – zolimlik, zulmkorlik.
Antidemokratik rejim – demokratik qoidalarga rioya
etmaydi. Davlat boshqaruv shakli. Davlat jamiyatining siyosiy, ho’jalik va madaniy hayotga rahbarlik qiluvchi davlat organlariga ega. Masalan; O’zbekistonda Oliy davlat hokimiyat organi Oliy Majlis, mahalliy davlat hokimiyat organlari, viloyatlar , tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlaridir. Siyosiy ijro etuvchi organ- davlat boshlig’i va vazirlar mahkamasining raisi Prezident, mahalliy ijro etuvchi organ- viloyat, tuman va shahar hokimlaridan iborat. O’zbekiston huquqni muhofaza organlari mavjud. Bu organlarning chiqaorgan normativ va huquqiy hujjatlari jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiydir. Davlat huquq va huquqiy normalar qabul qiladi. Bularni bajarish barcha fuqarolar uchun, jamiyatning barcha siyosiy tashkilotlarining a'zolari uchun majburiydir. Har bir davlat hududida milliy davlat tizilining mavjudligi. Masalan; O’zbeksiston Respublikasida davlat tili o’zbek tilidir. Davlat ishlari, barcha jamiyatning siyosiy tashkilotlarida ishlar davlat tilida olib boriladi.
33
Jamiyatning siyosiy, tizimi davlat va jamiyatning siyosiy tashkilotlari tuzilishidan iborat, u orqali kishilar, guruhlar, tabaqalarlar va jamoat birlashmalari manfaatlarini mustahkamlaydi. Jamiyatning siyosiy tizimi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy kuchlari kabi ijtimoiy va milliy tuzilishini mustahkamlaydi. Jumladan O’zbekiston Respublikasi hozirgi bozor iqtisodiy siyosatiga o’tish davrida demokratik huquqiy davlat qurar ekan, iqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy va huquqiy sohalarda turli islohotlar o’tkazib, davlat oldida to’rgan ichki va tashqi vazifalarni mustahkamlamohda. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat va siyosiy tizimiga bozor iqtisodiyoti bilan bo’g’liq bo’lgan bir qancha davlat organlari paydo bo’ldi. Masalan, Mudofaa va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari, milliy havfsizlik hizmati, davlat soliq va bojhona qo’mitasi, davlat mulkini boshqarish va hususiylashtirish, qimmatbaho metallar, fan va tehnika qo’mitalari, turli kontsernlar, holding, kompaniya va boshqalar tuzildi. Demak, jamiyat siyosiy tizimining vazifalari quyidagilardan iborat: 1)Jamiyatning siyosiy tizimi – davlat vazifalarini amalga oshirishda xalqning iqtisodiy, siyosiy va ma'rifiy sohalarini yaxshilashga yordam beradi. 2)Davlatning ichki va tashqi funktsiyalarini amalga oshiradi. 3)Jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi barcha tuzilmalarni davlat, uning organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalarini birlashtirib, davlat vazifalarini amalga oshiradi. 4)Jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi barcha tuzilmalarni davlat, uning organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalarini birlashtirib, davlat vazifalarini amalga oshiradi. Har qanday davlatning mavjudligi - uning moxiyati, mazmuni va shakli (formasi) ning birligida namoyon bo’ladi.
34
Davlat o’z funktsiyasini faol amalga oshirishi, uning mexanizmini sifatli va uyushkoklik bilan harakat qilishi uchun davlat xokimiyatiningi tashiliyligi talab etiladi. Davlat xokimiyatining oliy organlari qanday yo’zaga keladi, u xududiy jixatdan qanday printsiplarga asosan qurilgan, ular o’zaro va aholi bilan qanday aloqada bo’ladi hamda harakat qiladi, ular qaysi usullarga binoan amalga oshiriladi, degan savollarga davlat shakli javob beradi. Davlatning shakli deganda – boshqaruv, davlat tuzilishi va siyosiy rejimi kabi elementlarni o’z ichiga olgan hususiyatlariga aytiladi. Davlatning shakli tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni: -Oliy davlat xokimiyatining tashkilotini, uning paydo bo’lish manbalarini, -Xokimiyat oliy organlarining xalk bilan o’zaro munosabatlari printsiplarini; qamrab oladi . -Davlat xokimiyatining xududiy tuzilishi hamda davlatni uning tarkibiy qismlari bilan o’zaro munosabatini; -Davlat xokimiyatini amalga oshirish usul va uslublarini. Davlat shakli uning paydo bo’lishi va taraqqiyotining konkret tarixiy shart- sharoitlari bilan bog’liqdir.Unga davlatning moxiyati, tarixiy tipi xal etuvchi ta'sirini kursatadi. Masalan, feodal tipdagi davlatga – boshqaruvning monarxiya shakli, burjuaziya tipiga – respublika shakli mos keladi. Davlat shakli mamlakatdagi siyosiy partiyalarning munosabatlariga, ayniqsa u davlatning paydo bo’lish davrida ko’p jixatdan bog’liq bo’ladi.
35
Misol qilib, Angliyadagi oldingi revolyutsiyalarning sodir bo’lishi feodallar bilan burjuaziya o’rtasidagi kompromissga (murosaga) olib keldi, natijada konstitutsion monarxiyaning tashiliy qismi karor topdi. Konstitutsiya – yosh burjuaziyaning talabi bo’lsa, monarxiya – feodallarga yon berish bo’ldi. Davlat shakliga mamlakatning milliy tarkibi, tarixiy an'analari, xududiy xajmi va boshqa omillar ta'sir etadi. Aytib o’tgandek, davlatning shakli uning moxiyati bilan chambarchas bog’liqdir. Davlatning moxiyati davlat xokimiyatini kimga qarashli ekanligini, uning sub'ektini aniqlashga yordam beradi hamda uni kim amalga oshiradi dagan savolga javob berada. Davlatning shaklini o’rganish esa xokimiyat davlatda qanday tashkil qilingan, u qaysi organlar orqali taqdim etiladi, bu organlarning paydo bo’lish tartiblari qanday, ularning vakolat muddatlari va davlat xokmiyatni amalga oshirish usullari va boshqalarni tushunishga yordam beradi.
36
Shunday qilib, davlat shakli, yuqorida aytilgandek, o’z ichiga uch tomonni kiritadi: Boshqaruv shaklini, ya'ni davlatning xokimiyati va oliy boshqaruv organlarining paydo bo’lishi va tashkil topishining ma'lum tartibi; Davlat tuzilishi shaklini, ya'ni davlatning xududiy tuzilishini, markaziy, regional va mahalliy xokimiyatlarning o’zaro munosabatlarini ma'lum tartibini ; Siyosiy (davlat) rejimini, ya'ni siyosiy xokimiyatni amalga oshirishning yo’llari va usullarini. Bu xozircha davlat shaklini tushunishga bo’lgan umumiy yondoshishlardir holos.Uni to’la tushunish uchun har uchala blok (yunalish) ni chuko’r ko’rib chiqish zarur bo’ladi, ya'ni ularning o’zaro harakatlarini hamda davlatni bir necha yo’z yillar davomida o’rganishning nazariy siyosiy-huquqiy fikrlari (qarashlari) nima uchun davlat shaklining shaxsan shu uchta
tomonini ajratib
kursatganligini va
x. 37
1. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.” T. 2009 y. 2. O’zbekiston Respublikasining Sudlar to’g’risida”gi qonuni. Xalq so’zi. 2001 yil 13 fevral. 3. O’zbekiston Respublikasi “Prokrutura to’g’risida”gi qonun. 1992 yil 9dekabr. O’zbekiston yangi Qonunlari 7-soni T. “Adolat” 1993 yil. 4. I.A. Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. T. “O’zbekiston”. 1998 yil. 5. “O’zbekiston Respublikasini Vazirlar mahkamasi to’g’risida”gi qonun 1993 yil 6 may. O’zbekistonning yangi qonunlari 6-son. T. “Adolat” 1994 yil. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling