Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti
I BOB. O'zbekiston: davlatining shaklli
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Ergashboy
I BOB. O'zbekiston: davlatining shaklli
1.1 O'zbekiston: davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida. Sizlar maktabda «Davlat va huquq asoslari» fanini o'qigan vaqtlaringizda davlat shakllari: davlat tuzilishi va davlat boshqaruvi, davlat siyosiy rejimi tushunchalarining mohiyatini o'rgangansizlar. Davlat tuzilishi shakli uch turda: unitar (oddiy), konfederativ va federativ (murakkab) shakllarda bo'ladi. O'zbekiston o'zining davlat shaklini aniqlashda respublikamizning o'ziga xos sharoitlari, tarixiy tajriba va an'analarini, milliy mentaliteti, ya'ni xalqimizning fIkr yuirtish, jamiyat hayotini anglash va talqin qilish sohasidagi hamda davlat qurilishi borasidagi jahon amaliyoti yutuqlari inobatga olinib, davlat tuzilishining eng mukammal shakli tanlandi. O'zbekiston Respublikasiga davlat tuzilishining unitar shakli xosdir. Biroq, O'zbekiston davlati tuzilishi o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Uning tuzilish tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi ham mavjud. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda federativ davlat tuzilishiga xos ba'zi elementlarni davlatchiligimiz o'z mazmunida mujassam etadi. O'zbekiston yagona hudud, yagona fuqarolik, yagona qonuniylik, yagona Oliy davlat hokimiyatiga ega markazlashgan unitar davlatdir. Unitar davlatlarga Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Fransiya, Italiya va shu kabilar kiradi. Unitar davlatdan federativ davlatning farqi shundan iboratki, federativ davlat bir necha mustaqil davlatlar yoki alohida hududlarning birlashishi natijasida yuzaga keladi. Federativ davlatlarga AQSh, Germaniya, Hindiston, Rossiya misol bo'la oladi. Federativ davlat federal
hokimiyat tizimiga, federal qonunchilikka, federatsiya sub'ektlarining tengligiga va ularning o'ziga xos mustaqillik belgilariga ega bo'ladi. O'zbekiston Konstitutsiyasi o'zbek davlatchiligi tarixiy tajribalarini asosli yo'sinda aks ettirib, bu jihat milliy davlat va ma'muriy-hududiy birliklar hamda hokimiyat va boshqaruv organlari tuzilishida namoyon bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 3-moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «O'zbekiston Respublikasi o'zining milliy davlat va ma'muriy-
6
belgilaydi, ichki va tashqi siyosatni amalga oshiradi». Bu norma O'zbekiston davlat sifatida o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududi tuzilishini o'zi belgilab, mustaqil siyosatini olib borishini bildiradi. O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi huquqiy asoslari Konstitutsiyaning 4-bo'limi 68-75-moddalaridagi qoidalarda berilgan. O'zbekiston Respublikasi o'z ichki hududiy tuzilishiga ega. Konstitutsiyaning 68moddasidagi qoidaga muvofiq «O'zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasidan iborat» bo'lib, bular O'zbekiston hududining tarkibiy bo'g'inlaridir. Bunday bo'linish idora etishning davlat organlariga aholining yaqin bo'lishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. 67-moddaga binoan «Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o'zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi». O'zbekiston Respublikasi tarkibini: Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 ta viloyat, 163 ta tuman, 119 ta shahar, 115 ta shaharchalar tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining davlatning yaxlitligi, davlat organlari tuzilishining yagonaligi va shu kabi prinsiplari mavjud. O'zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining o'ziga xos belgilari tizimi quyidagilardan iborat: suverenitetning butun hududda amal qilishi, konstitutsiya va qonunlar, davlat hokimiyati organlari, davlat hududi, yagona fuqarolik, davlat tili, yagona qurolli kuchlar, O'zbekiston davlati ramzlari, poytaxti va shu kabilar. O'zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining muhim belgilari: hudud, aholi, hokimiyat va suverenitetdir. O'zbekiston Respublikasi hududi: 447,4 ming kv. km.ni (2007 yil ma’lumotiga ko’ra) tashkil qiladi. Davlat hududi chegaralarini va davlat suvereniteti amal qilishini belgilovchi chiziq – davlat chegarasi deb ataladi. 7
Davlat chegarasi ma'lum davlatni boshqa davlatlar hududidan yoki xalqaro hududlardan ajratib turadi. O'zbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, o'zgartirish, himoya qilish va qo'riqlash sohasidagi munosabatlar «O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to'g'risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonunning 3-moddasiga binoan, O'zbekiston Respublikasi davlat chegarasi O'zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo'shlig'ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo'ylab o'tuvchi vertikal sathdan iborat. O'zbekiston Respublikasi besh mustaqil davlat - Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'oniston davlatlari bilan chegaradosh. Davlatimiz chegaralarining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etadi (2007 yil ma’lumotiga ko’ra). Jumladan, Afg'oniston bilan chegara - 137 km, Qozog'iston - 2203 km, Qirg'iziston - 1099 km, Tojikiston - 1161 km, Turkmaniston bilan 1621 km dan iborat. Har bir davlat o'z chegaralari doirasida joylashgan hududiga ega. Davlat hududi tushunchasi - yer sharining ma'lum davlat chegaralariga tegishli bo'lgan qismini bildiradi. Chegaradosh davlatlarning hududlari bir-biridan davlat chegaralari bilan
ajratiladi. Elchixonalar, konsulliklar va
O'zbekiston Respublikasining boshqa xorijiy vakolatxonalari ham mamlakatimizning davlat hududi hisoblanadi. Davlatning hududiy hukmronligi uning o'z hududida to'la va beistisno mustaqilligini anglatadi. O'zbekiston Respublikasi hududi va iqtisodiy qudrati bo'linmas, uning chegaralari esa daxlsiz bo'lib, davlat himoyasidadir. Bu prinsip konstitutsiyada ham belgilab qo'yilgan. Mamlakat hududining yaxlitligi va chegaralarining
«O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunning 4-moddasiga ko'ra, «O'zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo'linmas bo'lib, uning xalqi o'z xohish-irodasini erkin 8
bildirmasdan turib o'zgartirilishi mumkin emas». Hududning yaxlitligi va daxlsizligi davlat xavfsizligining asosiy elementi bo'lib, ularni himoya qilish va ta'minlash davlatning asosiy vazifalaridan biridir . Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling