Minerallarning fizik xususiyatlari
Download 48.57 Kb.
|
2-MINERALLARNING FIZIK XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnitlik xususiyati
- 1.2. MINERALLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI
Minerallarning sinishi- yuzalarning shakllariga qarab quyidagicha ataladi: a) chig`anoqsimon sinish-sinish yuzasi chig`anoqsimon botiq bo`ladi (kvars, opal, xalsedon); b) tekis sinish-usti tekis bo`lgan sinish (magnetit); v) tikansimon sinish (yuzasi bir tomonga qaragan zirapchalar bilan qoplangan, tolali gips, asbest).
Magnitlik xususiyati (1-rasm)- mineralning kompas strelkasiga ta`sir etib, uni normal holatdan burish xususiyati; agar bu xususiyat kuchli bo`lsa, bu mineral kompas tepasida aylantirilganda, kompas srtelkasi ham shu mineral ketidan aylanadi. 1-rasm. Magnitlik xususiyati Shu jumladan, katta ahamiyatga ega bo`lgan fizik xususiyatlardan ta`mi, elektr tok o`tkazuvchanligi, suvda oson eruvchanligi, qaynashi, qizdirganda yoki qattiq urganda o`ziga xos xid chiqarish, qo`lga yog`lidek sezilishi va boshqalar. 1.2. MINERALLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI Minerallarning tarkibini kimyoviy usul bilan aniqlangandan so`ng, uning formulasini hisoblab chiqish kerak bo`ladi. Buni ilmenit minerali misolida ko`rib chiqamiz. Ilmenitning kimyoviy analiz natijasini oladigan bo`lsak, u holda izomorf magniy, marganes aralashmalar borligini ko`ramiz. Ilьmenitning asl formulasi esa – FeTiO3 Kimyoviy analiz natijasida esa - (Fe, Mn, Mg) TiO3 ko`rinish kelib chiqadi. Ushbu formuladagi temir, marganes, magniy va titan atomlarining xaqiqiy koeffitsientlarini hisoblab chiqish talab qilinadi. Hisoblash tartibi quyidagicha bajariladi (16-jadval); 1. Hamma komponentlarni bir ustunga yoziladi. 2. Ikkinchi ustunga har bir komponentning % miqdori yoziladi TiO2 uchun - 53,80). 3. Uchinchi ustunga har bir komponentning molekular massasi yoziladi (TiO2 uchun - 79,00). Molekular massasini aniqlash uchun Mendeleyev davriy jadvalidan titan topiladi va uning atom og`irligini olamiz - 47,88. Xuddi shu tariqa kislorodni jadvaldan topiladi- 15,9994. Formulada kislorod ikkita bo`lgani uchun uning atom og`irligi ikkiga kupaytiriladi. Natijada: Ti=47, 88; 0=2 x 15,9994=79,8788 ≈ 79,90 ga teng bo`ladi. 4. To`rtinchi ustunga har bir komponentning molekular miqdori yoziladi. Molekular miqdor kimyoviy tahlil natijasining molekular massasiga nisbatidir. TiO2 uchun - 53,80:79,90=0,6733.
7. Mineral formulasidagi atomlar koeffitsientlarinng miqdori aniqlanadi, buning uchun beshinchi ustundagi kationlar miqdorini umumiy bo`luvchiga bo`lib, har bir kimyoviy modda uchun alohida-alohida yoziladi. Ti uchun 0,6733: 0,6733=1,00 8. Arifmetik hisob-kitoblarning to`g`riligini zaryadlar miqdori orqali aniqlaymiz. Musbat zaryad sonining yig`indisi manfiy zaryad sonining yig`indisi bilan teng bo`lishi shart. Bizdagi ilmenit mineralida uch kislorod atomi oltita manfiy zaryadga ega. Demak, O=Ti+Mn+Mg+Fe 6=5,996 9. Hisoblab chiqilgan formula quyidagicha yoziladi: (Fe 0.80 Mh0,10 Mg 0.10)1,00 Ti100 O3,00 Download 48.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling