Mineralogiya


Download 1.54 Mb.
bet60/78
Sana20.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1713089
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78
Bog'liq
Mineralogiya

Olivinlar guruhi

Olivinlar (Mg,Fe)2[SiO4] guruhiga kiruvchi minerallar forsterit-Mg [SiO4] va fayalit – Fe2[SiO4] molekulalarning turli nisbatdagi izomorfik aralashmalaridan tashkil topgan. Tabiatda kam tarqalgan, marganesga boy xili tefroit – Mn2 [SiO4] deb ataladi.

Forsterit-tarkibida MgO miqdori 57,1% va SiO2 – 42,9% atrofida. Rombik singoniyali, simmetriya ko`rinishi rombo-dipiramidal. Kristallar qiyofasi-izometrik, ba`zan yassiroq shakllarda uchraydi. U rangsiz, agregatlari och kul rang, shaffof, shishadek yaltiraydi. Qattiqligi-7, ulanish tekisligi (010) bo`yicha sezilarli mukammal, solishtirma og`irligi-3,2. Forsterit-ko`proq kontakt-metamorfik jinslarda uchraydi. Bazaltlarda u kristallografik Z o`qi bo`ylab cho`zinchoq stolbaga o`xshash kristallar hosil qiladi, ba`zan forsterit o`ta asosli jinslarning serpentinlashishi tufayli yuzaga keladi. Ushbu joylarda u magnezit, flogopit, shpinellar bilan bir associaciyada bo`ladi.
Fayalit – tarkibida FeO (76%) miqdorining ko`pligi bilan xarakterlanadi. Rombik singoniyali, ko`rinishi rombo-dipiramidal. Tashqi qiyofasiga ko`ra olivin kristallariga o`xshash bo`lib, tablеtkachasimon, yoki kalta prizmatik bo`ladi. Fayalit rangi to`q sariqdan, qoramtir yashilgacha, yaltirashi shishadek, olmosga o`xshash, qattiqligi 6-6,5 ulanish tekisligi (010) bo`yicha mukammal va (100) bo`yicha mukammal emas, solishtirma og`riligi 4-4,3.


Olivin – (Mg,Fe)2[SiO4]. Tarkibida MgO-45-50%, Fe 0-8-12%, ba`zan 20%gacha, U rombik singoniyali, rombo-dipiramidal, odatda olivin donador agregatlar holida uchraydi. Olivin rangi yashilroq tovlanuvchan sariq, ko`pincha rangsiz, mutloq shaffof xili - xrizolit deyiladi. Yaltirashi shishadek, yog`langandek, qattiqligi-6,5-7 ancha mo`rt, ulanish tekisligi (010) mukkamal, (100) bo`yicha mukkamal emas, odatda chig`anoqsimon yuza hosil qilib sinadi. Solishtirma og`irligi 3,3-3,5. Uni kristallarning xol-xol bo`lib joylashishi, to`q yashilroq sariq rangiga, shishadek yaltirashi va notekis sinishiga qarab ajratsa bo`ladi. Olivin magmatik yo`l bilan yuzaga keladi.


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling