Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. O’zbek milliy to’ylari ko’plab olimlar va vu yo’nalishda ishlangan tasviriy san’at ishlari san’atshunoslar tomonidan o’rganilgan va sharxlangan. Ammo o’zbek to’ylari mavzusida amaliy, tasviriy ishlarni yetarli darajada deb aytib bo’lmaydi chunki amaliy ishlar qilingan bo’lsada o’z davri uchun mukammal bo’lishi mumkin. Shuning uchun o’zbek milliy to’ylari mavzusuni izchil va detallarigacha tasvirlab yoritib berish jihatidan ushbu malakaviy ishi yangiliklarga boy va to’ldirilgan deb aytish mumkin. Amaliy jarayonda rassom nigohida, umuman olganda, har bir ish ma’lum shaxs nigohida boshqacha ko’rinish olishi mumkin, bu uning ichki dunyosi va dunyoqarashiga bog’liq holda yangicha va takrorlanmas ko’rinish oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |