"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"


Suyuqlanmaning konsentratsiyasi


Download 333.76 Kb.
bet30/45
Sana07.05.2023
Hajmi333.76 Kb.
#1439345
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
Амал.маш.тик.lotin

Suyuqlanmaning konsentratsiyasi

Qurilmadan chiqayotgan selitra tarkibidagi namlik



kg/soat

NH4NO3, S,%

(%)

1

38700

98,4

0,99

2

25700

97,8

0,98

3

26000

99,6

0,97

4

35500

97,5

0,96

5

34400

97,9

0,95

6

33900

97,3

1,0

7

32100

99,3

1,9

8

32900

98,8

1,8

9

38410

98,6

1,7

10

27700

99,1

1,6

11

33910

97,6

1,5

12

33600

98,0

1,4

13

30100

99,0

1,3

14

23800

98,1

1,2

15

37600

97,7

1,1

16

33110

97,0

0,91

17

33700

98,2

0,92

18

40300

99,4

0,93

19

27000

98,2

0,94

20

39500

99,3

0,95

21

30700

98,3

1,1

22

38090

99,4

1,2

23

48700

97,6

1,3

24

30900

97,8

1,4

25

29800

98,1

1,5

26

38800

98,6

1,6

27

37800

97,7

1,6

28

33800

98,5

1,7

29

29600

99,0

1,8

30

36800

98,4

1,9



Eslatma: Donadorlash minorasining issiqlik balansini tuzish vaqtida minoraga kelayotgan havoning miqdorini 200500 dan 500000 m3/soat oralig‘ida olishni unitmang!
I.2. KARBAMID ISHLAB CHIQARISH.
Karbamid ishlab–chiqarish usuli va texnologiyasi 1868 yilda A.I. Bazarov tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul gaz holdagi ammiak va karbonat angidridning qaytar reaksiyasidan iborat. Jarayon ikki bosqichda boradi.
Birinchi bosqichda ammoniy karbamat hosil bo‘ladi:
2NH3 + CO2 Û NH4COONH2 +Q
Ikkinchi bosqichda karbamid hosil bo‘ladi:
NH4COONH2 Û NH2CONH2 +H2O
Karbamid (NH2)2CO azotli o‘g‘itlar ichida eng ko‘p miqdorda azot elementini tutadi. Tarkibida 46-46,5% azot bor. Karbamidning texnik nomi mochevina bo‘lib, u toza holda rangsiz, hidsiz ok kristall bo‘ladi. Uning 25 0S dagi zichligi 1330 kg/m3, 132,70S da eriydi.
Texnik mahsulot oq yoki sarg‘ish kristall, shakli ignasimon rombik prizma holida bo‘ladi. Atmosfera bosimida suyuqlanish haroratigacha qizdirilsa, karbamid parchalanadi, bunda ammiak ajraladi.
Bu jarayonda avval ammoniy sionit, so‘ngra ammiak va sionat kislota hosil bo‘ladi:
(NH2)2CO Û NH4OCN ®HOCN +NH3
Sianit kislota karbamid bilan birikib biuret hosil qiladi:
HOCN + (NH2)2CO ®NH2CONHCONH2
Karbamid suvda, spirtda va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. To‘yingan suvli eritma tarkibida 20 0S da 51,8 % , 60 0S da 71,9 % , 120 0S da 95 % karbamid bo‘ladi. Karbamid ammiak bilan birikib ammiakat hosil qiladi. Unda 46 0S da 77,9 % karbamid bo‘ladi. Harorat ortishi bilan karbamidning suyuq ammiakda erishi ko‘payadi. Kislotalar bilan karbamid kuchsiz ishqorlar hosil qiladi:
Nitrat (NH2)2CO × NNO3 - suvda kam eriydi, qizdirilsa portlash bilan parchalanadi; fosfat (NH2)2CO × H3RO4 suvda yaxshi eriydi, to‘la parchalanadi.
Karbamid tuzlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunda har ikki komponent o‘g‘it hisoblanadi. Masalan: Ca(NO3)2 × 4(NH2)2CO; Ca(H2RO4)2 × 4(NH2)2CO va eng asosiy karbofosfat (NH2)2CO × H3RO4 lar.
Karbamidning suvli eritmalari 800S gacha o‘z holatini saqlaydi. Undan ortiq haroratda karbamid ammoniy izosianatga, so‘ngra ammoniy karbonatga o‘tadi.


(NH2)2CO Û NH4NCO


NH4NCO +2H2O Û (NH4)2CO3

Ammoniy karbonat o‘z navbatida ammoniy gidrokarbonat va ammiakka parchalanadi:


(NH4)2CO3 Û NH4HCO3 + NH3
Ammoniy gidrokarbonatdan ammiak va karbonat angidrid ajratiladi
NH4HCO3 Û CO2 +H2O +NH3
Ammoniy karbamat eritmasi ammoniy karbonatga o‘tishi mumkin:
NH2COONH4 + H2O = (NH4)2CO3
Toza ammoniy karbomatning suyuqlanish harorati 152 - 155 0S. Ugleammoniy tuzlar, karbamid va suv ishtirokida bu harorat pasayadi.
Olinishi va ishlatilishi. Karbamidni chiqish darajasi reagentlar bilan to‘ldirish zichligiga, bosimiga, haroratiga, ammiak va suvni reagent tarkibidagi miqdoriga hamda boshqa sharoitlarga bog‘liq. To‘ldirish zichligi deb, boshlang‘ich moddalar miqdorini reaktor hajmiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.
Karbamid sintezi asosan suyuq fazada boradi. Boshlang‘ich moddalar miqdori bir hajmda qancha ko‘p bo‘lsa, bosim shuncha yuqori bo‘ladi. Jarayon 180 - 200 0S va 18 - 20 MPa bosimda olib boriladi. Undan yuqori haroratda apparat materiallarini korroziyaga olib keladi.
Reagentlar ta’sirida uglerod (IV) - oksidi ortiqcha miqdori karbomatni karbamidga aylantirishga ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, jarayon asosan gaz fazada bo‘ladi. Ortiqcha ammiak muvozanatni karbamid hosil bo‘lishi tomoniga siljitadi. Apparatlarning korroziyalanishlarini kamaytiradi, suvni o‘ziga biriktirib oladi:
NH3 + H2O = NH4OH
Karbamidni ammoniyli selitradan bir qancha afzalliklari bor. U portlashga xavfsiz, tuproqqa tushganda sekin eriydi, gigroskopligi kamroq, yopishqoqligi uncha yuqori emas. Shuning uchun u karbamidni donador holda idishsiz tashish mumkin. Karbamidni gigroskopligini oshirish uchun donadorlashdan oldin suyuklanmagan karbamidoformalpdegid smola (KFS) qo‘shiladi. Karbamidning gigraskoplik nuqtasi 200S da 80% ga teng.
Karbamidning birinchi martda 1828 yilda Vyoler ammoniy sianatdan sintez qilgan. Shundan buyon karbamid organik sintezning muhim moddalaridan bir bulib xizmat qiladi. U asosida bir necha moddalar sintez qilingan. Bir qancha moddalarni olish uchun xom - ashyo sifatida ishlatiladi. Farmasevtika sanoatida dori preparatlari olishda qo‘llaniladi ftorokarbamid ishlab-chiqarish NH3 va CO2 ni 150 - 2200S haroratda va 7 - 100 MPa bosimdagi o‘zaro ta’sirlashishini o‘z ichiga oladi. Karbamid sintezi quyidagi qaytar reaksiyadan iborat: Dastlab karbomat ammoniy olinadi:
2NH3 + CO2 Û NH4COONH2 +Q
So‘ngra ammoniy karbomat - karbamid va suvga parchalanadi. Jarayon ikki faza ishtirokida boradi: gaz va suyuq fazalar.
Ammoniy karbomat 150 - 220 0S da ammiak va uglerod (IV) - oksidiga parchalanadi.
Bu jarayon sodir bo‘lmasiligi uchun karbamid sintezi yuqori bosimda olib boriladi.
Ammoniy karbomatning hosil bo‘lish tezligi bosimni kvadratiga proporsional ravishda ortadi. Atmosfera bosimi va past haroratda ammoniy karbamat hosil bo‘lishi juda sekinlik bilan boradi. 10 MPa va 1500S da juda tez hosil bo‘ladi. Bosimni ortishi bilan sistemada ammoniy karbomatning konversiya darajasi ortadi.
Karbamidni karbomat ammoniy suyuqlanmasidan hosil bo‘lishi ammoniy karbomatni suyuqlanish haroratidan past haroratda (152 0S) sodir bo‘ladi.
Qo‘shimcha gazlar N2, SO, N2, O2 va boshqa gazlar ammiakni parsial bosimini va suyuq fazada erishini kamaytiradi. Ularni tarkibini (gaz aralashmasida) SO2 ning konsentratsiyasini 98 - 99% dan 85 - 86% gacha kamayishi, konversiya darajasini 65% dan 45 % gacha tushiradi.
Ortiqcha ammiak karbamidning chiqishiga ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Ortiqcha ammiak reaksiyadagi suv bilan birikib, jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U apparatlarni korroziyasini sekinlashtiradi.
Ortiqcha ammiak siklga qaytadan beriladi yoki boshqa maqsadlar uchun, masalan, ammoniyli selitra ishlab-chiqarishga beriladi.
Ammiakni resirkulyatsiyasi ishlab-chiqarishni kengaytirish, kapital harajatlarni ortishi, ekspulatatsion sarflarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ortiqcha ammiakni ammoniyli selitra ishlab-chiqarishga yuborish bilan katta foyda olinadi. 1 tonna karbamid olinganda 5 - 8 tonna selitra olinadi. Karbamid ishlab-chiqarish selitra ishlab-chiqarish uchun qo‘shimcha hisoblanadi.

Download 333.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling