Mineralogiya
Sof holda uchraydigan minerallar
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
Sof holda uchraydigan minerallar
1. Mis - Cu. U kimyoviy jihatdan sof holda bo`ladi, ba`zan tarkibida aralashma holda - Ag, Au va Fe uchraydi. Masalan: oltinli misda Au - 2-3%, vitneit mineralida Au miqdori 11,6% gacha, kumush esa mis tarkibida 3-4 dan 8% gacha bo`ladi. Ayrim hollarda katta miqdorda rux bo`lishi mumkin. Mis kubik singoniyali bo`lib kristallarining to`g`ri qiyofadagi turlari kam uchraydi (2-rasm). Mis-tog` jinslarining darzlik va yoriqlarida ko`pincha noto`g`ri shaklda dendritlar ba`zan plastinkachalar holida bo`ladi. Ba`zi konlarda yirik, og`irligi bir necha tonnaga teng bo`lgan uyumlari (Amerikaning "Yuqori ko`l" viloyatida) topilgan. Sof holda misning og`irligi 1000 tonna atrofidagi bo`lagi Rossiyaning Yekaterinburg viloyatidagi Gumejevskiy konida topilgan. 2-rasm. Misning kristall strukturalari Misning rangi qizil. Metall kabi yaltiroq, qattiqligi 2,5-3, yaxshi egiluvchanlik xususiyatiga ega. Sinishi ilgakli, ulanish tekisligi yo`q. Solishtirma og`irligi 8,5-8,9, u elektr tokini yaxshi o`tkazadi. Ushbu xususiyatlari bilan boshqa minerallardan farqlanadi. Mis HNO3 kislotada oson eriydi, HCl da qiyinlik bilan erib, mis xlorni yuzaga keltiradi. Sof mis turli geologik jarayonlarda yuzaga keladi, ammo ko`p miqdorda gidrotermal va ekzogen sharoitida paydo bo`ladi. Sof misning yuzaga kelishiga misol qilib Amerikaning Michigan shtatidagi "Yuqori ko`l" konini ko`rsatish mumkin. Gidrotermal sharoitda sof misning paydo bo`lishi quyidagicha ifodalanadi. 2FeCl2 +CuCl2 +3H2 O=Cu+Fe2 O3 +HCl Ba`zan sof mis o`zgargan asosli intruziv jinslarning oralarida uchraydi. Ularning bu joyda mavjudligi xalkopirit va boshqa sulьfidli birikmalarning parchalanishi tufayli yuzaga kelgan. Bunga misol Uraldagi Turinsk va Qozog`istondagi Qalmoq tosh konlari: Cu2S+2O2 =CuSO4 +Cu CuO+C=2Cu+CO2 Cu2O+H2SO4 =CuSO4 +H2O+Cu Ushbu tenglamadagi sof misning yuzaga kelishini sulfid konlarining oksidlanish zonasining ostki qismida joylashadi. U kuprit Cu2O, malaxit -Cu2(CO3)2·nH2O, ba`zan xalkozin –Cu2S va boshqa minerallar bilan birgalikda uchrashi aniqlangan. Mis metall sifatida - elektrotexnikada, mashinasozlikda, har xil asbob-uskunalar, tanga pul idishlar tayyorlashda ishlatiladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling