Ming ajoyibotlar mamlakati
Brahmanlar Kshatriylar
Download 0.95 Mb.
|
Hindiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- (“donishmandlar) (“jangchilar”): (“erkin jamoa”)
- Gupta davlati tangasi
Gupta davlati tangasi VII-asrda Hindistonda bo‘lgan xitoylik tarixchi Syuan Szyanning yozishicha, unda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo‘lgan. Knyaz-rojalar hashamatli saroylarda yashaganlar. Rojalar o‘z yaqinlari, amaldorlari va jangchilariga xizmatlari evaziga yer-mulklar in’om qilgan. O‘rta asrlarda Hindistonda kohin-braxmanlar va ibodatxonalarda ham yirik yer maydonlari bo‘lgan. O‘sha davrga oid manbalarda roja-lardan biri ibodatxonalarga 1400 ta qishloqni yer-mulk sifatida in’om etgani yozilgan. Rojaning eng yaqin qarindoshlari, nufuzli amaldorlariga, ularning tutgan mavqelariga qarab, o‘nlab, ba’zida yuzlab qishloqlar berilgan bo‘lsa, oddiy rajput (jangchi)ga bitta yoki bir qishloqning yarmi ham berilgan. In’om etilgan yer “grass” (“qultum” yoki “bo‘lak”) deb atalgan, uni olgan kishining asosiy majburiyati doimo harbiy xizmatga shay turish, urushlarda ishtirok etish bo‘lgan. Rojalar o‘z xonadonlariga mansub bo‘lmagan amaldorlarga yerni ma’lum xizmat muddatiga berganlar. Yer egaligining bu turi patta (“yorliqqa olingan yer”) deyilgan. Patta yeridan alohida xizmat ko‘rsatganlarni taqdirlash uchun ham foydalanilgan. Mulkchilik munosabatlarining yuksalib borishi bilan pattaga berilgan yerlar ham merosiy mulkka aylana boshlagan. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling