"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"


- misol. Metanning havoga nisbatan zichligi 0,553 ga teng. Uning molekulyar massasini toping


Download 333.76 Kb.
bet6/45
Sana07.05.2023
Hajmi333.76 Kb.
#1439345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Амал.маш.тик.lotin

1- misol. Metanning havoga nisbatan zichligi 0,553 ga teng. Uning molekulyar massasini toping.
Yechish. Masalani M = 2 · d formuladan foydalanib yechamiz.
Mmetan = 9 · 0,553 = 16,04
2. Gramm – molekulyar hajma asoslanib molekulyar massani topish. 1 molь gazning normal sharoitdagi hajmi 22,4 l, bu kattalik gazning g / molь (molyar) hajmi deyiladi.
2 – misol. 0,455 g azot (n.sh.) 0,365 l hajmni egallayda. Azotning molekulyar massasini toping.
Yechish. Har qanday gazning 1 mol (n.sh.) 22,4 l hajmni egallashini nazarda tutib, azoning g/ molь massasini topamiz.
0,365 l azot 0,455 g bo‘lsa, 22,4 l azot X g bo‘ladi


X = 22,4 · 0,455/ 0,365 = 28 g
Har qanday gazning g/moli son jihatdan uning molekulyar massasiga teng bo‘lganligi uchun, azotning molekulyar massasi ham 28 a.m.b. ga teng bo‘ladi.
3. Mendeleyev – Klapeyron tenglamasiga asoslanib, gazning molekulyar massasini topish
Gazning hajmi, bosimi va harorati orasidagi bog‘lanish, odatda Boyl Mariott va Gey – Lyussakning gazlarga oid qonunlarini birlashtiruvchi Klapeyron (gazlarning holati) tenglamasi bilan ifodalanadi.
RV =Ro · Vo · T/To

bu yerda, Rtajriba sharoitidagi bosim; V – tajriba sharoitidagi bosim; To 0oS dagi absolyut harorat (273 oK); T – t oS dagi absolyut harorat (273 + t oS); Ro bosim (n.sh); Vo hajm (n.sh).


Tenglamadagi Ro · Vo/To nisbatni Avogadro qonuniga ko‘ra D.I. Mendeleyev har qanday gazning bir moli uchun o‘zgarmas kattalik ekanligini topadi va R bilan belgilab, o‘zgarmas gaz doimiysi deb qabul qilishni taklif etdi.

Download 333.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling