"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"
Download 333.76 Kb.
|
Амал.маш.тик.lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- "MINERAL O‘GʻITLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI"
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI "KIMYOVIY TEXNOLOGIYA" KAFEDRASI "MINERAL O‘GʻITLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI" fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun USLUBIY QO’LLANMA FARGʻONA – 2022 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI "KIMYOVIY TEXNOLOGIYA" KAFEDRASI "MINERAL O‘GʻITLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI"fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun USLUBIY QO’LLANMA Institut uslubiykengashida tasdiqlangan Majlis bayoni № ___«__» _______ 202 y. FARGʻONA – 2022 Ushbu uslubiy qo‘llanma «Mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi» fanidan 5320400 «Kimyoviy texnologiya» yo‘nalishi uchun tuzilgan bo‘lib, uning mazmuni va hajmi ushbu yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv reja va fanning dasturiga mos keladi. Uslubiy qo‘llanma ushbu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun 14 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarni ma’ruza mashg‘ulotlarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga, ularni mustaqil ishlashga, ko‘nikmalarini hosil qilishga hizmat qiladi. Bundan tashqari uslubiy qo‘llanma doirasida «Mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi» fanining nazariy va amaliy asoslari, uning mazmuni va usullari o‘rganiladi, ishlab chiqarish texnologiyalarining moddiy va issiqlik tushunchalari, uning texnologiyadagi o‘rni, ishlab chiqarish qurilmalarining hisoblash kabi masalalar o‘z aksini topadi. Mazkur uslubiy qo‘llanma quyidagi maqsadlarga erishishga katta yordam beradi: - qurilmalarni hisoblash va loyihalash, hamda kataloglar yordamida tipik qurilmalarni tanlash; - bir turdagi masalalarni yechish uchun talabalarni mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatishdan iborat. Ushbu uslubiy qo‘llanma «Kimyoviy texnologiya» kafedrasining uslubiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan (Majlis bayoni № « » 202 y). Uslubiy qo‘llanma «Kimyo - texnologiya» fakultetining ilmiy uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan. (Majlis bayoni № « » 202 y). Tuzuvchilar: dots. Polvonov X.M. dots. Rahmonov O.K. ass. Jurayev A.I. ass. Ibragimov F.A. Taqrizchi: dos. Qodirova D.T. SO‘Z BOSHI Vatanimiz mustaqillikka erishgan kundanoq hayotimizda muhim siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. O‘zbekiston Respublikasida chuqur, keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Biz qiyin sharoitda kelajagimiz poydevorini qurib oldik. Bunga o‘rnimizga kelayotgan yosh avlod qanday baho beradi, loyihalarimizni taroziga solib ko‘rib nima deydi? Har birimiz ana shu savolni dilga tugib, mehnat qilishimiz lozim. Mening ishonchim komilki, O‘zbekiston xalqi farovon turmush kechiradigan buyuk davlat bo‘ladi». Kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyo qarashi o‘zgargan xodimlarimiz, mutaxassislarimizga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitida muvaffaqiyatli ish yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bo‘lib qoldi. Vatanimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish, ayniqsa, bu texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng joriy qilish zarur. Bu esa bizning kelajagimiz bo‘lgan yosh avlod ongidagi kimyoviy ishlab chiqarish savodxonligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli ham oliy o‘quv yurtlarida «Mineral o‘g‘itlar texnologiyasi», «Korxona jihozlari», «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kabi fanlarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ushbu uslubiy qo‘llanma doirasida «Mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi» fanining nazariy va amaliy asoslari, uning mazmuni va usullari o‘rganiladi, ishlab chiqarish texnologiyalarining moddiy va issiqlik tushunchalari, uning texnologiyadagi o‘rni, ishlab chiqarish qurilmalarining hisoblash kabi masalalar o‘z aksini topadi. Mazkur uslubiy qo‘llanma quyidagi maqsadlarga erishishga katta yordam beradi: - qurilmalarni hisoblash va loyihalash hamda kataloglar yordamida tipik qurilmalarni tanlash; - bir turdagi masalalarni yechish uchun talabalarni mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur uslubiy qo‘llanma shu xil uslubiy qo‘llanmalar chop etishdagi dastlabki ishlardan biri bo‘lgani uchun, undagi texnologiya hisoblari va ba’zi materiallar kamchiliklardan holi deb bo‘lmaydi. Shuning uchun mualliflar ushbu ko‘rsatma haqidagi barcha fikr va mulohazalarni zo‘r samimiyat hamda minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. Kirish «Mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi» fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishning asosiy maqsadi – talabalarning namunaviy misol va masalalarni yechish orqali tipik qurilmalarni va kurs ishlarini loyihalashga o‘rgatishdan iboratdir. Amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda halqaro birlik sistemasida (SI), asosiy o‘lchov birliklari siftida quyidagilar hizmat qiladi: Download 333.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling