Milliy valyuta barqarorligini taminlashda markaziy bank tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar
International Conference on Developments in Education
Download 160.25 Kb. Pdf ko'rish
|
International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands https: econferencezone.org April 30 th 2022 91 funksiyalari, faoliyat tamoyillari oʻz aksini topgan. Ushbu qonunning 1-moddasida Markaziy bankning maqomi qayd etilgan boʻlib, unda: “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs boʻlib, faqat davlat mulki hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, oʻz xarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega”, deb yozilgan. Shuningdek, Qonunda “Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini taʼminlashdan iborat” deyilgan. Narxlarning barqarorligini taʼminlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror boʻlishiga erishishni koʻzda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻrni juda muhim ekanligini belgilaydi. Milliy valyuta barqarorligini taʼminlash uchun Markaziy bank qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: * Monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; * Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini yaratish; * Banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish; * Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxirasini saqlash va uni boshqarish; * Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini uyushtirish. Markaziy bank faoliyatining mazmuni uning funksiyalarida toʻlaroq namoyon boʻladi. Markaziy bankning har bir funksiyasi, uning mamlakat bank tizimining bosh boʻgʻini, iqtisodiyotni pul-kredit orqali tartibga soluvchi davlat organi sifatidagi faoliyatining aniq bir tomonini aks ettirishi kerak. Davlatlarning bank qonunchiliklarida oʻzaro jiddiy farqlar boʻlsada, Markaziy bankning funksiyalari va vazifalari borasida koʻpgina umumiy oʻxshashliklar mavjud. Bu oʻxshashliklar ayniqsa, bir qator rivojlangan davlatlarning markaziy banklari funksiyalarida namoyon boʻladi. Rivojlangan mamlakatlar markaziy banklarining deyarli barchasi bajaradigan anʼanaviy funksiyalarga quyidagilar kiradi: * Emissiya funksiyasi; * “Banklarning banki” funksiyasi; * “Davlatning banki” funksiyasi; * Oltin-valyuta zahiralarini boshqarish funksiyasi. Umuman olganda rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklari iqtisodiyotga taʼsir qilishning maʼlum bir usullaridan foydalanadilar. Anʼanaviy tarzda ularga quyidagilar kiradi: * diskont (hisob) va garov siyosati; * majburiy zahiralar siyosati; * ochiq bozordagi operasiyalar siyosati; * depozit siyosati; * valyuta siyosati va shu kabilar Lekin standart usullar yigʻindisining tarkibi va ulardan foydalanish turli davlatlar banklarining qator shart-sharoitlariga bogʻliq, ularning qoʻllanilishi ham har bir davlatda turlicha boʻlishi mumkin. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya va Kanada kabi iqtisodiy jihatdan oʻta taraqqiy etgan va rivojlangan moliya bozoriga ega davlatlarda hamda Evropa mamlakatlarida pul massasini va pul bozorini tartibga solishda monetar siyosatning bilvosita instrumentlaridan keng foydalaniladi. Bunday sharoitda ushbu davlatlar pul massasini, katta miqdordagi moliyaviy resurslar harakat qilayotgan moliya bozorini va xorijiy investisiyalarni boshqarishda katta tajribaga ega. Ushbu davlatlarda va umuman jahon iqtisodiy amaliyotida bugungi kunda pul massasini va pul bozorini samarali boshqarib turish uchun ochiq bozordagi operasiyalar, hisob stavkasi siyosati (diskont siyosati) va majburiy rezervlar meʼyorini oʻzgartirish kabi bilvosita instrumentlardan foydalanilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki esa oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling