ex port xarajatlari
Axborotni qidirib topish xarajatlari - imkoniyatli sherik haqidagi, bozordagi vaziyat haqidagi axborotni qidirib topish xarajatlarini, shuningdek qo`lga kiritiladigan to`liqsiz va nomukammal axborot bilan bog`liq yo`qotishlarni o`z ichiga oladi.
|
Monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlari - bitim shartlariga rioya etilishini nazorat qilish va ushbu shartlarning bajarilishidan bosh tortilishini oldini olish xarajatlari
|
Muloqot yuritish xarajatlari -almashuv shartlari, bitim shaklini tanlash haqida muloqotlar olib borish xarajatlarini o`z ichiga oladi
|
Tafsirlash va mulkchilik huquqlarini himoya qilish xarajatlari - sudlar, hakamlar xarajatlari; shartnomani bajarish jarayonida buzilgan huquqlarni tiklash uchun zarur bo`lgan vaqt va resurslar sarflari, shuningdek mulkchilik huquqlarining yaxshi tafsirlanmagan va ishonchsiz himoyadan ko`rilgan yo`qotishlar
|
O`lchash xarajatlari - bitim predmeti bo`lgan tovarlar va xizmatlar sifatini o`lchash uchun zarur bo`lgan xarajatlar
|
Shartnoma tuzish xarajatlari - bitimni yuridik yoki xufyona (norasmiy) rasmiylashtirish xarajatlari
|
Uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari - uchinchi shaxslar (davlat, uyushgan jinoyatchilik va h.k.)ning bitim natijasida olinadigan foydali samara qismiga e’tirozlaridan himoyalash xarajatlari
|