Milliy xavfsizlikni ta’minlash


Download 48.5 Kb.
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi48.5 Kb.
#1044259
  1   2
Bog'liq
Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.


Milliy xavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Reja:



  1. O`zbekiston Qurolli kuchlari – xavfsizlikning tayanchi

  2. Milliy xavfsizlikni ta`minlash sohasida olib borilayotgan islohotlar

  3. Hamjihatlik – xavfsizlik omili



Istiqlol yillarida mamlakatda davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta`minlash aso-siy vazifa sifatida hamisha mamlakat xukumatining diqqat-e`tiborida bo`ldi. Shu davr mobaynida Uzbekistonda milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepiiyasi ishlab chiqildi.Milliy xavfsizlikni ta`minlash masalalari mustaqillikning birinchi kunlaridanoq mamlakat hududiy yaxlitligini saqlash, davlat suverenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy barqarorlikni ta`minlash tamoyillari o`rtaga tashlandi. Bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo`lini tutdi. Lekin, milliy xavfsizlik masalasi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo`ljallangan strategiyasi sifatida ilk bor mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24 fevralda bo`lib o`tgan birinchi sessiyasida Prezident I. Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi. Unda jahonda yuz bergan yangi siyosiy-iqtisodiy voqelikdan so`ng, davlatlararo munosabatlar muxoliflikka emas, balki xalqaro huquqiy meyorlarga mos yangi tartibotga asos langan bo`lishi kerakligi to`g`risidagi g`oya ilgari surildi. Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratish zarurligi ko`rsatib berildi. Ana shu ko`rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk marta 1996 yil 24 aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida ma`qullangan to`rt bo`lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo`lgan «Milliy xavfsizlik to`g`risida»gi Qonun loyihasi muxokama qilindi.
Tarixga nazar solsak, fuqarolari haq-huquqsiz, jamiyati-ning moddiy va ma`naviy boyliklari poymol qilingan, suve-reniteti va o`z xududini qo`riklay olmagan har qanday tuzum oxir-oqibatda inqirozga yuz tutgan.
Sobiq tuzum davrida milliy xavfsizlik haqidagi masala-ni o`rtaga qo`yishning o`zi aqlga sigmasdi. Chunki bunday sohani Krnun bilan tartibga solishdan davlat manfaatdor emas edi. Qonun esa demokratik prinsiplarga to`liq javob beradi hamda maqsadga erishish uchun har qanday vositadan hazar qilmaydi-gan eski totalitar aqidani qat`iyan rad etadi. Uning qator moddalarida ta`kidlanganidek, milliy xavfsizlikni ta`min-lashdagi har qanday faoliyat faqat Konstitutsiya, Qonun va xalqaro huquq normalariga asoslangan bo`lishi kerak.
«Milliy xavfsizlik to`grisida»gi O`zbekiston Respubli-kasi Qonuni mamlakatimizda o`ta murakkab va serqirra ijti-moiy munosabatlarni tartibga solish uchun mo`ljallangandir.
... Ma`lumki, XX asrning so`nggi yillari jahon taraqqiyo-tida burilish yasadi. Bu mavjud ikki siyosiy tuzum o`rtasidagi raqobatning yo`qolishi, yangicha ijtimoiy-siyosiy jarayonlar-ning vujudga kelishi bilan bevosita bog`liq. Jumladan, sobiq Ittifoqning tarqalishi jahon siyosatida shaklan va mazmunan yangi bosqichni boshlab berdi. Mafkuraviy, iqtisodiy va ma`-naviy jihatdan ikki qarama-qarshi blok ta`sirida shakllan-gan qurollanish poygasi, harbiy zo`ravonlik, milliy xavf-sizlik tushunchalari butunlay o`zgara bordi.
Ko`pchilik xalqaro tashkilotlar ham ana shu ikki tuzum siyosati, ularning o`zaro raqobati avj olgan davrlarda vujudga kelgan va mazkur ijtimoiy siyosat jarayonlari qobig`idan chi-qib ketolmayotgan edi. Ular o`z mavqeini saqlab turishga va ta`sirini o`tkazish o`rniga ko`proq, xech bo`lmaganda, ikki qara-ma-qarshi tomonning muvozanatini muvofiqlashtirib turish-gagina qodir edi, xolos. Shuning uchun ham mazkur tashkilot-larning faoliyati birmuncha sust, yuzaki tartib-qoidalar doi-rasida qolib ketgan edi.
Shunday sharoitda xalqaro huquqiy meyorlar va boshqa bir qator qonun-qoidalarni qaytadan ko`rib chiqish, yangicha qarash-lar va yangicha tafakkur asosida umumjahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yo`nalishini butunlay yangi o`zanga burib yuborish lozim edi. Buni Prezident I. Karimov O`zbekiston rahbari sifatida qis qila oldi va jahon siyosiy maydonida har to-monlama asoslangan xavfsizlik tamoyillarini o`rtaga tashla-di.
O`zbekiston o`z mustaqilligining tarixan juda qisqa davrida jahon siyosatiga salmokli ta`sir o`tkazdi. Jahon siyosati yo`nalishlarida uning o`ziga xos tamoyillari, yondoshish usuli, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini yo`naltirib turishdagi uslubi vujudga keldi. Buni qo`shni mamlakatlardagi vaziyat bilan qiyoslash asosida yaqqolroq ko`rish mumkin.
Birinchidan, 90 yillarning birinchi yarmida bir qator mustaqil davlatlarda siyosiy «o`yin»lar, turli darajadagi bahsu munozaralar sun`iy ravishda avj oldirib yuborildi. Demokra-tik jarayonlarni chuqurlashtirish shiori ostida asosiy maq-saddan chekinish - mustaqillikni mustahkamlash, umumxalq va umumiy davlat manfaati yo`lida birlashib kurashish o`rniga tarqoklikka yo`l ochib berildi. Bir qator mamlakatlarda esa hatto ichki ziddiyatlar kuchayib ketdi. Turli guruxlarning jaholatga qorishgan xudbinliklari, manfaatparastligi umumiy mamlakat manfaatlaridan g`olib keldi. Natijada fuqarolar urushlari kelib chiqdiki, uning asoratlarini tugatish uchun yillar kerak bo`lardi.
O`zbekistonda esa aksincha, aql-idrokka, og`ir-vazminlikka va andishalikka asoslangan sharqona lemokratiya tartib-qoida-lariga qat`iy amal qilindi. Xalq va mamlakat manfaatiga zid bo`lgan har qanday «o`yin»larga, tadbirbozlik va ortiqcha shov-shuvlarga qarshi turildi.
Ikkinchidan, bir qator yesh mustaqil mamlakatlarda iqti-sodiy tanglikdan talvasaga tushish hollari yuz berdi. Ular natijada har qanday yo`l bilan bo`lmasin «qorin to`yg`azish» tashvishiga tuigib, kundalik yumushlar girdobida qolib ketish-di. O`zbekistonda esa aholi umumiy ma`naviy-ruhiy extiyojla-ridan kelib chiqib, xar tomonlama tub islohotlarga keng yo`l ochib berildi. Uzoqni ko`zlagan, hayot haqiqatiga tayangan das-turlar asosida ish olib borildi.
Uchinchidan, O`zbekiston turli mustaqil davlatlarning iqti-sodiy, siyosiy, ma`naviy jihatdan manfaatdorligini nazarda tutib, yangicha sharoitlarda, yangicha shakl va mazmundagi ham-korlikni vujudga keltirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu Mus-taqil Davlatlar Hamdo`stligi, Markaziy Osiye Mamlakatlari Hamdo`stligi singari ko`p tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy man-faatlar asosida ko`rilgan tashkilotlar sifatida o`rtaga tash-landi.
Hayot O`zbekiston ishlab chiqqan xalqaro munosabatlar ri-vojlanish tamoyillarining asosli ekanligini ko`rsata bosh-ladi. Jahon siyosatdonlari va jamoat arboblari xam uning yangicha qarashlariga yuksak baho bera boshladilar va o`z vaqtida qo`llab-quvvatladilar.
O`zbekiston rahbari I. Karimovning 1994 yil 23 sentabr-da Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan nutqi bir jihatdan O`zbekiston imkoni-yatlarini, uning ma`naviy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot yo`llarini jaxrn miqyosiga olib chiqqan bo`lsa, ikkinchi to-mondan jahon siyosati yo`nalishlariga, ijtimoiy siyosiy ja-rayonlar borishiga uning o`ziga xos yondashuvi, o`ziga xos baho-lash usuli va yo`naltirish uslubi mavjudligini ochiq-oydin ko`rsatdi. O`shanda O`zbekiston rahbari jahrnda tinchlik va bar-qarorlikni mustahkamlash, urush va tinchlik muammolarini bar-taraf etish, qurollanish poygasini tugatish masalalari haqida keskin gapirgan edi. Xalqaro tashkilotlarning maqomlari, ularning nufuzli va jahon muammolarini hal etishdagi roli xususida so`zlar ekan, u «Ko`p hollarda nufuzli xalqaro tashki-lotlar mojaroli vaziyatlarga, ifodali aytganda yong`in hidi en-digina chiqayotgan paytda emas, balki batamom lovullab ketgan-da, bartaraf etish qiyin bo`lib qolgandan keyingina e`tibor bera boshlaydilar.
Tojikiston voqealari, Tojikiston va Afgoniston muno-sabatlari, umuman Markaziy Osiyodagi ma`naviy-siyosiy vazi-yatni g`oyat chuqur, har taraflama asosli taxlil etar ekan, ular-ning mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy muhitiga ta`siri haqida: mazkur mintaqaning jaqon taraqqiyotida tutgan o`rni va xalq-aro tashkilotlarning vazifalari haqida priniipial fikrlar yuritdi.
Ushandan buyon oradan ma`lum muddat vaqt o`tdi. Mamlakat hayotida ham, jaxrn siyosatida ham bir muncha o`zgarishlar yuz berdi. Ana shu ijtimoiy-siyosiy jarasnlar yuz berayotgan yangi-dan-yangi hodisalarga alohida e`tibor bilan qarashni taqozo etayotganligi sababli Prszident I. Karimov dunyo va Yer yuzi taqdiriga daxldor bo`lgan qator muammolar ustida doimiy va uzluksiz yangi fikrlarni ilgari suradi. Jumladan, u o`tmish-dagi «sovuq urush» illatlariga barham berish, g`oyaviy kurash-larga chek qo`yish yo`li bilan tashqi siyosatni xalqlar va mam-lakatlar ravnaqi asosida qayta shakllantirish zarurligi g`oyasi-ni o`rtaga tashlaydi. Davlatlararo munosabatlar har tomonlama dunyo taraqqiyotiga va mamlakatlar fuqarolarning hayotiga daxl-dor bo`lishini uqtirib o`tdi. U Yor yuzi xavfsizligi bilan bir qatorda O`zbekistonda chinakam insonparvar siyosat tobora chu-qurlashib borayotganini va u dunyo kengliklariga chiqib olayot-ganini yaqqol ko`rsatdi. Ayni paytda mamlakatimiz rahbari Markaziy Osiyo muammolari xususida to`xtalar ekan, Yer shari-ning ana shu mintaqasida yuz beradigan hodisalarning salbiy yo ijobiy jarayoni bevosita dunyo taraqqiyotiga, jahon xalqlari takdiriga u yoki bu tarzda kuchli ta`sir etishi mumkinligini ni\oyatda kuchli siyosiy-falsafiy mantiq, jahon muammolari-ni o`rganishda o`ziga xos dunyoviy tafakkur, chuqur tahlil va undan kelib chiqadigan aniq-ravshan xulosalar bilan isbotlab bergan edi. Ko`tarilgan muammolar asosida Toshkentda Bir-lashgan Millatlar Tashkilotining doimiy seminarini tash-kil etish hayot zarurati, jahon taraqqiyotiga daxldor bo`lgan ehtiyoj ekanligini ta`kidladi.


Prezident I.Karimov Markaziy Osiyo muammolari haqida gapirar ekan, «Dunyo qariyb yuz yil davomida unutib qo`ygan jug`rofiy sissiy makon bugungi kunda o`zining yangi sifatini ko`rsatmoqsa va bu siyosiy sharoitda kutilmagan o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ayni paytda bugungi kunda ko`pgina mamlakat-larning siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini jalb etayotgan Mar-kaziy Osiyo ularning tashqi siyosat yo`li strategiyasini shakllan-tirishda muhim va hal qiluvchi unsur bo`lib qolmoqda», - dedi.


Darhaqiqat Markaziy Osiyoda yuz berayotgan ijtimoiy-siyo-siy jarayonlar, uning siyosiy-jug`rofiy o`rni, iqtisodiy va ma`naviy imkoniyatlari jahon xamjamiyatini istiqbolga yan-gicha munosabatlar bilan qarashga, dunyo ahlini o`ziga ham, olamga ham tiyrakroq nazar tashlashga majbur etmoqda. Prezident I. Karimov ta`kidlaganidek, «biz yashayotgan dunyo torgina emas, juda murakkab ekanligini idrok qilmasdan turib bu muammo-larni qal qilish ancha qiyin». Bu bilan u endi biz yashayotgan olam xuddi hozirgacha o`ylaganimiz singari jo`n, oddiy emasli-gini, bu juda keng va rang-barang, nihoyatda murakkab va zid-diyatli dunyo haqida shunchaki fikr yuritib bo`lmasligini ang-lashga, har bir davlat arbobining kundalik tashvishi butun olam va odamlar tashvishi bilan bog`liqligini unutmaslikka chaqirmoqda.


Kariyb yuz yil maboynida bir xil tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta`sirida yashab, olam ahli, jumladan siyo-satdonlar ham qariyb bir xil fikrlashga o`rganib qolishgan edi. Garbu Sharq o`rtasidagi dahanaki janglar, ikki qarama-qarshi siyosiy tizim va mintaqalararo zo`ravonlik jazavalari avj olgan yillarda dunyo taqdiri ham, Yer shari istiqboli ham, olamu odamlar tashvishi ham ba`zan unutilganday edi. Ular nuqul qandaydir siyosiy nufuzlar, olamga egalik qilish da`-volari, ma`naviy ustivorlik dardu-o`ylari bilan yashashardi. Hayot esa odamlar turmushi, ularning kechinmalari hamma vaqt, hamma narsadan baland ekanligini ko`rsatib berdi.
Аdаbiyotlаr:




  1. Download 48.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling