16.Germanlarda mulkiy tabaqalanishning kuchayishi qaysi davrda yuzaga keldi?
A) III–IV asrlar
B) IV–V asrlar
C) IV–VI asrlar
D) V–VII asrlar
17. IV–V asrlarda qanday yirik qabila ittifoqlari shakllanadi?
A) alemann, got, franklarning
B) frank, vestgot, ostgotlar
C) tyuring, ostgot, angl-sakslar
D) vandal, burgund, langobard
18. German qabilalarining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar qaysi davlat bilan doimiy aloqalari ularning diniy e’tiqodining o‘zgarib borishiga olib keldi?
A)Yunonlar davlati
B)Xunnlar
C) Rim imperiyasi
D)Franklar davlati
19. Qabilalar orasida targ‘ibot orqali qaysi din tarqalib, ijtimoiy taraqqiyot yanada tezlashadi?
A)Buddaviylik
B)Islom
C)Yaxudiylik
D) xristianlik
20. IV asrdan qaysi davlat o‘zining
avvalgi qudratini yo‘qota boshlaydi?
A)Yunonlar davlati
B) Rim imperiyasi
C)Franklar davlati
D)Xunnlar davlati
21. Rim imperiyasi qachon ikki qismga bo’linib ketdi?
A)mil.avv 395 yilda
B)milodiy 395-yilda
C)milodiy 410-yilda
D)milodiy 418 yilda
22. Rim imperiyasi qanday qismlarga bo’linib ketdi.
A)janubiy va shimoliy
B) G‘arbiy va Sharqiy
C)markaziy va sharqiy
D)g’arbiy va markaziy
23. Kuchli inqirozni boshdan kechirayotgan G‘arbiy imperiyaga qaysi german qabilalari hujumlari kuchayadi?
1.vandallar 2.xunnlar 3.vestgotlar (g‘arbiy gotlar), 4.yutlar 5.ostgotlar (sharqiy gotlar), 6.angllar, 7.sakslar, 8.franklar
A)1,2,3,4,6,8
B)2,3,5,6,7,8
C)1,3,5,6,7,8
D)1,3,4,5,6,7
24. Xalqlarning buyuk ko‘chishlariga Yevropaga yurish boshlagan qaysi qabilalar tezlashtiradi?
A) ko‘chmanchi xunnlar
B) slavyanlar
C) franklar
D)yunonlar
Do'stlaringiz bilan baham: |