Minerallarning rangi Reja
Download 24.98 Kb.
|
Minerallarning rangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperimental
Tasnifiy (sistematik) mineralogiyaning asosiy vazifasi minerallarning tashqi ko`rinishi, fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, paragenetik associaciyasi va shular asosida minerallar tasnifini yaratishdan iborat. Hozirgacha 2500 dan ortiq minerallar va ularning turlari aniqlangan.
Genetik mineralogiya, minerallarning paydo bo`lish jarayoni, fizik va kimyoviy sharoiti, o`zgarishi, paragenetik associaciyalarining yuzaga kelishini aniqlaydi. Genetik mineralogiya taraqqiyoti V.I.Vernadskiy nomi bilan chambarchas, bog`langan. U minerallarni Yer po`stidagi molekulalar tarixi deb hisoblagan. D.P.Grigorьev tomonidan genetik mineralogiya yangi yo`nalish sifatida rivojlantirildi. Eksperimental mineralogiyaning vazifasi sun`iy usulda laboratoriya, zavod sharoitida ayrim kimyoviy elementlarni bir-biriga qo`shish natijasida yangi minerallarni olishdan iborat. Bunda texnika va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan minerallar va kristallar ishlab chiqarish hamda sintez qilinayotgan mineralning hosil bo`lish jarayonini tabiiy sharoitga tatbiq qilish asosiy maqsad hisoblanadi. Kosmik jismlar mineralogiyasi. Oy jinslaridan namunalar keltirilgach, bu sohaning rivojlanishiga imkoniyat tug`ildi. Oy jinslari tekshirilganda Oy sirti qismlarida mineral hosil bo`lishining o`ziga xos xususiyatlari borligi haqida dastlabki ma`lumotlar olindi. Meteoritlarning mineral tarkibini o`rganish ham katta ahamiyatga ega. Minerallar - xilma-xil jarayonlar natijasida hosil bo`lib, kimyoviy tuzilishi va fizik xususiyatlari jihatdan deyarli bir xil bo`lgan tabiiy jism; asosan tog` jinslari, ma`dan va meteoritlarning tabiiy qismi. Ba`zan suyuq minerallar ham (masalan, tug`ma simob) uchraydi. Suvning mineralga mansubligi - munozarali masala, muz esa mineral hisoblanadi. Amorf-metakolloidlar tashqi ko`rinishi kristallarga o`xshash, lekin amorf, shishasimon holatidagi minerallardir. Har bir mineral faqat o`ziga xos kristall tuzilishiga ega bo`lgan aniq tabiiy birikmadan iborat. Bir xil tarkibli (masalan, olmos-grafit, kalsit-aragonit), lekin turlicha tuzilishiga ega. Kimyoviy tarkibi yoki morfologik xususiyatlaridagi uncha katta bo`lmagan o`zgarishlar, minerallarning ichki tuzilishida keskin farqlarga olib kelmasa, ular minerallarning turlari deyiladi (masalan, kvars turida - tog` billuri, ametist, sitrin, xalsedon). Bir-biridan yuza bilan ajralib turuvchi yakka kristallar, donachalar va mineral individlarini, ularning o`simtalari mineral agregatlarini tashkil etadi. Mineral tarkibini belgilovchi formulalarda transuran va geliy, ksenon va argon kabi gazlardan tashqari, barcha kimyoviy elementlar bo`lishi mumkin, lekin ularning miqdori turlicha: bir yoki bir necha element asosiy hisoblanadi va mineralning tarkibini belgilaydi, qolganlari mineralda izomorf aralashma (masalan, seziy, indiy, kadmiy, galliy, selen, talliy, reniy, rubidiy va h.k. ko`pgina nodir - kam tarqoq yer elementlari) holida uchraydi. Mineral tarkibining murakkabligi va o`zgaruvchanligi faqat izomorf hodisasi bilangina emas, balki ayrim atom va ularning guruhlaridan iborat aralashmani, shuningdek submikroskopik kiritmalarning mineral tarkibiga kirishiga ham bog`liqdir. Mineralda submikroskopik kiritmalar quyidagi hollarda hosil bo`lishi mumkin: a) eritma, qotishma va boshqalarning kristallanish jarayonida dispers aralashmalarni ushlab qolishi natijasida (masalan, kvarcdagi suyuq gaz qo`shimtalari, dala shpatdagi gematit qo`shimtalari): b) haroratning o`zgarishi bilan qattiq qorishmalarning kaliyli dala shpatlarida pertitlarning hosil bo`lishi, murakkab sulfid va murakkab oksidlar parchalanishi natijasida; v) metamikt o`zgarishda; g) bir mineral o`rniga boshqasining joylashuvi va b.lar. Muayyan strukturali mineralning tarkibi, uning izomorfizmidagi qonuniy o`zgarishlari, atomlarning tuzilishi, kristalloximik xususiyati, ulardagi atomlar radiusi, koordinatson soni va kimyoviy bog`lanish turi bilan belgilanadi. Mineral konstituciyasi (tarkibi va tuzilishi) formulalarda ifodalanadi. Unda: a) ionning valentligi (agar turli valentlikdagi elementlar bo`lsa); b) kompleks anionlar (kvadrat qavslarda), masalan [SiO4, AlO3]; v) elementlarning izomorf guruhlari (qavslarga olingan va bir-biridan vergul bilan ajratilgan holda; bunda ko`p uchraydigan element birinchi o`rinda yoziladi); g) qo`shimcha anionlar ON, F, Cl va boshqa anion radikallaridan so`ng joylashadi; d) kristal-logidratlardagi suv molekulalari (formula oxirida va nuqta orqali u bilan bog`lanadi); ye) seolit yoki absorbsion suv ham formula ohirida nuqta orqali yoziladi va Н2O tarzida belgilanadi. Minerallarning tashqi qiyofasi ularning ichki tuzilishi va paydo bo`lish sharoiti bilan belgilanadi. Ayrim mineral individlarning kattaligi 1-100 mm dan bir necha metrgacha bo`lishi mumkin. Kristall tuzilishi o`sish sharoitiga bog`liq bo`lib, turli ko`rinishidagi izometrik bargsimon va tangasimon (masalan, molibdenit, slyudalar, talk), taxtasimon, ustunsimon va ignasimon (rutil, aktinolit, turmalin) mineral kristallari vujudga keladi. Mineralning ayrim kristallarida mansub chiziqlar, belgilar, shuningdek, o`sish va erish shakllari kuzatiladi. Mineral morfologiyasi va qirralar tuzilishini batafsil o`rganib mineral individlarning paydo bo`lish tarixi yaratiladi. Minerallarning fizik xususiyati ularning kristall tuzilishi va kimyoviy tarkibiga bog`liq. Mineralning fizik xususiyatlariga ularning solishtirma og`irligi, mexanik, optik, luminissent, magnit, elektr, termik va boshqa xossalari kiradi. Mineral solishtirma og`irligiga qarab yengil va o`ta og`ir turlarga bo`linadi. Mineralning solishtirma og`irligi kristall tuzilishiga kiruvchi qismlarning atom og`irligi, ularning (tahlanish) joylashish holati, anionlar va suvning bo`lish-bo`lmasligiga bog`liq. Mineralning solishtirma og`irligini o`rganish ularning nomini to`g`ri aniqlash, ma`danlarni boyitish, bir-biridan ajratib olishga imkon beradi. Mineralning bu fizik hossasiga Abu Rayhon Beruniy ham katta e`tibor bergan va o`sha davrda ma`lum bo`lgan mineral va javohirlarning solishtirma og`irligini aniqlab, shu asosda mineral tasnifini tuzgan. Beruniy keltirgan ma`lumotlar hozirgilardan deyarli farq qilmaydi. Mineralning mexanik xususiyatlariga qattiqlik, mo`rtlik, egiluvchanlik, qayishqoqlik kiradi. Ulanish tekisligi mineral yoki kristallarning haqiqiy yoki tahmin qilinadigan tomonlariga parallel tekisliklar bo`ylab sinish yuzasidir. O`ta mukammal, mukammal, o`rta, nomukammal bo`lib, ma`lum yo`nalish bo`ylab atomlarning bog`liqligi, ularning ulanish kuchi mineral ajralish kabilar bilan ifodalanadi. Download 24.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling