Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
Slyudalar guruhi. Slyudalar tarkibiga ko`ra to`rt qatorga ajratiladi:
1. Kaliy-natriyli: Muskovit – KAl2(OH)2 [Al Si3O10] Paragoni – NaAl2(OH)2[AlSi3O10 ] 2. Magniy-temirli biotit – K(Mg,Fe)3(OH,F)2 [Al Si3O10] 3. Litiyli-Lepidolit –KLiAl(F1OH)2[AlSi3O10] Sinvaldit - K Li Fe Al(F1OH)2[Al Si3O10] 4. Vanadiyli-Roskoelit –KV2(OH,F)2[Al Si3O10 ] Slyudalar rangi ximiyaviy tarkibiga bog`liq bo`lib kaliyli temirsizlari rangsiz, temirga boylari esa qoramtir, ayrimda qora. Muskovit- Kal2(OH)[AlSi3O10]. Muskovit turlariga a) fengit kremniy oksidiga to`yingan; b) fuksit-xromit, yashil rangli; v) seritsit-mayda kristalli, dala shpatlarining gidrotermal o`zgarishi yo`li bilan yuzaga keladi; g) jilbertit-seritsitga o`xshash, ammo yirik kristalli yashil tusli yirikroq kristalli. Muskovit monoklin singoniyali, kristallarning qiyofasi plastinkasimon yoki tabletkasimon bo`lib, ko`ndalang kesimi psevdogeksagonal yoki rombga o`xshash bo`ladi. Agregatlari yaxlit varaq-varaq donador yoki tangachalaridan iborat massalar holida uchraydi. Muskovitning qattiqligi 2-3, ulanish tekisligi (001) bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 2,7-3,0. U jins hosil qiluvchi mineral sifatida ba`zi bir intruziv nordon jinslarda, greyzenlarda topaz, kvars, volframit, kassiterit, molibdenitlar bilan bir assotsiatsiyada mavjud. Granit-pegmatitlarda benihoya yirik kristallari, ko’ndalangi 1-2 m keladigan uyumlar hosil qiladi. Lepidolit – monoklin singoniyali, varaq-varaq plastinkaga yoki yupqa tangachalardan iborat bo`ladi. Rangi oq, ko`pincha pushti, och gunafsha rangda, yaltirashi shishadek, yuzalari sadafdek, qattiqligi 2-3, varaqchalari egiluvchan, ulanish tekisligi (001) bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 2,9. Pegmatitlarda, greyzenlarda va yuqori haroratli gidrotermal tomirlarda uchraydi. Odatda spodumen, turmalin, topaz, kassiterit, fluoritlar bilan birga yuzaga keladi. Flogopit mineral nomi grekcha «Flogopos»- «olovdek» demakdir, ba`zida magniyli slyuda deyiladi. Monoklin singoniyali, monoklin-prizmatik, qiyofasi tabletkasimon, kalta prizmatik, ayrimda kesik piramida shaklida bo`ladi. Uning rangi och sarg`ish-qo`ng`ir, kumushdek tovlanadi. Yaltirashi shishadek, sadafdek tovlanadi. Qattiqligi 2-3, ulanish tekisligi (001)bo`yicha mukammal. Flogopit pegmatit va kontakt-metasomatik jinslarda uchraydi. Uning yo`ldosh minerallari diopsid, forsterit, shpinel, dolomit, dala shpatlari va skopolitlar. Biotit tabiatda keng tarqalgan mineral monoklin singoniyali, monoklin-prizmatik, tabletkasimon, ustunsimon, va piramidal qiyofalarda bo`ladi. Rangi qora, qo`ng`ir, qizg`ish yashilroq tuslarda bo`ladi. U shishadek yaltiroq, yuzasi sadafdek tovlanadi. Qattiqligi 2-3, solishtirma og`irligi 3-3,12 ulanish tekisligi (001) bo`yicha o`ta mukammal. Mikroskop tagida pleoxroizmi aniq ko`rinadi. Biotit magmatik jinslarning jins hosil qiluvchi minerali sifatida, ba`zan xol-xol donalar sifatida uchraydi. Uning yirik kristallari pegmatitlarda paydo bo`ladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling