Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Villemit-ZhSiO 4
- Fenakit-BeSiO 4 .
Torit-ThSiO4. Uning xillari: oranjit-sarg`ish, qizil rangli shaffof xili. Uranotorit 10-16% gacha UO2 bo`lgan xili-makkintoshit. U tetrogonal singoniyali. Uning tashqi ko`rinishi sirkonga o`xshash, ammo yaxshi kristallari kam uchraydi. Ba`zan xol-xol donalar ko`rinishda nordon va ishqorli jinslarning pegmatitlarida mavjud. Uning rangi qora, qoramtir, sariq va qizg`ish to`q sariq bo`ladi. Chizig`i to`q qora, yaltirashi shishadek, yog`langandek, qattiqligi 4,5-5, mo`rt, ulanish tekisligi yo`q, chig`anoqsimon yuzalar bo`yicha sinadi. Solishtirma og`irligi 5,4. U NSl da erib, kremnezyom hosil qiladi.
Torit ishqorli va nordon intruziv jinslarda ikkinchi darajali mineral holida uchraydi. U pegmatitlarda keng tarqalgan. Ba`zan yuqori haroratli gidrotermal jarayonlarda ham yuzaga keladi. Villemit-ZhSiO4, tarkibida ZnO-73%, SiO2-27%. Trigonal singoniyali. Romboedrik ko`rinishda, fenakit strukturasiga juda o`xshash. Odatda uning kristallari prizma bilan romboedrik yonlaridan tashkil topgan. Kristallari ko`pincha cho`tkaga o`xshab tuzilgan, ignasimon yoki radiol shu`la kabi tuzilgan agregat tarzida uchraydi. Villemit rangsiz yoki sarg`ish-qo`ng`ir, ba`zan yashilroq yoki qizg`ishroq (MnO aralashmasi bo`lgani) bo`ladi. U shishadek yaltiraydi, yog`langandek seziladi, qattiqligi 5-6 mo`rt bo`ladi. Ulanish tekisligi (0001) bo`yicha aniq. U chig`anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og`irligi-3,89-4,18. bu mineral qo`rg`oshin rux sulfit konlarining oksidlanish zonalarida uchraydi. Fenakit-BeSiO4. Tarkibi: BeO-45,5%, SiO2-54,5%. Trigonal singoniyali, kristall qiyofasi romboedrik, kalta ustunsimon. U shaffof, rangsiz yoki och-sariq, ba`zan pushti. Uning yaltirashi shishadek, yog`langandek, qattiqligi 7,5. chig`anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og`irligi 2,9-3,0 Fenakit roboedrik yoki kalta ustunsimon shakli bilan berillning prizmatik kristallaridan farqlanadi. U nordon intruziv jinslarning pegmatitlarida ko`proq uchraydi. Pegmatitlarda berill (zumrad), xrizoberill, topaz, dala shpatlari, kvars, sludalar bilan bir qatorda paragenetik assotsiatsiyada bo`ladi. Topaz-AI[SiO4](F,OH)2. Nomi Qizil dengizdagi Topazos orolidan kelib chiqqan. Tarkibida: Al2O3-62,0-48,2%, SiO2 3-28,2%, F-13-20,4%. H2O-2,45% gacha. U rombik singoniyali, uning yaxshi kristallari kam uchraydi, faqat bo`shliqlarda topiladi. Topazning yirik kristallari-25-32 kg pegmatitlarda topilgan (12-rasm). U ko`pincha pinakoid, dipiramidalar va boshqa shakllari ko`proq uchraydigan prizmatik qiyofalarda mavjud. U rangsiz, ba`zan och sariq, somon sariq va och havo rang, och pushti, kamdan-kam och qizil tuslarda bo`ladi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi –8. ulanish tekisligi (001) bo`yicha mukammal. 12-rasm. Topaz. Uning solishtirma og`irligi 3,5-3,57. Topaz nordon intruziv jinslarda ikkinchi darajali mineral, ammo ularning pegmatitlarida ko`p uchraydi. Bularda fluorit, turmalin kvars, berill, kassiterit, volьframitlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalar hosil qiladi. Topaz ayniqsa greyzenlarda keng tarqalgan. U slanes, gneyslar oralaridagi yuqori haroratli gidrotermal tomirlarda ham yuzaga keladi. Topazning yirik, shaffof rangi chiroyli kristallari bezak tosh hisoblanadi. Disten-Al2[SiO4]yoki AI2O3. SiO3 yunoncha «Di»-ikki xil «stenos»-qarshilik ko`rsatuvchi, ya`ni ikki xil yo`nalishda ikki xil qattiqlikka ega. Tarkibi: AI2O3-63,1%, SiO2-3.6 9%. U triklin singoniyali, «S» o`qi bo`yicha cho`ziq ustunsimon, ba`zan yassi taxtachaga o`xshash kristallari yuzaga keladi. Uning rangi havorang, ko`k, ba`zan yashil, yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi yuzasi sadafdek yaltiraydi, qattiqligi yonida 7,5, ko`ndalang yo`nalishda 6. U mo`rt, ulanish tekisligi (100) bo`yicha mukammal solishtirma og`irligi 3,5-3,7. Disten kristallangan slaneslar uchun tipomorf mineral hisoblanadi. U metamorfik jinslarda stavrolit va sillimanitlar bilan birga uchraydi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling