Bitiruv malakaviy ishining ilmiy va nazariy ahamiyati. O’zbekistonda milliy to’ylar mavzusi bo’yicha miniatyura kompozitsiyalarini ishlash davomida ko’plab ilmiy va san’at asarlari o’rganildi. Ulardan kerakli ma’lumotlar yig’ilib nazariy jihatdan xulosalar olindi. Bu xulosalar bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslarini belgilashda yordam beradi. Shuning bilan bir qatorda, bu asar yuzasidan olib borilgan izlanishlar va chiqarilgan xulosalar keyingi yaratiladigan ijodiy ishlarda nazariy tomondan asos bo’lib ham xizmat qilishiga ishonch hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |