Minerallarning fizik xususiyatlari
Mineral tarkibidagi birikmalarni aniqlash
Download 48.57 Kb.
|
2-MINERALLARNING FIZIK XUSUSIYATLARI
Mineral tarkibidagi birikmalarni aniqlash
Minallar - bu shartli birikmalardir. Mineral formulalarini izomorf aralashmalar bilan ifodalash mumkin. Masalan, sfaleritni - (Zn, Fe)S, ikki mineral ZnS va FeS aralashmasi deb qarash mumkin. Mineraldagi minallar miqdori molekular yoki foizlarda beriladi. Ularning hisobini qorishma tarkibli ilmenit misolida ko`rishimiz mumkin. 1. Ilmenit tarkibi (1 - namuna) va hisoblangan formulasi 16- jadvalda berilgan, shu natijalar asosida minal tarkibini chiqarish kerak. Formuladan ko`rinib turibdiki, bu mineral uch moddaning (minalning) izomorf qorishmasidan iborat - ilьmenit FeTiO3, pirofanit MnTiO3 , geykolit MgTiO3 . Formuladagi koeffitsientni asos qilib olib, minal tarkibini osongina chiqarib olish mumkin (mol. %): FeTiO3 -80 MnTiO3 -10 MgTiO3 -10
Fe TiO3 FeO bo`yicha - 0,5386 - 80 mol. % Mg TiO3 MgO bo`yicha - 0,0675- 10 mol. % Mn TiO3 MgO bo`yicha – 0,0672-10 mol % 0,6733-100% 2. 2-namunadagi ilmenit tarkibi (16-jadval) va formulasi (Fe2- 0,68 Mg0.09 Fe3+ 0,09 Al0,09 Mn0,05 )100 (Ti0,82 Fe3+ 0,09 Al0,09 )100 O300 birinchi namunadagi ilmenitdan farq qiladi. Farqi shundan iboratki, aluminiy, uch valentli temir izomorf aralashma sifatida topilgan va ular taxminan Al2 O2 , Fe2 O3 minal ko`rinishda bo`lsa kerak. Ilmenit Fe TiO3 formulasi va yuqoridagi izomorf aralashmalar formulasi bir xil emas. Koeffitsientni hisoblash tartibi 17-jadvalda berilgan, molekulyar miqdori bo`yicha esa 18-jadvalda keltirilgan. Albatta, ularning natijalari bir xil bo`ladi. 3. Kimyoviy tarkibi bo`yicha minerallarning formulasini umumiy qilib keltirishning sodda usuli ham bor. Bu olingan kimyoviy tarkib natijasini atom og`irligiga nisbatidir. Masalan, barit-BaSO4 : 1. Va - 58,8 S - 13,7 O - 27,5 Ba = 58,8:137=0,43 Ba-137 - Mendeleyev davriy sistemasidagi atom og`irlik S =13,7:32=0,43 O = 27,5:16=1,72 Ba - S – O 0.43 x 4 = 1.72 Ba1 S1 O4 = Ba SO4 2. Plagioklaz Al - 10,30 Si - 32,97 O - 48,83 Na - 8,78 Al = 10,3 : 26,98=0,38 O - 48,83 : 15,99=3,05 Si - 32,97 : 189,08=1,14 Na - 8,78 : 22,98=0,38 Na - Al - Si – O 0,38 : 0,38 : 1,14: 3,05 1 1 3 8 Na (Al Si3 O8 ) Ko`p hollarda berilgan minerallarning nazariy formulasiga qarab uning tarkibiy qismidagi elementlar miqdorini hisoblash zarurati tug`iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan albit minerali Na (Al Si3 O8 ) berilgan bo`lsa, u holda natriy va boshqa elementlarning atom og`irligi olinadi va ular yig`indisidan proporsiya tuzilib, har bir elementning molekular foiz miqdori keltirib chiqariladi: Na - 22,98 Al - 26,98 Si - 28,08 x 3=84,24 O - 15,99x8=127,92 Σ=262,12 Na uchun 262,12 - 100% 22,98 – x x= 22,98·100 =8,76% Na - 8,76 % 262,12 Al uchun 262,12 - 100 % 26,98 - x x= 22.98·100=10.29% 262,12 Al - 10,29 % Si uchun 262,12 - 100 % 84,24 – x x= 84,24·100 =32,13 262,12 Si - 32,13 % O uchun 262,12 - 100 % 127,92 - x x= 127,92·100 = 48,8% 262,12 O - 48,8 % Shunday qilib, minerallarning nazariy kimyoviy tarkibini keltirib chiqarildi. Download 48.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling