Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Download 1.04 Mb.
|
Milliy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mudofaa Vazirligi
- Konstitutsiya
- Qurolli Kuchlar Akademiyasi
- Temurbeklar maktabi
- Global Firepower statistikasiga ko‘ra
Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarSidiqov JasurbekBirinchi bosqich (1989-1991-yillar)O‘zbekiston Prezidentining 1990-yil 4-sentabrdagi Farmoniga binoan 1990-yil kuzgi chaqiriqdan boshlab o‘zbekistonlik yigitlarni O‘zbekistondan tashqarida joylashgan harbiy qurilish qismlariga chaqirish to‘xtatildi.1991-yil 19-21-avgust kunlari Moskva shahrida ro‘y bergan davlat to‘ntarishiga urinish (GKCHP) sharoitida O‘zbekiston o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lini mustahkamlash, notinch siyosiy o‘yinlar boshlangan bir paytda mamlakat hududiy yaxlitligi, aholi tinchligi va osoyishtaligini qurolli himoya qilish yo‘lida yangi qadamlar tashladi. O‘zbekiston Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi Farmoni asosida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi komitetining respublika tasarrufiga o‘tishi, SSSR Ichki ishlar vazirligining yurtimizdagi qo‘shinlari respublika Prezidentiga bo‘ysundirilishi, huquq-tartibot organlarida, Ichki ishlar vazirligining hamda Turkiston harbiy okrugining O‘zbekistonda joylashgan qo‘shinlarida partiya tashkilotlarining tugatilishi ana shunday birinchi qadamlardan bo‘ldi.Mudofaa VazirligiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi farmoniga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi. Mudofaa Vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi. Shu yili Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi. Turkiston harbiy okrugi boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi.O‘zbekiston Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qaroriga binoan, sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining respublika hududida joylashgan qismlari, qo‘shilmalari, birlashmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasalari, tashkilotlari va boshqa harbiy tuzilmalari qonuniy asosda O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olindi. Mazkur qaror qabul qilingan kun 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29- dekabrdagi Qonuniga muvofiq, “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.KonstitutsiyaKonstitutsiyamizning XXVI-bobi Mudofaa va xavfsizlik deb nomlanib, uning 125-moddasida:“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi, deb belgilanishi davlat Qurolli Kuchlarining asl maqsad va vazifalarini dunyo hamjamiyati oldida yana bir bor namoyon etdi. Konstitutsiyamizning 52-moddasida “O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir” deb mustahkamlab qo‘yildi.Qurolli Kuchlar AkademiyasiShu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri tugadi. Endi asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini sifat jihatdan mustahkamlash va kadrlar tayyorlash tizimini yо‘lga qо‘yishga qaratildi. 1993-yilda Toshkent elektrotexnika va aloqa institutining maxsus fakulteti, 1994-yilda Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti, 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi ochildi.Temurbeklar maktabiDavlatimiz rahbarining 2019-yil 28-iyundagi qarorida о‘smirlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash bо‘yicha yangi tizim belgilab berildi. Unga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida Toshkent, Nukus, Farg‘ona va Shahrisabz shaharlarida “Temurbeklar maktabi” harbiy- akademik litseylari tashkil etildi.2022-yil 7-yanvar kuni Sh.Mirziyoyev Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Temurbeklar maktabiga tashrifi buyurdi. Litseyda tahsil olayotgan o’quvchi yoshlar bilan uchrashuv chog’ida Prezidentimiz: “Sizlar yangi О‘zbekistonning qanotisizlar. Bu qanotlar nima bilan kuchli bо‘ladi? Bilim bilan! Kamida ikki-uchta tilni, aniq fanlarni va tariximizni mukammal bilishingiz kerak. … Sizlarda hamma imkoniyat bor”, - deya takidlab o’tdi.2022-yil 7-yanvar kuni Sh.Mirziyoyev Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Temurbeklar maktabiga tashrifi buyurdi. Litseyda tahsil olayotgan o’quvchi yoshlar bilan uchrashuv chog’ida Prezidentimiz: “Sizlar yangi О‘zbekistonning qanotisizlar. Bu qanotlar nima bilan kuchli bо‘ladi? Bilim bilan! Kamida ikki-uchta tilni, aniq fanlarni va tariximizni mukammal bilishingiz kerak. … Sizlarda hamma imkoniyat bor”, - deya takidlab o’tdi.O‘zbekiston Respublikasi mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash borasida davlat siyosatini amalga oshira borar ekan, mazkur sohaning eng ishonchli posboni bo‘lgan idora tashkil etilishi zarurligini anglar edi. 1991-yilning 26-sentabrida sobiq Ittifoq Davlat xavfsizlik qo‘mitasining O‘zbekistondagi idorasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi davlat tuzumini himoya qilish, razvedka va kontrrazvedka faoliyati deb belgilandi. Xavfsizlik boshqarmasi zimmasiga iqtisodiy vazifalar ham yuklatildi.O‘zbekiston Respublikasi mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash borasida davlat siyosatini amalga oshira borar ekan, mazkur sohaning eng ishonchli posboni bo‘lgan idora tashkil etilishi zarurligini anglar edi. 1991-yilning 26-sentabrida sobiq Ittifoq Davlat xavfsizlik qo‘mitasining O‘zbekistondagi idorasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi davlat tuzumini himoya qilish, razvedka va kontrrazvedka faoliyati deb belgilandi. Xavfsizlik boshqarmasi zimmasiga iqtisodiy vazifalar ham yuklatildi.Global Firepower statistikasiga ko‘raE’tiboringiz uchun rahmat !Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling