Minerallarning tasnifi
Download 51.5 Kb.
|
asosiy jins hosil qiluvchi minerallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kvarts – SiO2
- Karbonatlar Kaltsit SaSO3
- Malaxit Si SO3 [OH] 2
Oksid va gidroksidlar
Gematit Fe2O3 – Kristall shaklining tablitkasimon shakli yaxshi rivojlangan, shuningdek yaxlit mustaxkam slanetssimon massali; qattiqligi - 5,5 – 6,5; zichligi - 4,9 –5,3 gG`sm3; rangi-temirdek qora, chegarasi olchadek qizil; yaltiroqligi-yarim metall; ulanish tekisligi –yo`q; qizil donalaridan onson ajratish mumkin. Oksidlanish sharoitlaridagi turli tipdagi konlar uchraydi. Temir rudasi sifatida ishlatiladi. Kvarts – SiO2 – ko`p tarqalgan va yaxshi o`rganilgan minerallardan biri. Kristall shakllari cho`zinchoq; prizmatik, kvarts kristall hamda yashirin kristall ko`rinishda uchraydi. Qattiqligi 7, zichligi 2,63 gG`sm3, ranggi xar xil, lekin asosan rangsiz, sutdek oq, kulrang ko`rinishlarda uchraydi. Yaltiroqligi kristallning qirralaridan shishasimon, sinish yuzalarida yog`dek, ulanish tekisligi uchramaydi yoki juda nomukammal. Sinish yuzasi chig`anoqsimon. Kvartsning quyidagi xillari mavjud: tog` xrustali rangsiz, shaffof; ametist – siyox rang; rauxtopaz – tutunsimon, kulrang yoki qo`ng`ir; morion–qora; sitrin–oltin rang yoki limondek – sariq; Kvartsning to`rtta yashirin kristalli turlari mavjud: Xaltsedon Agatlar va anikslar Yashmalar Kremen Kvarts turli tog` jinslari tarkibida va kelib chiqish sharoitlari juda ko`p. Kvartslar texnik maksadlarda metallurgiyada shisha va farfor sanoatida issiqlikka chidamli materillar ishlab chiqarishda aniq mexanikada ishlatiladi. Karbonatlar Kaltsit SaSO3 Asosan romboedr kristalli donador agregat ko`rinishda uchraydi. Qattiqligi 3, zichligi 2,7gG`sm3 ulanish tekisligi mukammal; rangi sarg`ish yoki kulrang (aralashmalarga bog`liq). Rangsiz shaffof kristallari island shipati deyiladi. Kaltsit eng ko`p tarqalgan minerallar qatoriga kiradi va suvli eritmalardan hosil bo`ladi. Malaxit Si SO3 [OH]2 - kristallari mustaxkam massali monoklin singoniyada. Qattiqligi 3,5-4, zichligi 3,7-4, 1 gG`sm3 . Yer massali malaxit yashil mis deb nomlanadi, chegarasi och yashil, yaltiroqligi shishasimon. Kislotalarda shiddatli qaynaydi mis sulfidli konlarning oksidlanishi zonasida shakllanadi. Jiloli toshlar va kraska ishlab chiqarishda, mis rudasi sifatida ishlatiladi. Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling