Torontoda ishlaydigan INSET katta rol o'ynadi terrorizmda gumon qilingan 17 kishini qo'lga olish 2006 yil 2 iyunda. The Avstraliya Federal Politsiyasi"s Terrorizmga qarshi kurash bo'yicha qo'shma jamoalar, Qo'shma Shtatlar Terrorizm bo'yicha qo'shma tezkor guruh, va Birlashgan Qirollik"s Milliy terrorizmga qarshi kurash politsiyasi tarmog'i Milliy xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha Integratsiyalashgan Jamoa modeliga o'xshash o'xshash bo'lishi mumkin. Milliy xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston
Respublikasi manfaatlari yo‘lida, razvedka va kontrrazvedka faoliyati
bilan shug‘ullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblanadi.
Milliy xavfsizlik xizmati organlari:
– razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradilar;
– davlat xavfsizligi manfaatlariga daxldor bo‘lgan terrorizm va
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib boradilar;
– O‘zbekiston Konstitutsiyasi va mustaqilligini g‘ayriqonuniy
tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlaydilar, chet ellarda O‘zbekiston
Respublikasining diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakillarining
xavfsizliini ta’minlaydilar, zarur bo‘lgan hollarda respublika
fuqarolarining chet elga jo‘nab ketishida va u yerda bo‘lisha ularning
xavfsizligini ta’minlashni tashkil etadilar.
– Prezidentni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xavfsizlik
manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan xabardor qilib
turadilar, O‘zbekiston Prezidentini, davlat hokimiyati va boshqaruvining
yuqori organlarini xavfsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy, mudofaa qurilishi va fantexnika
taraqqiyoti, tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq
vazifalarni hal etish uchun ularni zarur bo‘lgan axborot bilan ta’minlash
maqsadida axborot berish-tahlil qilish ishlarini amalga oshiradilar;
– xavfsizlik manfaatlariga daxldor bo‘lgan ijtimoiy jarayonlarni va
muammolarni tadqiq qiladilar va oldindan aytib beradilar;
– xalq xo‘jaligi va boshqa obyektlarda davlat sirlarini saqlashga oid
choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadilar, tijorat
sirlarini saqlashda korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga yordam
ko‘rsatadilar;
– tergov qilish xavfsizlik organlari ixtiyoriga o‘tkazilgan jinoyatlar
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov ishlarii olib
boradilar, bunday jinoyatlarni sodir etgan yoki sodir etishda shubha
qilinayotgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar;
– jinoyat sodir qilgan shaxslarning hisobini yuritadilar;
– xalq xo‘jaligi va boshqa obyektlarda xavfsizlikni ta’minlaydilar;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining qarori bo‘yicha ichki ishlar organlari bilan
birgalikda fuqarolarni himoya qilishda, transport va aloqa, aholi hayotini
ta’minlash obyektlarini, muhim xalq xo‘jaligi va harbiy obyektlarni
qo‘riqlashda, qonunchilikni va huquqiy tartibotni tiklashda, ommaviy
tartibsizliklarning, millatlararo nizolarning oldini olishda qatnashadilar;
– atom energetikasi obyektlaridagi, neft va gaz mahsulotlari
quvurlaridagi, transportdagi, sanoatning mudofaa tarmoqlari
obyektlaridagi va boshqa muhim xalq xo‘jaligi obyektlaridagi yirik
avariyalarning, halokatlarning va boshqa favqulodda hodisalarning oldin
olishga oid tadbirlarni amalga oshirishda, tabiiy ofatlar, epidemiyalar,
epizootik kasalliklar, ekologik halokatlar va boshqa favqulodda
hodisalarning oqibatlarini tugatishda qatnashadilar;
– davlat organlarining so‘rovlari bo‘yicha davlat sirlaridan iborat
ma’lumotlarni yaxshi bilgan shaxslar to‘g‘risida, ularning chet elga jo‘nab ketayotganliklari va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishlari haqidagi iltimosnomalari munosabati bilan axborotlar taqdim etadilar;
– maxsus yuklarni tashishning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan
choralar ishlab chiqishda va amalga oshirishda boshqa davlat organlari
bilan o‘zaro hamkorlikda qatnashadilar;
– urush davrida milliy xavfsizlik organlarining safarbarlik tadbirlarini
ta’minlashda qatnashadilar;
– davlat sirlarini saqlashga, bojxona qoidalariga, qurol va o‘q-dorilar
sotib olish va saqlashga tegishli masalalarni hal etishda O‘zbekiston
Respublikasi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini
ishlab chiqishda qatnashadilar;
– milliy xavfsizlik organlarining moddiy-texnika bazalarini
rivojlantirish rejalarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
– o‘z xavfsizliklarini ta’minlashga oid tadbirlarni amalga oshiradilar.
8.3. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining asosiy
prinsiplari
Milliy xavfsizlik organlarining faoliyati qonuniylik, qonun oldida
hammaning tengligi, shaxsni, uning huquqlari va erkinliklarini hurmat
qilish, insonparvarlik va baynalmilallik prinsiplari asosiga quriladi. Bu
prinsiplarning ko‘pini oldingi boblarda ko‘rib chiqqanimizga qaramay,
ularga yana bir bor to‘xtalib o‘tamiz.
Qonuniylik prinsipi shuni anglatadiki, barcha MXX xodimlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi va Jinoyat
protsessual kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlari talablariga aniq rioya
qilishlari shart. Ulardan chekinish belgilangan javobgarlikka olib keladi.
Milliy xavfsizlik xizmati organlarining vazifalari, maqsadi va
vakolatlari qonunlarda belgilab berilgan. Operativ-qidiruv tadbirlari esa
idoraviy yo‘riqnomalarga asoslangan.
Oliy sud va boshqa sud organlari bu xizmatning operativ-qidiruv
faoliyatini nazorat qiladi, uning natijalarini baholaydi va fuqarolarning
buzilgan huquqlari, erkinliklari to‘g‘risidagi shikoyatlarni hal qiladi. Sud
quyidagilar haqida xabardor qilinishi kerak:
– jinoiy ishlarning tergovi va ko‘rib chiqilishidan oldingi, huquqni
muhofaza qilish organlarining faoliyati qanday amalga oshirilayotganligi;
– dalillar to‘plash uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar qay tarzda
aniqlanayotganligi;
– bunda fuqarolarning huquq va erkinliklariga qay darajada real daxl
qilinayotganligi.
Milliy xavfsizlik xizmatining operativ faoliyatida qonunchilikning
kafolati prokuror nazoratidir. Prokuror bu organlar operativ faoliyatidagi
har qanday qonun buzilishini o‘z vaqtida aniqlashi va fuqarolarning
buzilgan huquqlarini tiklash choralarini ko‘rishi zarur. Bu organlarning
operativ faoliyati maxfiydir. Lekin barcha bo‘g‘inlardagi prokurorlar o‘z
buyruqlari bilan MXX faoliyatida qonunlarga rioya etilishini nazorat
qiluvchi xodimlarni belgilaydilar. Mamlakatimiz prokuraturasida esa bu
maqsad uchun maxsus bo‘lim bor.
Barchaning qonun oldida tengligi prinsipi shuni bildiradiki, milliy
xavfsizlik organlari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, barchaga birday
munosabatda bo‘ladilar. E’tiqodi uchun ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Milliy xavfsizlik xizmati ishidagi asosiy prinsiplardan biri shaxsni,
uning huquq va erkinliklarini hurmat qilishdir. Mazkur xizmatning har bir xodimi o‘z ishida o‘zi munosabatda bo‘ladigan shaxslarning qadri va
sha’nini hurmat qilishi shart. Tazyiq o‘tkazish, jumladan, zarur axborot
olish maqsadida yoki intizomni mustahkamlash uchun tazyiq o‘tkazish
qonunda ma’n qilingan.
Shuningdek, insonning sha’ni, qadr-qimmatini yerga uruvchi, uning
shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar tarqatishga, sog‘lig‘ini xavf ostiga
qo‘yishga, jismoniy va ruhiy azob chekishiga olib keluvchi harakatlar
qilish, qarorlar chiqarish, ham ma’n qilingan. Narkotik, psixotrop v
toksik moddalar yordamida odamlarga ta’sir ko‘rsatishga ham yo‘
qo‘yilmaydi.
Xulasa Qoʻshni chegara davlatlari bilan oʻzaro aloqalar yahshi va mustahkam boʻlish kerak. 2-dan Axborot xafsizligini, davlatni ichki. Sirini xafsiz saqlash, Xalqni zararli mafkuraviy, diny gʻoyalardan saqlash.
Bular hammasi Davlatni Xarbiy kuchini musstahkam qilingandan keyin qilinadigan ishlari.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O’zbekistonni eng yangi tarixi darsligi. 2.arxiv.uz sayti 3. xs.uz sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |