Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya fakulteti


-jadval Kvartira ijarasi bo`yicha transaksiya xarajatl


Download 120.5 Kb.
bet6/7
Sana04.10.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1691651
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik 5

6.4.-jadval
Kvartira ijarasi bo`yicha transaksiya xarajatlari

Xarajat mazmuni

Xarajat shakli

Ijaraga topshiriladigan kvartiralar, uy-joy bozoridagi narxlar haqidagi axborotni qidirib topish xarajatlari: maxsus nashrlarni xarid qilish va e’lonlar bo`yicha qo`ng`iroqlar yoki rieltorlik firmasiga murojaat etish;

Pul shaklidagi xarajatlar va vaqt sarflari;



Tanlangan kvartiralar mulkdorlari bilan ijaraning alohida shartlari haqida muloqatlar olib borish xarajatlari;

Vositachi sarflari va vaqt sarflari;

Tanlangan kvartiralarni borib ko`rish jarayonida uy-joy sifatini baholash xarajatlari

Vositachi zimmasiga yuklatish mumkin bo`lgan vaqt sarflari va transport xarajatlari

Ijara shartnomasini yuridik rasmiylashtirish, uni notarial tasdiqlash xarajatlari;

Pul shaklidagi xarajatlar;

Mulkdorning ijara shartlarini o`zgartirish (ijara to`lovini oshirish) bo`yicha opportunizmni oldini olish xarajatlari;

Vaqt va asab sarflari;



Mulkdor ijarachiga kvartirani saqlab turish yuzasidan e’tiroz bildirgan va G’ yoki shartnomani muddatidan oldin buzishni xohlagan taqdirda shartnoma amal qilishi muddatiga berilgan foydalanish huquqini himoya qilish xarajatlari

Vaqt sarflari va sudga murojaat etish bilan bog`liq pul shaklidagi xarajatlar

.
Shunday qilib, uy-joyni ijaraga olishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini miqdoriy baholashga yo vositachilik firmalarining daromadlarini tahlil qilish, yoki o`rtacha soatlik ish haqiga ko`paytirilgan bevosita pul xarajatlari va vaqt sarflarini qo`shish yordamida erishish mumkin.


Xulosa
Mulk xuquqini taqsimlashda qanday tamoyillar asosida tartibga solish va uning hamma vaqt ham mulkdan samarali foydalanish uchun zamin yaratishi asosiy o`rin egalladi. Bunda egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, topshirish qoldiq qiymatni olish, xavfsizlik, meros, muddatsizlik,zararli foydalanishni taqiqlash, undirish va boshqa xuquqlarning mutanosibligi muhim. Kouz teoremasining to`liq mazmuni quyidagicha ifodalanadi: agar mulkchilik huquqlari aniq tafsirlanib, transaksiya xarajatlari nolga teng bo`lsa, u holda, agar daromad samarasidan fikrni boshqa tomonga bursak, mulkchilik huquqlarining taqsimlanishidagi o`zgarishlardan qati nazar, ishlab chiqarishning tarkibi o`zgarmasdan qoladi. Teoremaning shartining birinchi xususiyatiga ko`ra, transaksiya xarajatlariga e’tibor qaratmagan holda, mulkchilik huquqlarining muayyan egasi haqida emas, balki resurslarga bo`lgan mulkchilik huquqlarini tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak bo`ladi. Ikkinchi xususiyat esa, teoremani isbotlash uchun mulkiy xuquqlarning almashinuvi bo`yicha aniq amaliy misollardan foydalanilgan. Qayta guruhlangan mulk deganda qonun bilan mustahkamlangan va real mulkchilik huquqlarining mos kelmasligi, nazorat mexanizmlari va korxonaning tashkiliy chegaralarining «yo`qotilganligi» tushuniladi. «Chigallashib ketgan» mulk atamasi shunday holatga e’tiborni qaratadiki, egalik huquqining qonun bilan belgilangan egalari – ma’muriyat va tashqi sarmoyadorlardan tashqari korxonaning faoliyat ko`rsatishi ustidan nazoratni u bilan o`zaro bog`liq korxonalar, asosiy yetkazib beruvchilar, sotish firmalari va iste’molchilar amalga oshirishadi. Transaksiya xarajatlari – bu mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash bilan bog`liq barcha xarajatlar.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling