Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasidagi islohotlar
Download 60.78 Kb.
|
Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida ishlar-fayllar.org
Ma’lumki, XX asrning zabardast faylasufi Karl Yaspers “Smisl i naznacheniye istorii” kitobida “davr – o’ziga xos tahdid” degan fikrni ilgari surgan. Uning fikricha insoniyat tarixi faqat bir yo’l – davrlar orqaligina kechadi. Va har bir tarixiy davr o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Uni aniq tasavvur etish va bu jarayondagi muammolarning yechimini topishga bo’lgan intilish esa davr tahdidiga berilgan javob hisoblanadi.Ma’lumki, XX asrning zabardast faylasufi Karl Yaspers “Smisl i naznacheniye istorii” kitobida “davr – o’ziga xos tahdid” degan fikrni ilgari surgan. Uning fikricha insoniyat tarixi faqat bir yo’l – davrlar orqaligina kechadi. Va har bir tarixiy davr o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Uni aniq tasavvur etish va bu jarayondagi muammolarning yechimini topishga bo’lgan intilish esa davr tahdidiga berilgan javob hisoblanadi. Shubhasiz, davrga nisbatan befarqlik har qanday millatni tarix sahifasidan butunlay o’chib ketishga olib kelishi mumkin. Davrni chuqur anglab yetgan, unga hamnafas bo’lishga intilgan millat esa abadul-abad yashab qoladi. Boshqacha aytganda, davrni chuqur o’rganib, uning talablariga javob berishga qodir millatgina barhayotdir. Demak, bir tomondan, davr talabi va ikkinchi tomondan, davrni anglash jarayonlari bir-biri bilan dialektik bog’langan bo’lib, taraqqiyot uchun zamin hozirlaydi. Davrga nisbatan befarq bo’lgan millat esa daraxtdan uzilgan shoh singari qovjirab qolishi bashariyat tarixida ko’p bora isbotlangan. Millatlarning davr talabiga hamnafaslik darajasini belgilaydigan muayyan mezonlar mavjuddir. Birinchidan, o’z rivojlanish tamoyillariga amal qilgan holda qoqilmay olg’a intilayotgan millat davr bilan hamnafas taraqqiy etadi, degan xulosaga kelish mumkin. Bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotining yangi ufqlari ochilmoqda. Adolatli, huquqiy demokratik jamiyat qurishdek ulug’vor maqsadlarga erishish yo’lida sobitqadam bo’lish, bu borada oldimizda turgan muammo hamda kamchiliklarni anglash va bartaraf etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, ijtimoiy tahdidlarning nazariy jihatlariga alohida e’tibor qaratishga zarurat tug’iladi.Bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotining yangi ufqlari ochilmoqda. Adolatli, huquqiy demokratik jamiyat qurishdek ulug’vor maqsadlarga erishish yo’lida sobitqadam bo’lish, bu borada oldimizda turgan muammo hamda kamchiliklarni anglash va bartaraf etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, ijtimoiy tahdidlarning nazariy jihatlariga alohida e’tibor qaratishga zarurat tug’iladi. Hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta’minlash va muvozanatga erishish manfaatlari nuqtai nazaridan, yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror rivojlanish muammolari ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzida vaziyat va kuchlar nisbati shiddatli o’zgarib bormoqda. Yangi mustaqil davlatlar maydonga chiqmoqda. Bu esa davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta’minlash uchun yangicha yondoshuvlarni izlab topishni, xavfsizlikning yangicha modellarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda butun insoniyatni tashvishlantirayotgan muammolarga javob izlash borasida to’plangan muayyan tajriba ma’lum ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Bu xulosalar Yurtboshimizning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” fundamental asarida atroflicha tahlil etilgan. Prezidentimiz mazkur kitobda o’z taqdirimizni o’zimiz belgilashimiz, istiqlol bergan imkoniyat – erk va ozodlikni murakkab va shafqatsiz dunyoda sodir bo’layotgan turli xavf-xatarlardan omon saqlash har birimizga bog’liqdir, degan g’oyani ilgari suradi. Agar buni tahlil qiladigan bo’lsak, birinchidan, biz yashab turgan dunyo mustaqilligimiz va taraqqiyotimizga qarshi turli tahdidlarga to’la ekanini anglab yetish qiyin emas. Ikkinchidan, bizning xohish-irodamizga bo’ysunmaydigan ijtimoiy, umumjahoniy rivojlanish jarayonlari fuqorolar oldiga o’ta mas’uliyatli talablar qo’yayotgani bois, tahdidlarning oldini olish va barqarorlikka erishishga yo’naltirilgan choratadbirlarni amalga oshirish har birimizning siyosiy ongimiz, vatanparvarligimizga bog’liq ekani to’g’risida tasavvurga ega Download 60.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling