Minerallarning tasnifi


Sulfidlar Sfalerit (rux aldamchisi) ZnS


Download 51.5 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1755148
1   2   3   4
Bog'liq
asosiy jins hosil qiluvchi minerallar

Sulfidlar
Sfalerit (rux aldamchisi) ZnS – ko`pchilik xollarda kurtaksimon rivojlangan, yaxlit massali yaxshi shakllangan tetraedrik kristall shaklda uchraydi. Qattiqligi 3,5–4; zichligi 3,9-4,2 gG`sm3; odatda qo`ng`ir yoki mallarangda bo`ladi, ayrim xollarda qora kamdan–kam sariq, qizil, yashilsimon yoki rangsiz bo`lishi mumkin. Sariq yoki xar xil qo`ng`ir rangda jilovlanadi. Yaltiroqligi–olmosdek. Yoki shafaqsimon ulashish tekisligi juda mukammal o`zidan oltingugurt ajratib azot kislotasining kontsentratsiyasida eriydi. Asosan galenit bilan birga uchraydigan gidrotermal konlari mavjud. Rux olishdagi asosiy ruda hisoblinadi.
PIRIT FlS2 – ko`pchilik xollarda yaxlit massali, kirralari yaxlit rivojlangan kubik kristall xolida uchraydi. Qattiqligi 6-6,5, zichligi 4,9-5,2 gG`sm3, rangi samondek sariq, ayrim xollarda ola–bula va qo`ng`ir rangda taraladi, chegarasi qo`ng`ir qora; metaldek yaltiroq, ulanish tekisligi juda nomukammal. Sulfidlarning ichida yer yuzasida eng ko`p tarqalgan va xar xil sharoitda hosil bo`ladi. Sulfat kislotasi olishda ishlatiladi.
Xalkopirit SiFeS2 – Kristallar teragonal singoniyada shakllangan. Nomuvofiq donador yoki yaxlit massa shaklida uchraydi. Qattiqligi 3,5-4; zichligi 4,1-4,3 gG`sm3, rangi latundek sariq, ko`pincha ola–bula taraladi. Metalldek yaltiroq, chegarasi qoraga yaqin yashil rang. Turli geologik sharoitlarda shakllanadi. Mis rudasi sifatida ishlatiladi.
Galloid birikmalar
Galet NaCl – mssasini kristall singoniyasi kub shaklida. Qattiqligi – 2,5 zichligi 2,1-2,2 gG`sm3 shaffof va rangsiz kulrang jilovlanadi, sariq qo`ng`ir va qora rangda; shishasimon yaltiroq, ta`mi tuzdek, suvda eriydi, ulanish tekisligi juda mukammal. Ko`pchilik konlari cho`kindi usulida hosil bo`ladi.
Flyuorit CaF2 Kristall shakllari, qirralari yaxshi rivojlangan kubik, ayrim xollarda oktaedr singoniyali. Qattiqligi – 4, zichligi - 3,2 gG`sm3 , asosan sariq, yashil, havo rang, siyoxrang, qoramtir siyoxrang tongda ayrim turlari rangsiz. Shishasimon yaltiroq; ulanish tekisligi mukammal. Ko`plab gidrotermal konlari mavjud.

Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling