Minerallarning fizik xususiyatlari


Download 48.57 Kb.
bet2/7
Sana08.11.2023
Hajmi48.57 Kb.
#1754780
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-MINERALLARNING FIZIK XUSUSIYATLARI

Solishtirma og`irlik minerallarni aniqlashda ahamiyati katta. Solishtirma og`irlik minerallarda sezilarli ravishda o`zgaruvchan bo`lib, 0,5 dan 21 gacha bo`ladi. Minerallarning solishtirma og`irligi yig`indisidan tog` jinsining zichligi kelib chiqadi. Minerallarning solishtirma og`irliklari ularning kimyoviy tarkibiga, chunonchi, ion va atomlarining og`irligiga va tabiiy ichki tuzilishlariga (strukturasi) bog`liq. Ichki tuzilishi va zichligi orasidagi munosabatlarni ham har xil polimorf minerallar modifikatsiyalari solishtirma og`irligi misolida ko`rishimiz mumkin: α- kvarsning solishtirma og`irligi 2,23 bo`lsa,  - kvarcniki 2,51 ga teng; olmos-3,51; grafit-2,23; pirit-5,1; markazit-4,9 va h.k.
Bir xil kimyoviy tarkibdagi minerallarning solishtirma og`irligiga (zichligiga) atomlar orasidagi masofa, koordinatsion son, kimyoviy bog`lanish turi ta`sir etadi, boshqa teng sharoitlarda esa atomlar yoki molekulalar guruhining har xil polimorf modifikatsiyada o`zaro joylashishiga bog`liq.
Minerallarning kimyoviy tarkibiga ko`ra solishtirma og`irligi har xil bo`ladi.
Izomorf qatoridagi kimyoviy elementlar katta atom og`irligiga ega bo`lsa, u holda solishtirma og`irligi ham ortadi, katta ion radiusida esa aksincha. Masalan, albit Na (Al Si3O8)-anortit Ca(Al2Si2O8). Solishtirma og`irlik 2,61 dan 2,75 gacha o`zgaradi, buni kaliy miqdorining plagioklaz tarkibida ortib borishi bo`yicha kuzatish mumkin. Volframatlar guruhida esa solishtirma og`irlik gubneritdan MnWO4 (7,25) ferberitgacha FeWO4 (7,60) o`zgaradi. Olivin guruhidagi minerallarda ham xuddi shunday, forsteritdan Mg2(SiO4) (3,21) fayalitgacha Fe2(SiO4) (4,14) ortib boradi.

Solishtirma og`irlikning (zichlik) o`lchov birliklari. Solishtirma og`irlikni ifodalash uchun massa yoki og`irlikning ma`lum hajmiga nisbati olinadi.
m pd= ---------  yoki d = ------ν ν
bu yerda d -solishtirma og`irlik, m- massa, v - hajm, p- og`irlik. Og`irlik massa bilan bog`liqdir. Minerallarning solishtirma og`irligi (zichligi) suyuqlikning solishtirma og`irligiga (og`ir suyuqliklar: bromoform solishtirma og`irligi-2,88; tetrabrometan eritmasi -2,95; Tule suyuqligi-3,19; Klerech suyuqligi - talliyning malonli va chumoli kislotali eritmasi - 4,2) nisbatan aniqlanadi.
Solishtirma og`irlikka minerallarning ichki tuzilishi va kimyoviy o`zgarishi ta`sir etadi, shuning uchun ham ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda, yuqorida qayd qilingan usulllardan biri qo`llaniladi.
Solishtirma og`irlikni aniqlashda eng qulay va keng tarqalgan usul tarozida aniqlash usulidir.


Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling